OIV-VIRUSINI DAVOLASH

OIV-VIRUSINI DAVOLASH

“Davolash” deganda virus belgilarining og’riqsizlantirish,  aniqroq qilish yoki uning to’liq yo’q bo’lishiga olib keluvchi dorilar, inektsiya va boshqa aralashish xillarini ishlatish tushuniladi. Lekin davolanish har doim ham to’liq tuzalib ketishga olib kelmaydi, chunki ba’zi xollarda kasallik alomatlari yashirin (uyqu) davrida davom etadi. Antitelalar hali organizm (yoki tana)ni tark etmagan bo’ladi. Bunday xollarda esa alomatlar qayta yuqmasdan kechroq boshqatdan paydo bo’ladi.
Odatda bakteriyalardan davolaniladi, shu davrda viruslar (shamollash, gerpes yoki OIV kabilar) rivojlanish davrida o’zining asosiy genetik materiallarini yo’qotadi.  Masalan (PNK yoki DNK)lar yashab ketishi uchun ushbu genetik materiallar bizning kataklarimizdan ishlatishga majbur bo’ladi. Shuning uchun davolanishda kataklarni yo’q qilmasdan viruslarni yo’q qilamiz. Boshqacha qilib aytganda OIV virusini davolash mumkin lekin butunlay tuzatib bo’lmaydi.
         Davolanish termini u yoki bu kasallikni keltirib chiqargan mikrob butunlay yo’q qilingan yoki organizmdan tashlanib, insonga qayta yuqish xolatiga qaytib kelish vaziyatlarida qo’llaniladi.
         Bugungi kunda dunyoda OIV virusini davolash uchun OIVga bevosita ta’sir qiluvchi  bir qator preparatlar qo’llaniladi. OIV retroviruslar oilasiga mansub, shuning uchun ushbu qo’zg’atuvchiga qarshi ishlatiladigan preparatlar “antiretropreparadlar” (ARV preparadlar) deyiladi. Ushbu preparatlar asosidagi bo’lgan davolash antiretrovirusli terapiya (ARVT) deyiladi. Ushbu davolash shifokor tamonidan umurbod etib belgilanadi. ARVT hayot sifatini oshiradi va rivojlanish bosqichdagi OIV (OITS)ning rivojlanishini sezilarli darajada to’xtatishga imkon beradi.


         Bugungi kunda dunyo bo’yicha 6 milliondan ortiq odam ARVT bilan davolanadi. O’zbekistonda davolanishning ushbu turi 2006 yildan beri amalga oshirilinib qo’llanilmoqda va bugun 6000dan ziyod odam ini qabul qiladi.


Agar dorilarni vaqtidaqabul qilmasam nima bo’ladi?

-Agar bir oyda bir martadan ko’p unutsangiz sizning davo kursingiz samarasiz bo’ladi.
-OIV organizmingizga tarqalib, immun sistemani susaytiradi.
-Virusning yangi shtamlari virusga qarshi preporatlarga chidamlilik hosil qiladi, demak preporatlarning ta’siri yo’qoladi.
-Sizga boshqa, kuchliroq davolash sxemasi tuziladi, boshqa preporatlar qayta ta’sir a’lomatlarini chaqirishi mumkin.

OIV infeksiyasidan samarali davolanishingiz uchun, belgilangan dorilarni o’z vaqtida va qoldirmasdan qabul qilish shart.

Har bir virusga qarshi preporat organizmni bir necha soat davomida himoya qiladi.

1)Hamma preporatlarni o’z vaqtida va belgilangan miqdorda qabul qilish kerak. Masalan, siz dorini ikki mahal qabul qilishingiz kerak bo’lsa demak, 1ta dori 12  soat davomida o’z kuchini saqlaydi.
 
2)Qabul qilgan doringizni ta’siri tugashidan oldin keyingi dorini qabul qilish kerak


3)Agar dorini o’z vaqtida qabul qilmasangiz ma’lum vaqtga himoyasiz qoladi va OIV yangi hujayralarni zararlantiradi.

4)Agar preporatlarni vaqtida qabul qilsangiz dori organizmda bir maromda joylashadi va u virusni nazoratda saqlaydi.


