Giyohlar
bilan davolash – ukraina meditsinasining qadimgi an’anasidir.
O‘tlar OIV/OITS bilan bog‘liq ko‘plab simpomlarni yengillashtiradi. Bunday vositalar immun tizimini mustahkamlab organizmdan oksinlarning chiqib ketishini ta’minlaydi.
O‘tlar OIV/OITS bilan bog‘liq ko‘plab simpomlarni yengillashtiradi. Bunday vositalar immun tizimini mustahkamlab organizmdan oksinlarning chiqib ketishini ta’minlaydi.
Aloe (Aloe vera)
§ Antiseptik va yallig‘lanishga qarshi xususiyatlarga
ega.
§ Barglaridagi gelsimon modda kichik kuyish jarohatlari
va tilinishlarni davolashda, shuningdek, OIV-infeksiyasida ko‘p uchraydigan
teri kasalliklari (masalan, gerpes yaralari) ni bartaraf etishda qo‘llaniladi.
§ Kuzatilishi mumkin
bo‘lgan nojo‘ya ta’sirlar: sanchiqlar va ich
ketish, yaralar va boshqa oshqozon-ichak kasalliklarining kuchayishi.
Tinchlantiruvchi va peshob haydovchi vositalar qabul qilganda foydalanish
tavsiya etilmaydi.
§ Dori vositasi sifatida suyuq ekstrakt ko‘rinishida,
ampulalarga solingan holatda bo‘ladi.
Ginkgo (Ginkgo biloba)
§ Qon aylanishini tezlashtirishi mumkin. Ateroskleroz,
xotira yo‘qolishi, dipressiyalar, impotensiya va qon aylanishi qiyinlashganda
qo‘llaniladi. Ginkgodan OITS bilan bog‘liq demensiyalar va xotira yo‘qolishini
davolash va ularning profilaktikasida foydalaniladi.
§ Kuzatilishi mumkin
bo‘lgan nojo‘ya ta’sirlar: qonida
trombotsitlari miqdori kam odamlar uchun, burundan qon ketganda va kuchli
menstrual qon ketishlarda xavf tug‘dirishi mumkin. Antikoagulyant preparatlar
qabul qilayotganda tavsiya etilmaydi. Aspirin, E vitamini yoki amprenavirning
katta dozlari bilan aralashtirib iste’mol qilmaslik kerak. Boisi ularda qonni
kamaytirish xususiyati mavjud.
§ Dori vositasi sifatida tabletka yoki tomchili
ko‘rinishda mavjud.
Jenshen (Panax ginseng – koreys/osiyo jensheni, Panax quinquefolium –
shimoliy amerika jensheni, Eleutherococcus senticosus – sibir jensheni)
§ Ildizi sog‘liqni mustahkamlash, immunitet ishlab
chiqarish xususiyatiga ega deb hisoblanadi. Shuningdek, jismoniy va ruhiy
toliqishni yo‘qotadi. Immun tizimi, ayniqsa, OIV-infeksiyasida susayadigan
hujayra immunitetini kuchaytirishi mumkin.
§ Kuzatilishi mumkin
bo‘lgan nojo‘ya ta’sirlar: immun tizimini
kuchaytirishning ayrim turlari qonda Odamning immuntanqisligi viruslari
sonining ko‘payishiga olib kelishi ham mumkin. Arterial bosimning oshishi,
bezovtalik, uyqusizlik (katta dozalarda qabul qilganda). Barcha formalar oddiy
dorilar bilan reaksiyaga kirishib ketishi mumki. Osiyo jenshenining katta
dozlari immun tizimini qiynab qo‘yishi mumkin. Yurak xastaliklari, qandli
diabet, yuqori arterial bosim, homiladorlik yoki antikoagulyantlar, steroidlar
yoki trankvilizatorlar qabul qilishda tavsiya etilmaydi.
§ Ko‘pgina maxsulotlar tarkibida bo‘ladi. Ammo tarkibga
alohida e’tibor qaratishni tavsiya etamiz.
Melissa (Melissa officinalis)
§ Uyqusizlik va bezovtalik holatida qo‘llaniladi.
Antivirus xususiyatlariga ega va gerpesga qarshi qo‘llash ham mumkin.
§ Kuzatilishi mumkin
bo‘lgan nojo‘ya ta’sirlar: uzoq muddat
qo‘llash natijasida qalqonsimon bez faolligi pasayishi mumkin.
§ Barra yoki quritilgan ko‘rinishda yoki choy
ko‘rinishida mavjud.
