Sog’likni umumiy xolatini tekshirish


Doimiy ko’riklarning muxumiyligi  
Yaqindagina, OIV bilan yashovchilarni hayoti saqlanishiga bugungidek ishonch yo’q edi. To’g’ri davolanish va samimiy qarov OIV-musbat shaxslarni, sermo’l, sog’lom va uzoq umr kechirishlari imkonidir.Sifatli davolanish uchun vrachning doimiy nazorati ostida bo’lish shart va juda muhim.

Test turlari                                                                      
Siz bilishingiz kerak bo’lgan bir nechta analiz, test va diagnostika turlari mavjud.

Jismoniy ko’rik- aniq simptomlar va belgilarni tasdiqlash yoki chetlashtirish   maqsadida vrach tamonidan o’tkaziladi.
Qon analizi- laborator-diagnostik muolaja bo’lib, OIV-virusi organizimingizga qiladigan ta’siri, organizmni umumiy holatini baholash va davolanish foydasini aniqlash maqsadida o’tkaziladi. Sizga tez-tez turli hil qon analizlarni topshirishingizga yo’llanmalar berishadi.
 Ko’p qon olinayotgandek tuyulsa, xavotirlanmang- test uchun bir choy qoshiq qon yetarli.
Agar aniq bir simpromlar bo’lsa, sizdan Rengenogramma, Skanogramma va Ultrarovush ko’riklaridan o’tish so’raladi, ushbu ko’riklar mutaxassisga ichki organlarni xolatini aniqlashda yordam beradi.
Tanajoyni sezguvchanligini kamaytirib, bir nechta kichik xirurgik muolajalar o’tkaziladi va ayrim xollarda diagnostika uchun tana xujayrasi namunasi kerak bo’ladi.  

Sizning vrachga qiladigan birinchi tashrifingiz          
Sizga diagnoz qo’yilganidan song, vrach-infeksionist sizga sog’likingiz va kassalik tarixiga doir savollar berib, jismoniy ko’rikdan o’tkazadi va qon analizlariga yo’llantiradi.

 Quydagi savollarga javob berishga tayyor bo’ling:
Avvalda, qanday kasaliklarga chalingansiz?
Sizni biron bir belgilar bezovta qilayaptimi?
Siz yoki yaqinlaringiz yurak, diabet, yuqori qon bosimi, psixologik yoki onkologik kassaliklarga chalinganmi?
Biron bir preparat (vrach tamonidan yozilgan, reseptsiz qabul qilingan, alternativ tibbiyot vositalari yoki o’tlar, reaksion narkotiklar)  qabul qilganmisiz?             
Emlash qilganmisiz?
Sizda allergiya bormi?         
Chekasizmi?
Sport bilan shug’ullanasizmi?
Dieta tutasizmi?
Sizga shuningdek jinsiy hayotingiz to’g’risida ham savol berishlari mumkin.
Jinsiy aloqangizda doimiy juftingiz bormi yoki tassodifiy juftlaringiz bo’lganmi va ularning soni qancha bo’lgan?
Juftingizni jinsi qanaqa?
Jinsiy aloqa vaqti himoya vositalaridan foydalanasizmi?
 Jinsiy yo’l orqali yuquvchi kasalliklarga chalinganmisiz?
 Bu ma’limotlar vrachga to’grti maslahat berish va siz bilan atrofingizdagi insonlarni sog’liklarini saqlash uchun yo’llanma berishga yordam beradi. 
Birinchi tashrifingizda vrach jismoniy ko’rikdan o’tkazadi, buning uchun siz yechinishing kerak bo’ladi. Agar o’zingizni noqulay his qilsangiz, oldindan siz bilan bir xil jinsdagi vrach ko’rikidan o’tishni yoki ko’rik vaqti yana bir inson borligini taminlashni so’rashingiz mumkin.
Ko’rik jarayonida, vrach sizning bo’yingiz, vazningiz, qon bosimingiz, tana xarorati va yurak pulsingizni tekshiradi.
Belgilarni chetlashtirish maqsadida, vrach qorningizni bosib ko’radi va stedoskob yordamida nafas olishingiz va yurak urishini tekshiradi. Ko’zingiz, quloqlaringiz, og’iz bo’shliqingiz va tamoqingizni ko’rikdan o’tkazishi ihtimoli ham bor.
Ko’rikdan so’ng boshqa bir simptomlar aniqlansa, sizga boshqa ko’rik va analizlarga yo’llanma berishadi.
Jismoniy ko’rikdan so’ng qon analizlarini topshirasiz (ko’proq ma’lumot kelgusi bo’limda). Agar qoningizda belgilar aniqlansa, sizni qo’shimcha diagnostikaga yo’llantirishadi. Misol uchun: yutal bo’lsa-balg’am analizi, diareya bezovta  qilsa -najoz analizi topshirasiz. Laboratoriya testlari infeksiyani belgilarini aniqlashga yordam beradi.

Doimiy ko’riklar
Har tashrifingizda analizlar topshishingiz kerak bo’ladi , ushbu doimiy ko’riklar, OIV-infeksiyasini organizimingizga qilayotgan ta’siri va umumiy organism xolatini bilishga yordam beradi. Agar siz antiretrovirus preparatlarini qabul qilib yurgan bo’lsangiz , davolanishni foydasini guvohi bo’lasiz. Agar uzingizni yomon his qilsangiz yoki yangi belgilar paydo bo’lsa qo’shimcha analizlar topshirasiz.
Vrach-infeksionist sizning sog’likingiz va OIV-infeksiyasi bilan bog’liq  belgilarni qattiq nazorat qilishi kerak. Bundan tashqari siz umumiy vrach ko’rikidan o’tib turasiz. U OIV-infeksiyasidan tashqari, boshqa tibbiy ihtiyojlaringizni qondiradi.  Agar jinsiy aloqa olib borsangiz, tez-tez jinsiy aloqa orqali yuqadigan kassaliklar(JAOYK) analizini ham topshirib turishingiz kerak bo’ladi, buning uchun ter-venerologik despanserlariga murojat qilasiz.
OIV-infeksiyasi ko’riklari ayrim hollarda JAOYK tekshituvlarini ham o’z ichiga oladi. Misol uchun, faqatgina  tez-tez sifiliz uchun qon analizi topshirish so’raladi.

Servikal analizi va anus tadqiqoti
Odamning pipiloma virusi shtammi (OPV) bilan zararlanish servikal kanalining xujayralarini o’zgartirib  bachadon buynining saratoniga olib kelishi mumkin.
OIV-infeksiyasi diagnozi qo’yilgach, ayollar darxol bachadon buynining ichki silliq pardasi mazogi analizini topshirishi shart. Bu test yilda kamida bar marta o’tkazilishi shart va lozim.


OPVning ayrim turlari anusning xujayralarini o’zgarishiga ham turtki bo’lishi mumkin , lekin bigingi kunda mutahassislar , orqa yulakni doimiy laborator ko’rikdan o’tkazish muhim emasligini takidlashadi. Servikal kanali va anusning saraton yoki saratonoldi xolatini aniqlash uchun kolkoskopiya va anoskopiya proseduralari o’tkaziladi. Kolkoskopiya ko’riki mikroskop nuri ostida bachadon buyni va ustki namlikni o’rgansa, anoskopiya –anus devorlarini ko’rikdan o’tkazuvchi proseduradir. Bu instrumental usullar, shuningdek, tashqi o’zgargan hujayralarni ximik preparat yoki muzlatib qo’yish orqali cheklashtirishga ham yordam berishadi.

Комментариев нет:

Отправить комментарий