Standart testlar


Qon analizlari
Ayrim qon analizlari tanijani tez va aniq ko’rsata oladi – masalan, qonda infeksiya borligini tasdiqlaydi. Boshqa qon analizlar esa natijani xayot tarzingiz va kassalik tarixingizdan kelib chiqib beradi.
Siz va sizni holatingizni bilgandagina, vrach  o’tkazilgan diagnostika muolajalarini natijalarini  baholay oladi.  Keyingi qilinadigan harakatlarni vrach faqat va faqat individual tarzda rejalashtiradi.  Sizga qayta analiz topshirishni yoki o’zgarishlarni kutishni maslahat beradi.

OIV-infeksiyasi davridagi xolatni monitoring
qiladigan qon analizlari : virus bosimi va CD4-limfositlar miqdori testi          
Bu ikki test OIV-infeksiyasini organizmga qilayotgan tasirini aniqlovchi muhim testlardan. CD4-limfotsitlar miqdori- sizning immunitetingiz ahvolini ko’rsatkichidir.

Virusli bosim testi, qoningiz tarkibida qancha OIV borligini aniqlaydi.
Yuqorida aytilgan teslarni natijasini bilgach, vrach davolanishni boshlash vaqti yoki boshlangan davolanish foydasini aniqlay oladi.                  


CD4- Limfositlarni xisobi   
CD4-limfotsitlar(ba’zida T-xujayra yoki Xalper-xujayralar deb yuritiladi) –oq xujayra hisoblanib, qon tarkibiga kiradi, u immunitetni  tashqi tamondan keladigan infeksiyalarga  javob berishini taminlaydi.

CD4- Limfositlar testi, butun tanangiz emas, balki bir kub milligram qoningizdagi  CD-Limfositlar miqdorini aniqlaydi. Test natijalari chiqgach vrach sizga, miqdorni sonda aytadi.

OIV-infeksiyalanmagan insonda CD4- Limfositlar soni 450-1600ga teng, ayrimlarda bu ko’rsatkich sal past yoki baland bo’ladi. Erkaklarga nisbatan, ayollarni CD4- Limfositlar soni ko’proq.

 CD4- Limfositlar soni kamayishiga : stress, chekish, menstrual davr, kontraseptivlarni qabul qilish, erta jinsiy aloqa va hatto kun vaqti ham ta’sir qilishi mumkin. CD4- Limfositlar miqdori  infeksion yoki yoshqa turdagi kassaliklar vaqti kamayadi.

Shuning uchun, faqat bir testni natijasiga qarab xulosa chiqarish  mantiqsiz, undan ko’ra CD4-Limfositlar sonini o’zgarishlarini kuzatib turish lozim. CD4- Limfositlar testini, iloji boricha, bir laboratoriyaga va bir hil vaqtda topshirgan maqul. Masalan, siz gripp yoki shamollasangiz (gerpes chiqsa)  yaxshisi butunlay tuzalgach test topshirganingiz lozim.
Agar siz OIV-infeksiyasi qarshi preparatlar qabul qilmasangiz,   CD4- Limfositlar soni yuqori bo’lsa, nohush  belgilar bo’lmasa, CD4- Limfosit analizini 3 oyda bir marta topshirasiz (CD4- Limfositlar soni juda  yuqori bo’lsa 6 oyda bir marta).

Vrach sizdan analizni tez-tez topshirishingizni CD4- Limfositlar soni kamayib ketganda yoki klinik tekshiruvda qatnashayotganingizda so’rashi mumkin.

 OIV-infeksiyasini davo muolajalarini boshlaganingizdan so’ng,  CD4-xujayralar analizini  tez-tez yoki kam topshirishingiz tibbiyot muassasasini protokollari va CD4-xujayralarni soniga bog’liq bo’ladi. O’rtacha qaganda, bu analiz har 3-6 oyda bir topshiriladi. Ammo, belgilar ko’payib , organism behovotir bo’lsa, analizlar tez-tez topshiriladi.

CD4- Limfositlar miqdori nimani bildiradi?
Davolanish muolajalari boshlanmasa CD4- Limfositlar miqdori organizimingizda kamayishi ihtimoli yuqoridir.