Qalampirli yalpiz (Mentha piperita)
§ Ko‘ngil aynishi, ich ketish va og‘riqli
defekatsiyalarda qo‘llaniladi. Qon aylanishini yaxshilab kuchli bosh
og‘rig‘idan xalos etadi deb hisoblanadi.
§ Kuzatilishi mumkin
bo‘lgan nojo‘ya ta’sirlar: katta dozalarda qbul qilinganda oshqozon
bezovtalanishi mumkin. Kamdan kam holatlarda toshma, jig‘ildon qaynashi, yurak
urishining sekinlashishi, mushaklarning titrashi.
§ Quritilgan (shu jumladan, choy ko‘rinishida) va efir
moyi ko‘rinishida mavjud.
Propolis
§ Asalarichilik mahsuloti bo‘lib u ignabargli
o‘simliklar yoki daraxtlar va o‘simliklarning kurtaklaridagi smolalardan
tayyorlanadi. Propolis mikroblarga qarshi tabiiy xususiyatlarga ega.
§ Propolis qo‘shilgan krem kesilgan va shilingan
jarohatlar atrofiga yoki terining sezilmas darajada shikastlangan qismlariga
surtish mumkin. Terida bunday zararlangan joylar OIV-infeksiyasida ham uchrashi
mumkin. Shuningdek, OIV-infeksiyasiga chalingan odamlar kandidoz (til (og‘iz)
oqarishi) ning oldini olish yoki uni davolash uchun xom propolisni chaynashi
(yoki undan tayyorlangan eritmada og‘iz chayishi) kerak.
§ Xom holda mavjud
Sarimsoqpiyoz (Allium sativum)
§ OIV bilan bog‘liq xastaliklar, jumladan, kandidoz kabi
infeksiyalar va kriptosporidium singari parazitlardan xalos bo‘lish yoki
ularning profilaktikasida foydalaniladi.
§ Kuzatilishi mumkin
bo‘lgan nojo‘ya ta’sirlar: ko‘p miqdorda
bo‘lsa antiretrovirus preparatlar bilan reaksiyaga kirishishi mumkin. Ovqat
hazm qilish traktining qichishishi va jig‘ildon qaynashiga sabab bo‘ladi.
Qonida trombotsitlari miqdori kam gemofiliya bilan og‘rigan odamlar,
shuningdek, burnidan tez-tez qon keladigan va ko‘p menstrual qon ketishlari
kuzatiladigan odamlar uchun xavf tug‘dirishi mumkin.
§ Kapsula yoki ekstrakt ko‘rinishida mavjud. Ammo barra
ko‘rinishdagisi samaraliroq.
Sharbat
terapiyasi
OIV-infeksiyasida
turli o‘simliklardan tayyorlangan sharbatlar ikkita turli yo‘nalishda
qo‘llaniladi. Birinchisi – OIVda uchraydigan opportunistik xastaliklar
profilaktikasida va ikkinchisi – immun tizimining o‘ziga qattiq mustahkamlovchi
ta’sir ko‘rsatish. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, bir sharbat har ikkala
yo‘nalish xususiyatlariga ega bo‘lishi ham mumkin.
Albatta, bu ma’lumot batamom inkor
etuvchi xarakterga ega emas. Bizning vazifamiz o‘quvchida bu muammoga qiziqish
uyg‘otish va unga o‘simliklardan tayyorlangan tabiiy shartbatlar vositasida
sog‘ligini saqlash bo‘yicha universal va samarali retsept berishdir.
Ushbu bo‘limda OIV-musbat odamlarning
sogligini mustahkamlashda asqotgan sharbatlar haqida ma’lumotlar beramiz.
Sabzi sharbati
Birinchi
navbatda, ushbu sharbat immun tizimini sezilarli darajada kuchaytirish
xususiyatiga ega. Xalq tabobatining ko‘p asrlik tajribasi, sabzi sharbati inson
organizmining deyarli barcha infeksiyalarga qarshi kurashish xususiyatlarini
kuchaytirishini ko‘rsatdi. Sabzi sharbati insonning (ya’ni immunitetning) ko‘z,
tomoq kasalliklari, bosh suyagining yuz qismidagi bo‘shliq va nafas organlari
xastaliklariga chidamliligini kuchaytirar ekan.
Sharbat antiseptik xususiyatlarga egaligi bois og‘iz va tomoqda yallig‘lanish bilan bog‘liq har qanday xastalikda sabzi sharbati bilan og‘izni chayish mumkin. Shuni ham yoddan chiqarmaslik kerakki, sabzi sharbatining “super xususiyatlari” sharbat tayyorlanganidan so‘ng 15 daqiqagacha saqlanib turadi xolos! Yangi tuyilgan (bo‘tqa ko‘rinishiga keltirilgan) sabzini infeksiya tushgan yaralarga, furunkulalarga, turli etiologiyalardagi infeksiya tushgan yaralarning ustiga qo‘yish mumkin. Sabzi sharbati sil kasalligining boshlang‘ich formasi va bronxlarning turli xastaliklarini davolash yoki ularning profilaktikasida muvaffaqiyatli qo‘llash ham mumkin.
