-Agar bir oyda bir martadan ko’p unutsangiz sizning davo kursingiz
samarasiz bo’ladi.
-OIV organizmingizga tarqalib, immun sistemani susaytiradi.
-Virusning yangi shtamlari virusga qarshi preporatlarga chidamlilik
hosil qiladi, demak preporatlarning ta’siri yo’qoladi.
-Sizga boshqa, kuchliroq davolash sxemasi tuziladi, boshqa preporatlar
qayta ta’sir a’lomatlarini chaqirishi mumkin.
OIV infeksiyasidan
samarali davolanishingiz uchun, belgilangan dorilarni o’z vaqtida va
qoldirmasdan qabul qilish shart.
Har bir virusga
qarshi preporat organizmni bir necha soat davomida himoya qiladi.
1)Hamma preporatlarni o’z vaqtida va belgilangan miqdorda qabul qilish
kerak. Masalan, siz dorini ikki mahal qabul qilishingiz kerak bo’lsa demak, 1ta
dori 12 soat davomida o’z kuchini
saqlaydi.
2)Qabul qilgan doringizni ta’siri tugashidan oldin keyingi dorini qabul
qilish kerak
3)Agar dorini o’z vaqtida qabul qilmasangiz ma’lum vaqtga himoyasiz
qoladi va OIV yangi hujayralarni zararlantiradi.
4)Agar preporatlarni
vaqtida qabul qilsangiz dori organizmda bir maromda joylashadi va u virusni
nazoratda saqlaydi.
Muhim vaziyat
Albatta barcha belgilangan dorilarni o’z vaqtida va
belgilangan miqdorda qabul qilish lozim.Organizmga an’anaviy tarzda tushayotgan
virusga qarshi preporatlar doimiy himoyani ta’minlab turadi, va u virus bilan
samarali kurasha oladi.Davolash tartib qoidalarini buzilishi barcha davolov
kursini susayishiga olib keladi.
Immun sistemasi bu – hujayra, tolalar va organlardan
tashkil topgan, organizmni himoyalanish sistemasi
Patogenli mikroorganizmlar (patogenlar) kasallik
chiqarashi mumkin. Patogenlar deb, masalan, virus va bakteriyalarga aytish
mumkin. Patogenlar bilan aloqamiz doimiydir: ular biz nafas olayotgan havoda
biz istemol qilayotgan ovqatda atrofimizda hammayoqda. Lat yemagan immun sistemasi ko’p kasalliklardan himoyani kafolatlaydi.Immun sistemasi
yordamida patogenlar odatda organizmga zarar yetkazmaydi.Immun sistemasi
hujayralariga begona mikroorganizmlar tushganda (CD4 limfotsitlar) begona
elementlarni aniqlaydi.Boshqa
immun hujayralar masalan (CD8-limfotsitlar) patogenlarga hujum qilib ularni
yo’q qiladi.
Agar immun sistemasi OIV infeksiyasi tufayli sustlashsa, odam ko’p
kasalliklar oldida himoyasiz bo’ladi.OIV organizmni
infeksiyalantirib, immun sistemani qurshab oladi.
Immun sistemasi mikroorganizmlar kirishiga e’tibor qilmay qo’yadi,
immunitet mikroorganizmlar bilan kurasha olmaydi.Mikroorganizmlar to’siqsiz
ko’payib, turli kasalliklarni yuzaga keltiradi.
Muhim vaziyat
Immun sistemasi – organizmni himayalanish sistemasi,
patogenli mikroorganizmlarni tanib ularni yo’q qiladi.OIV immun sistemasini
susaytiradi natijada oddiy mikroorganizmlar infeksion kasalliklarni yuzaga
keltiradi.OIV ni davolash immunitetni mustaxkamlaydi
Nega
aniqlanmas virus yuklanmasi darajasi yaxshi?