Ko’rsatkichlarni nazorat qilib turish shart –bu, siz va sizni davolayatgan mutahassisga o’z vaqtida qaror qabul qilishga yordam beradi.

CD4- Limfositlar miqdori 350  bo’lsa: OIV-infeksiyasini davo muolajalarini boshlash vaqti
OIV-infeksiyasini davolashni CD4- Limfositlar miqdori eng kam 350 ga kamayganda boshlash shart. Aynan shu davrda boshlang’ich davolanish tatijasi yuqori darajada bo’ladi- immunitet tez tiklanish kuchiga ega.  CD4- Limfositlar miqdori -350, davrida davolanish boshlansa, OIV-infeksiyasi bilan bog’liq kassaliklar deyarli rivojlanmaydi. Yurak, buyrak, jigar va saraton kasalliklari bu davrda rivojlanmasligi isbotlangan.

Vrach siz bilan bu davrda davolanish haqida suhbat qurishiga tayyor bo’ling.

CD4- Limfositlar miqdori 200  bo’lsa:  OIV-infeksiyasini boshlang’ich muolajalari  va profilaktika preparatlarini qabul qilish vaqti                       
CD4- Limfositlar miqdori eng kam 200 ga kamayganda terapiyani  boshlashga tez qaror qabul qilish kerak, aks holda boshqa kasalliklar rivojlanish ihtimoli yuqori.

Rivojlanishlarni oldini olish uchun, qo’shimcha preparatlar qabul qilish kerak (bu davolanish profilaktik devolanish deb yurutiladi). Masalan, vrach, o’pka shamollashiga (pnevmotist pnevmoniya) qarshi ayrim antibiotiklarni  beradi. CD4- Limfositlar miqdori tiklangach , profilaktikani to’xtatish mumkin.

CD4-xujayralarini OIV-infeksiyasini davolash vaqtidagi miqdori     
OIV-infeksiyasini  davolash  boshlangandan so’ng,   CD4- Limfositlar miqdori ortadi. Miqdorni ko’payishi, odamni individual holatiga bog’liq.  Ayrim bemorlarni   CD4- Limfositlar miqdori  normal holatga qaytishi uchun oylar va yillar talab qilinadi. Agar siz davolanishni  CD4- Limfositlar miqdori juda ham pasaygan davrda boshlagan bo’lsangiz , tiklanish jarayoni ko’p vaqt davom etishi mumkin.

Lekin shuni yodingizda tutingki, CD4- Limfositlar oz miqdorda ko’paysa ham organizmga foydasi ko’p.

Davolanish boshlangandan so’ng, har uchinchi yoki oltinchi oyda siz CD4- Limfositlar miqdori va  virusli bosim analizlarini topshirasiz.

CD4-xujayralarini foizi                                           
CD4- Limfositlar miqdori analizidan tashqari, ayrim hollarda vrachlar  CD4- Limfositlar prosentini aniqlovchi test ham o’tkazishadi- bu test, CD4- Limfositlar miqdorini boshqa limfositlar orasidagi foizli miqdorini aniqlashga yordam beradi. Bu test “CD4-xujayralarini foizi”deyiladi. OIV-infeksiyasi bilan kassalanmagan shaxslarda CD4-xujayralarini foizi   40% gat eng.  

Foiz bilan sonni taqqoslasak, CD4-xujayralarini foizi                                           
14%   teng holatida, boshqa kassaliklar rivojlanishi ehtimoli   CD4- Limfositlar miqdori 200ga teng holat bilan birdir.

CD4-xujayralarini foizi  testini, vrach, ketma ket topshirilgan  CD4- Limfositlar miqdori analizlari natijalari keskin farq qilganda o’tkazishi mumkin.                                          
                                                                         
 Virus bosimi
Virus bosimi testi qondagi  OIV miqdorini aniqlaydi. Virus nusxalari qanchalik ko’p bo’lsa (ya’ni virusli bosim kuchli bo’lsa)   CD4- Limfositlar miqdori shunchalik keskin kamayib boradi, bu esa o’z navbatda, boshqa kassaliklar rivojlanishiga olib keladi.

 Virus bosimi testi  OIVni qondagi genetik nusxalarini hisoblaydi. Natija RNK OIV nusxalarini bir millilitr qondagi sonini aniqlaydi. Virus bosimi 10 000 teng bo’lsa –past , 100 000 teng bo’lsa –yuqori hisoblanadi.