Sharbat antiseptik xususiyatlarga egaligi bois og‘iz va tomoqda yallig‘lanish bilan bog‘liq har qanday xastalikda sabzi sharbati bilan og‘izni chayish mumkin. Shuni ham yoddan chiqarmaslik kerakki, sabzi sharbatining “super xususiyatlari” sharbat tayyorlanganidan so‘ng 15 daqiqagacha saqlanib turadi xolos! Yangi tuyilgan (bo‘tqa ko‘rinishiga keltirilgan) sabzini infeksiya tushgan yaralarga, furunkulalarga, turli etiologiyalardagi infeksiya tushgan yaralarning ustiga qo‘yish mumkin. Sabzi sharbati sil kasalligining boshlang‘ich formasi va bronxlarning turli xastaliklarini davolash yoki ularning profilaktikasida muvaffaqiyatli qo‘llash ham mumkin.
Ukraina Tibbiyot fanlari Akademiyasining L.V. Gormashevskiy nomidagi
epidemiologiya va yuqumli kasalliklar instituti klinikasida joylashgan OIV/OITS
bo‘linmasi bemorlarida sabzi va boshqa sabzavotlar bilan o‘tkazilgan 10 yillik
tajriba natijalari insonni hayron qoldiradi. Tajriba OIV-infeksiyasi bilan
og‘rigan odamga sharbat terapiyasi kutilganidan ham ijobiyroq ta’sir
ko‘rsatganidan dalolat beradi. Buni quyidagi misol bilan tushuntirish mumkin.
Bemorlardan biri bo‘linmaga OIV-infeksiyasining o‘tkazib yuborilgan formasi
bilan keldi. Immunobloting bemorning immun tizimi odamning immunitet tanqisligi
virusining tibbiyotga ma’lum oqsillarining yarmidan ko‘piga qarshi antitelalar
ishlab chiqishni to‘xtatganini ko‘rsatdi. CD4 hujayralari soni ham kamayib
ketgandi (50 dan past). Bemor ikki oy mobaynida sharbat terapiyasini olganidan
so‘ng o‘tkazilgan takroriy immunobloting bemor qonida odatda immun tizimi
ishlab chiqaradigan barcha antitelalar paydo bo‘lganini qayd etdi. Uning
qonidagi gemoglobin miqdori esa fiziologik me’yorgacha ko‘tarilgandi. Bemor bir
necha kilogrammga semirib undagi uyquchilik va horg‘inlik sezilarli darajada
pasaydi. Bunga ishonish qiyin edi.
Hozirda
sharbatlardagi aynan qanday moddalar immun tizimiga ta’sir ko‘rsatishi ma’lum
emas. Ammo sabzi fitonsidlari haqidagi masala yaxshi o‘rganilgan. Fitonsidlar –
o‘ziga xos o‘simliklar antibiotigi bo‘lib, yaxshiyamki, ular insonga zaharli
ta’sir ko‘rsatmaydi. Biroq fitonsidlar turli patogen mikroorganizmlarga qarshi
ayovsiz va samarali kurashadi. Sabzi tarkibida fitonsidlar miqdori juda ham
yuqori bo‘lib, ushbu sabzavot fitonsidlar miqdoriga ko‘ra faqat
sarimsoqpiyozdan keyin turadi xolos. Bu borada o‘simliklar orasida
sarimsoqpiyozga teng keladigani yo‘q. Ammo sarimsoqpiyozni sabzichalik ko‘p
iste’mol qilib bo‘lmaydi. Qolaversa og‘izdan nohush hid kelishi muammosi ham
bor.
Sabzi sharbati tarkibida vitaminlar
(birinchi navbatda A vitamini, karotinlar va boshq.) va mikroelementlar
miqdorining yuqoriligi uni kamqonlik, ayrim yurak, qon-tomir xastaliklari,
xususan, miokard infarkti, jigar va oshqozon yo‘llari, jumladan, oshqozon toshi
xastaliklari, buyrak toshi, oshqozon va ichak trakti kasalliklariga qarshi
kurashishda ajoyib, arzon va xavfsiz vositaga aylantiradi. A vitamini, karotin
va boshqa ayrim moddalar qator teri xastaliklarini davolashda yaxshi samara
beradi va kosmetik maqsadlarda ham foydalanish mumkin. Shuningdek, sabzi va
undan tayyorlangan sharbatning saraton xastaliklariga qarshilik ko‘rsatish
xususiyatini alohida e’tirof etish joiz. Saratonning turli formalari bilan
og‘rigan odamlarni davolashda sabzi sharbati va xom sabzini qo‘llash orqali
yaxshi natijalarga erishilganiga ko‘plab misollar mavjud. OIV-infeksiyasiga
chalingan odam organizmida onkologik jarayonlarning rivojlanishidan ogoh qilishda
sabziga yetadigan profilaktik vosita yo‘q.