Agar virus organizmda
oz bo’lsa, u organizmni kasalliklarda himoya qilayotgan immiun sistemasiga
hujum qila olmaydi.
Immun sistemasi mustaxkam holatda ekan, kasallik yoki infeksiya
yuqtirish havfi kam bo’ladi.
Aniqlanmas virus yuklanmasi boshqa odamga virus yuqtirish ehtimolini
pasaytiradi.
OIV
ni davolash maqsadi – aniqlanmas virus yuklanmasiga erishish. Bu nima degani? Nima uchun kerak?
Virus yuklanmasi
bu – bir tomchi qonda virus miqdori.Test
natijasi qonda virus miqdorini ko’rsatadi. Oz yoki ko’p.Virus juda oz bo’lsa, test natijasi uni “Ko’rolmaydi”, demak virus yuklanmasi aniqlanmas.Aniqlanmas virus yuklanmasi OIV yo’qoldi degani emas. Uni har doimgidek organ va tolalarda
topish mumkin. Maslan ichakda.
Muhim vaziyat
OIV ni davolash maqsadi – aniqlanmas virus darajasiga
erishish. Bunday natija organiz virusni nazorat qilayotganidan dalolat.
OIV davolash kurslarini
boshlash quyidagi holatlarda tavsiya etiladi. Analiz natijasiga ko’ra CD4-limfotsitlar
350dan past miqdorda bo’lsa, siz davolanishga tayyorsiz. Ayniqsa CD4-hujayralari
200 dan past bo’lsa davolanish tavsiya etiladi.Shifokor yoki tibbiyot
mutahassisi OIV haqida barcha savollaringizga javob va kerakli ma’lumotlar beradi. Davolanishga
tayyor bo’lishingiz uchun.Davolanish kursi CD4-limfotsitlari 350 dan yuqori
darajada bo’lsa ham tavsiya qilinishi mumkin.
Quyidagi
ko’rsatkichlar kuzatilganda:
-Sizda boshqa kasallik
ham bo’lsa – masalan, gapatit yoki qandli diabet;
-Siz yurak kasalligi
havfi guruhida bo’lsangiz:
-50 yoshdan katta
bo’lsangiz:
-Siz OIV
infeksiyalanmagan odam bilan aloqada bo’lsangiz (OIV ni davolash boshqa odamga
yuqtirish havfini kamaytiradi)
OIV
ni davolash kursi virus aniqlanishi bilan boshlash shart emas. Hammasi
immunitetni virus qanchalikzaiflashtirishiga bo’g’liq.
Immun sistemasi bu –
organizmni himoya qilish sistemasi. Immunitet lat yemagunga qadar u kasalliklar
va infeksiyalar bilan mustaql kurasha oladi.
CD4 – limftsitlarini miqdorini sanalishi bu – immun sistemangizni
ahvolini ko’rsatib beradigan qon tahlili natijasi. CD4-
hujayralarini baland miqdori immun sistemangiz mustahkamligini ma’lum qiladi.
CD4 hujayralarini past ko’rsatgichi, OIV
immunitetingizni susaytirganini ma’lum qiladi.
Agar CD4
limfotsitlar miqdori qoningizda 350 dan pasayib ketsa, sizga davolanish tavsiya
etiladi.
OIV infeksiyasini
davolash bu – har kuni 1 xil vaqtda preporatlarni qabul qilish. Bu davrga tayyor turishingiz kerak.
OIV infeksiyasini davikash bu – sizni infeksiya va kasalliklardan himoya qilish, immunitetingizni mustahkamligini tiklash.
Muhim vaziyat
Yevropa davolash protokollari bo’yicha, OIV
infeksiyasini davolash CD4 hujayralarni 350 dan past miqdorda qolganida
boshlash kerak.
!Preporatlarni qabul qilish keyinchalik immun
sistemasini sustlashishini va kelajakdagi kasalliklarni oldni oladi.
Комментариев нет:
Отправить комментарий