                                   Muhim vaziyat
Albatta barcha belgilangan dorilarni o’z vaqtida va belgilangan miqdorda qabul qilish lozim.Organizmga an’anaviy tarzda tushayotgan virusga qarshi preporatlar doimiy himoyani ta’minlab turadi, va u virus bilan samarali kurasha oladi.Davolash tartib qoidalarini buzilishi barcha davolov kursini susayishiga olib keladi.

Immun sistemasi bu – hujayra, tolalar va organlardan tashkil topgan, organizmni himoyalanish sistemasi

Patogenli mikroorganizmlar (patogenlar) kasallik chiqarashi mumkin. Patogenlar deb, masalan, virus va bakteriyalarga aytish mumkin. Patogenlar bilan aloqamiz doimiydir: ular biz nafas olayotgan havoda biz istemol qilayotgan ovqatda atrofimizda hammayoqda. Lat yemagan immun sistemasi ko’p kasalliklardan himoyani kafolatlaydi.Immun sistemasi yordamida patogenlar odatda organizmga zarar yetkazmaydi.Immun sistemasi hujayralariga begona mikroorganizmlar tushganda (CD4 limfotsitlar) begona elementlarni aniqlaydi.Boshqa immun hujayralar masalan (CD8-limfotsitlar) patogenlarga hujum qilib ularni yo’q qiladi.
Agar immun sistemasi OIV infeksiyasi tufayli sustlashsa, odam ko’p kasalliklar oldida himoyasiz bo’ladi.OIV organizmni infeksiyalantirib, immun sistemani qurshab oladi.
Immun sistemasi mikroorganizmlar kirishiga e’tibor qilmay qo’yadi, immunitet mikroorganizmlar bilan kurasha olmaydi.Mikroorganizmlar to’siqsiz ko’payib, turli kasalliklarni yuzaga keltiradi.

                                      Muhim vaziyat

Immun sistemasi – organizmni himayalanish sistemasi, patogenli mikroorganizmlarni tanib ularni yo’q qiladi.OIV immun sistemasini susaytiradi natijada oddiy mikroorganizmlar infeksion kasalliklarni yuzaga keltiradi.OIV ni davolash immunitetni mustaxkamlaydi


Nega aniqlanmas virus yuklanmasi darajasi yaxshi?
Agar virus organizmda oz bo’lsa, u organizmni kasalliklarda himoya qilayotgan immiun sistemasiga hujum qila olmaydi.
Immun sistemasi mustaxkam holatda ekan, kasallik yoki infeksiya yuqtirish havfi kam bo’ladi.
Aniqlanmas virus yuklanmasi boshqa odamga virus yuqtirish ehtimolini pasaytiradi.

OIV ni davolash maqsadi – aniqlanmas virus yuklanmasiga erishish. Bu nima degani? Nima uchun kerak?

Virus yuklanmasi bu  – bir tomchi qonda virus miqdori.Test natijasi qonda virus miqdorini ko’rsatadi. Oz yoki kop.Virus juda oz bolsa, test natijasi uniKorolmaydi”, demak virus yuklanmasi aniqlanmas.Aniqlanmas virus yuklanmasi OIV yoqoldi degani emas. Uni har doimgidek organ va tolalarda topish mumkin. Maslan ichakda.

Muhim vaziyat
Agar organizmingizda aniqlanmas virus darajasi bo’lsa, organizmingizda virus miqdori oz.
OIV ni davolash maqsadi – aniqlanmas virus darajasiga erishish. Bunday natija organiz virusni nazorat qilayotganidan dalolat.


OIV davolash kurslarini boshlash quyidagi holatlarda tavsiya etiladi. Analiz natijasiga ko’ra CD4-limfotsitlar 350dan past miqdorda bo’lsa, siz davolanishga tayyorsiz. Ayniqsa CD4-hujayralari 200 dan past bo’lsa davolanish tavsiya etiladi.Shifokor yoki tibbiyot mutahassisi OIV haqida barcha savollaringizga javob  va kerakli ma’lumotlar beradi. Davolanishga tayyor bo’lishingiz uchun.Davolanish kursi CD4-limfotsitlari 350 dan yuqori darajada bo’lsa ham tavsiya qilinishi mumkin.