300-400
ml. dorivor sabzi aralashmasi uchun:
§ 150-200
ml. sabzi sharbati (faqat yangi tayyorlangani);
§ 35-50
ml. qizil lavlagi sharbati (aralashma tayyorlashdan avval taxirligi
yo‘qolishi uchun ma’lum vaqt (0,5-2
soat) mobaynida tindirib qo‘yish lozim. Agar lavlagi ta’bga yoqmasa yoki
allergik reaksiyalar kuzatilsa dastlab uning miqdorini 1-2 choy qoshiqqacha
kamaytirish mumkin);
§ 50-100
ml. olma sharbati (har qanday olma sharbati, qishda xatto uy sharoitida
yopilgan (marinadlangan) yoki konservalangani ham bo‘ladi);
§ 30-100
ml. qovoq sharbati (ta’bga qarab)
Eng asosiysi! Tayyorlangan aralashmadagi biologik kalsiy hazm qilish
tizimiga yaxshi so‘rilishi uchun aralashmaga bir choy qoshiq yoki osh qoshiqda
asal (faqat tabiiy bo‘lishi kerak) qo‘shish lozim. Asal shuningdek, sharbatlar
aralashmasining ta’mi yoqimliroq bo‘lishiga xizmat qiladi.
Ushbu sharbatlar kokteylini qabul qilish bilan bir vaqtda bir choy
qoshiqda sifatli o‘simlik yog‘ini ham iste’mol qilish kerak. Zaytun moyi
yaxshiroq samaraga ega.
Davolash samarasiga ega bo‘lish uchun
mazkur sharbatlar aralashmasini bir kunda kamida 2 mahal, ovqatdan 30-40 daqiqa
avval, profilaktika uchun esa bir kunda bir mahal qabul qilish maqsadga
muvofiq. OIV-infeksiyasi bor bemorlarning ko‘pchiligida davo alomatlari
sharbatlar kokteyli muntazam qabul qilingan holatlarda 1-2 oydan so‘ng
sezilishi kuzatuvlar natijasida aniqlangan. Davo samarasiga erishish uchun
ushbu sharmatlar aralashmasini bir kunda kamida 600-1000 ml.dan ichishni
tavsiya etamiz. Sharbatlar kokteyli bilan davolash jarayoni avvalida
aralashmani kamroq miqdorda – 50-100 ml.dan ichish lozim. Bu sizda allergik
reaksiyalar yo‘qligiga ishonch hosil qilsh imkonini beradi. Oshqozon-ichak
trakti bilan bog‘liq ayrim xastaliklarida aralashmaga 1:2 proporsiyada suv
qo‘shish tavsiya etiladi.
Har qanday holatda
ham sharbatlar bilan davolanishdan avval davolovchi shifokoringiz bilan albatta
maslahatlashing.
Sharbatlarning xususiyatlari
Mutaxassislar
OIV-infeksiyasi bilab bog‘liq turli xasatliklar (o‘pkaning virus, bakterial
xastaliklari, teri, ko‘z, ovqat hazm qilish tizimi kasalliklari va boshq.) ni
davolashda qo‘llaniladigan yangi siqilgan sharbatlar va sharbatli
aralashmalarning aniq retseptlarining xususiyatlari haqida ko‘plab qiziqarli
ma’lumotlar to‘plashgan.
Bu sharbatlarning eng qiziq va qadrli
xususiyati shunda ekanki, ularda radionuklidlar va og‘ir metallar ionlari
bo‘lmaskan. Bunday zararli moddalar sabzavot yoki meva hujayralarining
qobiqlarida bo‘ladi va sharbatni siqib chiqarish natijasida bu qobiqlar
yo‘qolib ketadi. Vaholanki, qaysidir eritmani sun’iy-kimyoviy tozalash uchun
katta kuch va mablag‘ sarf etishga to‘g‘ri keladi. Bunday holatda xizmat bahosi
sharbatning bahosidan ham oshib ketadi.