 Davolanish vaqtida bo’lmagan virus bosimi  
Agar siz terapiyalar qabul qilmayotgan bo’lsangiz, virus bosimi testini  doimiy topshirib turishingiz  lozim.  Test natijalari virus bosimini organizmingizga davolanmayotgan davringizdagi, qilayotgan ta’sirini  aniqlshga yordam beradi. 
CD4-limfositlar va  virus bosimi yuqori bo’lgan shaxsning,  CD4-limfositlar miqdori ko’p , virusli bosimi esa kam shaxsdan ko’ra boshqa kassaliklarga chalinishi va CD4-limfositlar miqdori  kamaygan ahvolga tushishi  ihtimoli kattaroq.

Davolanish hali boshlanmagan bo’lsa, virus bosimi testi har topshirganingizda o’zgarib turishi mumkin. Virus bosimini ko’payishi bezovta muhit yaratmaydi, ikki baravar ko’p virus bosim holda ham organismga deyarli hafi yo’q.

 Virus bosimini ko’payishi sabablari vaksinasiya (masalan: Grippga qarshi) va infeksiyalar bo’lishi mumkin. Vrach natijalarni analiz qilayotganida, ushbu faktorlarni inobatga olishi kerak.

CD4-limfositlar kabi, virus bosimi natijalariga ham ayrim vaqt oraliqida baho berish kerak.  Masalan,  virus bosimi bir necha oy davrida ko’payish yoki  qisqa vaqt  ichida “kutilmaganda” uch martaga ko’tarilgan vaqti bo’lishi mumkin.

Agar siz terapiya qabul qilmayotgan bo’lsangiz 5000dan  15000ga ortgan  virus bosimi sizni havotirga solmasligi kerak. Hattoki 50000dan 100000ga oshsa ham xavfli sanalmaydi. Ammo 5000dan 25000ga oshgan natija-organizmingizda, ohirgi testdan so’ng,  virus nusxalari besh baravarga ko’tarilganini ko’rsatadi ,bu vaqt qo’shimcha muolajalar boshlanishi shart. Ushbu holda, vrach yana bir bor analiz topshirishingizni so’rashi ihtimoli bor.

Agar, OIV-infeksiyasini davolashni boshlash haqida  suhbat bo’lsa, vrach  virus bosimi natijalari haqda ham ma’lumot beradi.  Yuqorida aytib o’tilganidek, CD4-limfositlar miqdori 350ga teng shaxslar davolanish muolajalarini boshlashi kerak.
Ushbu natija bilan birga, virus bosimi 100000 bo’lgan shahslar davolanishni boshlash  uchun tez “harakat” qilishlari zarur.


Davolanish vaqtidagi virus bosimi    
Davolanish muolajalari boshlangach virus bosimi kamayishi kuzatiladi. Terapiya maqsadi- aniqlanmaydigan virus darajasiga erishishdir (terapiya boshlangan vaqtdan 3-6 oydan so’ng).
Vrach terapiyani boshlanganidan bir oy o’tgach, virus bosimi testini topshirishingizni soraydi, keyinchalik, preparatlarni qabul qila boshlaganingizdan 12 hafta so’ng.  Virus bosimi va CD4-limfositlar testini har 3-6 oyda topshirasiz.
                        

Aniqlanmaydigan virus bosimi
Boshqa testlarning virus bosimi testiga sezguvchanligi minimal nusxalar miqdori bilan chegaralangan –bu aniqlanish chegarasi deyiladi. Bugungi kunda mavjud testlarning chegarasi 40-50 (nusxa/ml) ni tashkil qiladi. Agar virus bosimingiz 40-50dan kam bo’lsa demak u - “aniqlanmaydigan”. OIV-infeksiyasini davolashni maqsadi- virusni aniqlanmaydigan darajaga tushurish.

Lekin qondagi virusni aniqlab bo’lmaslik –virus organizmingizdan butunlay    yo’qoldi degani emas. Nusxalarni aniqlab bo’lmasa ham, virus qonda saqlanib qolaveradi, faqat miqdori juda kam holda.  Virus bosimi testlari faqat qondagi virus nusxalarini aniqlaydi va bu ko’rsatkich organizmingizni boshqa xujayrala  va organlardagi virus bosimdan farq qilishi mumkin – masalan, ichak va linfa bog’lardan.                                
 