Quyidagi ko’rsatkichlar kuzatilganda:
-OIV sog’ligingizni yomonlashtirsa;
-Sizda boshqa kasallik ham bo’lsa – masalan, gapatit yoki qandli diabet;
-Siz yurak kasalligi havfi guruhida bo’lsangiz:
-50 yoshdan katta bo’lsangiz:
-Siz OIV infeksiyalanmagan odam bilan aloqada bo’lsangiz (OIV ni davolash boshqa odamga yuqtirish havfini kamaytiradi)

OIV ni davolash kursi virus aniqlanishi bilan boshlash shart emas. Hammasi immunitetni virus qanchalikzaiflashtirishiga bo’g’liq.
Immun sistemasi bu – organizmni himoya qilish sistemasi. Immunitet lat yemagunga qadar u kasalliklar va infeksiyalar bilan mustaql kurasha oladi.
CD4 – limftsitlarini miqdorini sanalishi bu – immun sistemangizni ahvolini ko’rsatib beradigan qon tahlili natijasi. CD4- hujayralarini baland miqdori immun sistemangiz mustahkamligini ma’lum qiladi.
CD4 hujayralarini past ko’rsatgichi, OIV immunitetingizni susaytirganini ma’lum qiladi.
Agar CD4 limfotsitlar miqdori qoningizda 350 dan pasayib ketsa, sizga davolanish tavsiya etiladi.
OIV infeksiyasini davolash bu – har kuni 1 xil vaqtda preporatlarni qabul qilish. Bu davrga tayyor turishingiz kerak.
OIV infeksiyasini davikash busizni infeksiya va kasalliklardan himoya qilish, immunitetingizni mustahkamligini tiklash.


                                  Muhim vaziyat
Yevropa davolash protokollari bo’yicha, OIV infeksiyasini davolash CD4 hujayralarni 350 dan past miqdorda qolganida boshlash kerak.
!Preporatlarni qabul qilish keyinchalik immun sistemasini sustlashishini va kelajakdagi kasalliklarni oldni oladi.






Dori preporatlarni qabul qilish
Ota onalar va bolalarga g’amxo’rlik qilayotgan shaxslar uchin qo’llanmalar.

OIV infeksiyasida dorilarni qabul qilish.

Nima uchun bu zarur?
Dorilarni qaday qabul qilinishi, infeksiyani yengishda asosiy ro’l o’ynaydi. Agar bir do’zani yoki uni noto’g’ri qabul qilsa, dori virus bilan kurasha olmaydi.
Bu “Mustahkamlik” deyiladi, va uni OIV ni davolasyotgan, ular bilan yashaydiganlar uchun katta muammo bo’lib kelmoqda.Dorilarni qabul qilish qiyin, chunki vaqti vaqti bilan biror nimani unutib qo’yamiz. Bir kunda dorini 2-3 mahal qabul qilishni boshqa yumushlar bilan jamlash qiyin. Dorilarda “qayta ta’sir a’lomatlari” ham bo’lishi mumkin. Ular bolani sog’ligini vaqtincha yomonlashtiradi. 

Nojo’ya ta’sir a’lomatlari bu nima?
Qayta ta’sir a’lomatlari – kutilmagan (ko’proq havfli)dori preporatlarning ta’siri.
Odatda bu bosh og’rig’i,oshqozon bilan muammo, toshmalar yoki diareya.
Qayta ta’sir a’lomatlari tufayli bola dorilarni qabul qilishdan bosh tortishi mumkin.
Qayta ta’sir a’lomatlari davolash kursini boshi yoki davomida dorilarni qabul qilishda to’sqinlik qiladi.

Nojo’ya ta’sir a’lomatlari kuzatilganda nima qilish kerak?
Farzandingiz qabul qilayotgan preporatlarning asosiy qayta ta’sir a’lomatlari haqida shifokor, hamshira yoki formatseft bilan maslahatlashing. Esda tutuing, buni bilish zarur! Hammada bir xil Qayta ta’sir a’lomatlari kuzatilmaydi. Birxilgilarda bu jarayon unchalik sezilmay o’tadi. Hamma odam har xil – bolalar ham. Birxilgilarda Qayta ta’sir a’lomatlari uzoq davom etmaydi, birxilgilar bilan kurashish oson.
Farzandingiz qabul qilayotgan virusgaqarshi preporatlardan Qayta ta’sir a’lomatlarini sezib qolsangiz, darhol shifokor, hamshira, formatseft yoki tibbiyot hodimiga xabar bering.
 Asosiysi kutmang!
Qayta ta’sir a’lomatlariga qarshi qancha tez chora ko’rilsa, davolash jarayoniga ijobiy ta’sir qiladi va farzandingiz o’zini yaxshi his qiladi.