Antiretrovirus
terapiya va sharbat terapiyasining nojo‘ya ta’sirlari
Yuqorida
ta’kidlanganidek, barcha antiretrovirus preparatlar ko‘p hollarda turli-tuman
nojo‘ya ta’sirlarni yuzaga keltiradi. Afusuki, hozirgi kunda rasmiy medetsinada
bu nojo‘ya ta’sirlar bilan kurashish imkonini beruvchi vositalar juda kam yoki
ayrim holatlarda (masalan, lipodistrofiyda) umuman yo‘q. Tavsiya etilgan
dozadagi kichik o‘zgarish ham yo ushbu preparatlarga nisbatan viruslar
rezistentligining oshishiga (agar qabul qilingan doza belgilanganidan kam bo‘lsa)
yo og‘ir oqibatlarni keltirib chiqaruvchi nojo‘ya ta’sirlar, jumladan,
bemorning ushbu preparatlar bilan zaharlanishiga (agar shifokor tomonidan
belgilan dozadan oshirib yuborilsa) olib keladi. Bunday holatda muayyan
sharbatlar aralashmalarini qabul qilish ARV-preparatlari chaqiradigan ayrim
nojo‘ya ta’sirlarga qarshi kurashishda asqotishi ham mumkin.
Diareya
(ich ketishi) bilan kurashish uchun quyidagi sharbatlarni tavsiya etish mumkin:
1. Anorning shirin navlaridan tayyorlangan sharbat bir
kunda 3 mahal – 1/3 stakan + 1 osh qoshiqda tabiiy asal bilan.
2. Qora qorag‘at (smorodina) sharbati bir kunda 3 mahal –
1/3 stakan.
3. Chernika sharbati bir kunda 3-5 mahal – 1/2 stakan.
Diareyaga qarshi kurashish uchun chernikaning quritilgan mevalari,
konservalangan chernika kompotlari, jemlari va boshq. Chernika sharbati ichak
faoliyatini yaxshilash xususiyatiga ega: u diareyani to‘xtatib qabziyat (ich
qotish) da ham yoram beradi. U shuningdek, ko‘z kasalliklari, qandli diabet va
boshqa ko‘plab xastaliklarda foyda beradi.
4. Nok mevalaridan tayyorlangan sharbatni organizm talab
qilgancha ichish mumkin. Sharbatning qabul qilish dozalari adabiyotda aniq
ko‘rsatilmagan.
5. Maymunjonning pishmagan mevalaridan tayyorlangan
sharbat ham diareyada yaxshi samara beradi. Biroq maymunjon sharbatining qabul
qilish dozalari aniq emas. Boshlanishiga 1-2 osh qoshiq yangi tayyorlangan
sharbat ichish va agar organizmingiz maymunjonga nisbatan salbiy reaksiya
ko‘rsatmasa asta-sekin dozani ko‘paytirib borish tavsiya etiladi.
Yodda tuting! Sharbatlarni
dastlab kam-kamdan – 20-50 ml. ichishni boshlang va organizmingiz ushbu
sharbatni yaxshi qabul qilsa asta-sekin dozani ko‘paytirib boring.
Sharbat terapiyasi va sil kasalligi
Sil
kasalligi OIV-infeksiyasi bilan yonma-yon yuradigan xastalik hisoblanadi. Bu
kasallikda sharbat terapiyasi yaxshi natijalar berishi mumkin. Ayrim mualliflar
Silning boshlang‘ich bosqichlarida quyidagi retseptni tavsiya etishadi:
yaxshilab yuvib keyin tozalangan 2 ta sabzi, 1 ta turp, 2 ta karam yaprog‘ini
birgalikda sharbat tayyorlagichdan chiqarish kerak. Tayyor bo‘lgan sharbatni
shoshmasdan, kichik qultumlarda yutish lozim. Shu bilan birga qo‘shimcha
ravishda 1 kunda 2-3 stakan qovoq sharbatini ham ichib turish foyda beradi!*
OIV-infeksiyasining onkologik asoratlarini
profilaktika qilish uchun qoncho‘p (чистотел)
o‘simligi sharbatini tavsiya etish mumkin: o‘simlikning yashil qismlaridan
tayyorlangan sharbatni aroqqa aralashtirib bir kunda 2-3 mahal 1 choy qoshiqdan
ichishadi (sharbat uchun qoncho‘pni gullaganda, urug‘ tugmasdan terib olish
kerak. Aks holda qoncho‘p o‘ta zaharli o‘simlikka aylanadi!).**
Yakunda yana bir
bor eslatib o‘tamizki, sharbat terapiyasini faqat davolovchi shifokor nazorati
ostida qabul qilish kerak!
Комментариев нет:
Отправить комментарий