Nima uchun aniqlanmaydigan virus bosimiga ega bo’lish yaxshi? 
Aniqlanmaydigan virus bosimiga erishishning sabablari:

Birinchidan,bu ko’rsatkich OIV-infeksiyasi organizmingizga ta’siri kamayotganini va boshqa kasalliklar (masalan, yurak  kassaliklari- infarkt, insult) rivojlanishining oldini olinayotganini ko’rsatadi. 

Ikkinchidan aniqlanmaydigan virus bosimi OIVning antiretrovirus preparatlariga bo’lgan rezidentlik havfini kamaytiradi.   

Uchinchidan, aniqlanmaydigan virus bosimi boshqa insonni zararlanishi ihtimolini pasaytiradi.            

OIV-infeksiyasini davolash vaqtidagi aniqlanadigan virus bosim  
Agar virus bosimingiz olti oy moboynida aniqlanmaydigan darajaga tushmasa- vrach, davolanish muolajalarini o’zgarilinishini , xususan boshqa preparatlarni, siz bilan muhokama qiladi.

Agar davolanish davrida, virus bosimingiz aniqlanmaydigan darajaga tushib, yana aniqlanadiganga  ko’tarilsa , demak davolanish sxemasini o’zgartirilgani yaxshi.

Davolanish vaqtidagi , aniqlanadigan virus bosimi,  virus preparatlarga nisbatan rezistent (ta’sirsiz) xolatdaligini bildiradi.

Rezistentlikni aniqlovchi test
Davolanishni boshlashdan va preparatlarni o’zgartirishdan avval rezistentlik testini topshirishingiz kerak bo’ladi.
Ushbu analiz natijalari, organizmingizga qanday preparatlar to’g’ri kelishini bilishga yordam beradi.

Natijalar, virus bosimingiz 200dan kam xolatda bo’lmasagina ishonarli bo’ladi.                                     

“Virus achoqi”           
Aniqlanmaydigan virus bosimi holida, ayrim isnonlarda “virus achoqi” kuzatiladi. “Virus achoqi”- virus bosimini aniqlanadigan darajaga ko’tarilib, analiz vaqtida esa qayta aniqlanmaydigan holatga tushushidir.   
     
“Virus achoqi”ni kuzatilishi, antiretrovirus preparatlari endi “ishlamaydi” degani emas.

Ushbu “achoq” haqida bir nechta nazariyalar mavjud.
Ishonarli nazariyalardan biri, laboratoriya hatosi yoki boshqa infeksiyalarning ta’siri borligini tushuntiradi.

“Virus achoqi” ko’p hollarda qishda qayd qilinadi va buvaziyat  boshqa infeksiyalar  ta’siri haqidagi  nazariyani oqlaydi.

Ammo, ketma ket topshirilgan analizlar natijalari aniqlanadigan virus bosimini ko’rsatsa, vrach bilan buni sabablari va oqibatlari haqida bafurcha gaplashib, kelgusi terapevtik rejalar o’zgarishini bilib olishingiz lozim.     

Virus bosimi va OIV-infeksiyasini jinsiy aloqa orqali yuqishi      
Agar natijalar, qonda baland virus bosimini aniqlasa,  spermangiz  yoki qin suyuqligingizda ham ushbu darajadagi virus bosim bo’lishi ihtimoli bor. Yuqori virus bosim , siz bilan jinsiy aloqada bo’ladigan insonga o’tishi OIV virusini o’tishi havfini oshiradi.

OIV virusini davolash jarayonida, qondagi virus bosimi kamaysa, sperma va qin suyuqligdagi virus bosim ham kamayadi.

 Bugungi kunda, mutahassislar, aniqlanmaydigan virus bosimi bo’lgan, davolanish muolajalarini qabul qilayotgan OIV bilan infeksiyalangan  shaxslardan, boshqa insonlarga OIV-virusni o’tishi ihtimolini faol o’rganishmoqda.         
Bu mavzu baxs munozaralar ichida bo’lib, yangi ma’lumotlar bilan to’ldirilmoqda.  

Комментариев нет:

Отправить комментарий