OIV ni samarali davolashga yana nimalar to’siq bo’lishi mumkin?
Bola organizmi qabul qilayotgan dorilarni to’liq hazm bo’lishi yoki uni to’g’ri yo’naltira olmasligi mumkin. Gohi payt bola organizmi dorilarni tez hazm qilib yuboradi.
OIV ni davolash bilan birgalikda boshqa preporatlarni qabul qilinishi davolashni kuchaytiradi yoki susaytiradi. Agar farzandingiz boshqa dori, vitamin va h.k.z. larni qabul qilayotgan bo’lsa darhol shifokorga habar bering.

Dorilarni qabul qilishni nima murakkablashtiradi?

Bir xilgi dorilarni ovqat paytida, boshqalarini ovqatdan keyin och qoringa qabul qilish kerak
Dorilarni qabul qilishni odatiy kun tartibiga kiritish qiyin bo’lishi mumkin
Begona odamlar yonida dori qabul qilish noqulay bo’lishi mumkin. Eng qiyin vaziyat agar oillangiz, do’stlaringiz nima sababdan siz yoki farzandingiz dori qilish kerakligini bilishmasa.
Uzoq safar yoki ta’til, va boshqa holatlarda kun tartibi buzilsa

Dorilarni qabul qilishni nima osonlashtiradi?

Ovqatlanish va dori qabul qilishni rejasini siz va farzandingizni kun tartibiga moslab tuzing. Bu ishda sizga tibbiyot hodimi yordam berishi mumkin.
Eslatmalarni qollang. Bu sizga kundalik yoki reja bolishi mumkin. Rajangizda farzandingiz qachon dori qabul qilishini belgilab bering. Farzandingiz ham tuzgan rejangizni rangli qalamlar yoki nakleykalar bilan mustaqil to’ldirishi mumkin. Gohida taymer yoki budilnikni dori qabul qilishda eslatma sifatida qo’llashingiz mumkin.
Shishachalar og’zini  va  sachratiqli dorilar uchun shpritslarni bir xil rangda bir biriga moslatib berishini Formatseftdan iltimos qiling. Bu dozani to’g’ri tanlanishiga yordam beradi. Kalendar yoki kun tartibidagi belgilarni shu preporat rangi bilan bir xil belgilang.
Alohida belgili idishlarni ishlating, kerakli dozani olish uchin miqdorli qoshiq yoki shprits. Suyuq dorilar uchun oddiy qoshiqlarni ishlatmang. Chunki ularni o’lchami har xil.

Farzandimga dori berishga nima yordam berishi mumkin?
Eng ma’qul yo’li, dorilarni qabul qilishni farzandingizni kun tartibiga kiritishingiz, tish yuvish yoki nonushta kabi.Dorilarni faqatgina kattalar nazoratida qabul qilishi kerak.Farzandingizni to’lliq dorini qabul qilmagunicha yolg’iz qo’ymang.Farzandingizni dori qabul qilish jarayoniga jalb qilishga harakat qiling. Ayniqsa  bu farzandingizni ulg’ayish jarayoniga zarur. Chunki bu bolaga vaziyatni boshqarishga biroz bo’lsada yordam beradi.Kattalar nazoratida makabgacha bo’lgan yoshdagi bolalar dorilar qabul qilishni yaxshi uddalaydi.Ularga nima uchun dori qabul qilish kerakligi haqida tushuncha tayyorlab qo’yish zarur.

Dorilarni bemaza ta’midan nima yordam beradi?

Agar dorini bemaza ta’mi bo’lsa, uni farzandingiz tishini yuvayotgan paytda berish mumkin.Dorilarni bemaza ta’mini yo’qotish uchun yolpizli qand yoki muz bo’lakchasini so’rish mumkin.Dorilar qabul qilinganidan so’ng farzandingizga shirinlik bering.Dorini qabul qilishdan oldin uni sovutish mumkin. Oldindan formatseft bilan maslahatlashing. Chunki hamma dorilarni sovutish mumkin emas.

2 комментария:

  1. Этот комментарий был удален администратором блога.

    ОтветитьУдалить
  2. Этот комментарий был удален администратором блога.

    ОтветитьУдалить