Qanday qilib noxush ta’sirlani nazorat qilsa bo'ladi?

Noxush ta’sirlar nazorati
Nojo’ya ta’sirlar bemorlarda ko’p  hollarda diskomfort, toliqish, qo’rquv alomatlari bilan belgilanadi.  Siz esda tutishingiz kerak, ular paydo bo’lishi doimiy emas! Ularning paydo bo’lish xavfini oldini olish mumkin.  Yuzaga kelgan taqdirda ham ularga qarshi chora-tadbirlar mavjud.
Preparatning istalmagan ta’sirida nima qilmoq kerak?
Birinchi, o’zingizni yomon ta’sir paydo bo’lishligiga tayyorlang. OIV-infeksiyasi davolaganda nojo’ya ta’sir paydo bo’lishini bilmoq muhim.  OIV-infeksiyasini davolash yaxshi naf beradi. Siz  noxush hollar paydo bo’lganda indamasdan azob chekib o’tirmang! O’zingiz yengib ololmasangiz doimo sizga yordam beruvchi usullar bor. OIV-infeksiyasini davolash sizga uzoq va yaxshi hayot kechirishga imkoniyat yaratadi. Agar siz  dorilarning salbiy ta’siridan qo’rqib davolanishni orqaga sursangiz, har xil infeksiyalar yuqish xavfi va kasallik rivojlanishiga yo’l qo’yasiz. Organizmda  immun tarmog’ini yemirilishidan so’ng davolanishni boshlash istalmagan hodisalar yuzaga kelishiga olib keladi. Ko’p hollarda salbiy ta’sirlar yengil ko’rinishda kechadi, ular namoyon bo’lishi vaqti bilan kamayadi yoki aksincha umuman yo’qoladi. Ba’zida esa qo’shimcha dori-darmonlar bilan nazorat qilinadi.
·       Hozirgi zamonda qollanadigan ARV-preparatlar (retrovirusga qarshi) birinchi avlod preparatlariga nisbatan nojoya tasirlarni kam  yuzaga keltirmoqda.
·       Ayrim salbiy tasirlarni maxsus dorilar bilan qabul qilib, yomon tasirini nazorat qilish imkoniyati mavjuddir.
Bugungi kunda bemorlar uchun OIV-infeksiyasini davolash uchun bir necha xil davolash variantlar bor. Shuning uchun siz boshqa salbiy ta’sirlar kam bo’lgan davolanish sxemasiga o’tishingiz mumkin!
Salbiy ta’sirlar to’g’risida ma’lumotga ega bo’lish
Mabodo siz OIV-infeksiyasiga qarshi muolajani boshlamoqchi yoki sxemasini o’zgartirmoqchi bo’lsangiz eng optimal kombinatsiya tanlashda va  noxush ta’sirlar haqida preparat yo’riqnomasi yordam beradi. Bizning ushbu yo’riqnomamizda OIV-infeksiyani davolash bo’yicha umumiy  sxemalar, preparatning sabiy ta’siri hamda maslaxatlar olasiz.

            Nojuo’ya ta’sirlar muhokamasi
Muolaja olib borayotgan shifokoringiz yoki boshqa  tibbiy mutaxassis bilan preparatlarning yomon ta’siri va ularning sizning sog’ligingizga ta’sir qilish ehtimoli to’g’risida bayon qilishingiz kerak. Bu suhbat davomida o’zingiz va yaqinlariningiz haqida ochiqroq ma’lumotlarni  keltirishni unutmang.
Chunki,  bu ma’lumotlar barcha kelib chiqayotgan ta’sirlarni baholashda ko’mak beradi. OIV-infeksiyasiga qarshi dorilarni siz ilgariroq boshlagan bo’lsangiz bu haqida shifokorga aytishingiz lozim, sizga boshqa dori vositalari bilan ta’siri o’zaro mos kelmaydigan preparatlar tavsiya etishining oldini olish uchun.
Shifokoringizga quyidagilarni gapirib bering:
·       Sizdagi biror dori vositasiga allergiyangiz bor yoki yo’qligi
·       Jiddiy kasalliklar: yurak xastaligi, jigar, buyrak, ruhiy kasalliklar, jumladan, depressiya( tushkunlikka tushish)
·       Boshqa dori vositalarini ham qabul qilishingiz
·       Shifokor tavsiya qilgan, retseptsiz xarid qilingan alternativ meditsina yoki giyohvand moddalar

    Agar sizni aynan bir xil noxush holat bezovta qilsa shifokoringizga bu haqida so’zlab bering. U sizga shu holatni oldini olish choralarini yoki preparatlarning nojo’ya ta’siri paydo bo’lsa, yengillashtirish haqida maslahat beradi. Imkon darajasida shifokoringiz sizga alternativ davolash sxemasini tavsiya qiladi yoki istalmagan ta’sirlar xavfini pasaytirish va namoyon bo’lishini oldini olish uchun maslahat beradi. Shifokor yoki farmatsevt  siz qabul qilayotgan dori-darmonlarining salbiy ta’sirlari xavfi  va ularning belgilari haqida aytib berishi kerak.  Sizda tushunmovchilik bo’lsa,  hamisha kengroq tushuntirishlarini iltimos qiling.  Yuzaga kelishi mumkin bo’lgan xavfli  ko’rinishlar paydo bo’lganda siz qayerga murojaat etishni bilmog’ingiz darkor. OIV-infeksiyasini davosini boshlash yoki davolash sxemasini  o’zgartirish, bu kamdam-kam holda o’z-o’zidan paydo bo’ladigan jarayon hisoblanadi. Tezkor ravishda muolaja olish degan qaror ehtimoldan uzoq. Agar vaziyat shuni taqozo etsa, OIV-infeksiyasini davolashni hayotingizni tinch davrida stresslardan holi boshlaganingiz ma’qul. Shunda sizda muolaja jarayonida noxush hollar yuz kelib chiqqanda, ularni uddalash imkoniyatini yaratgan bo’lasiz.

Hayotingizga noxush hollar ta’siri

  Ayrim salbiy holatlar paydo bo’lishi xavfi va ularning yaqollik darajasini agar siz hayot tarzingizni o’zgartirsangiz kamaytirishingiz mumkin. Davoni boshlash va OIV-infeksiyasini davo sxemasini o’zgartirish – bu muhim hayotiy  voqealar, sizning taxminiy paydo bo’ladigan dorilarning yomon ta’sirini uddalash qobiliyatingizni jiddiy va realistik baholashni talab qiladi.
Bu davrda keng qamrovdagi tadbirlar va hayotiy  o’zgarishlarni rejalashtirmaslik ma’quldir.

      Bir necha umumiy maslahatlar:
·       O’z vaqtida ovqatlaning va nima yeyayotganingizni ham o’ylab iste’mol qiling!  Bir me’yordagi oziqlanish odamning sog’lig’i uchun foydali. Shifokoringiz sizni dietolog mutaxassisga yuborishi mumkin. U sizga to’g’ri ovqatlanish bo’yicha maslahat beradi.
·       Ruhiy va jismniy sog’liqni saqlab qolish uchun yetarlicha uxlash kerak. Agar sizda uyqu bilan muammolar bo’lsa, siz infeksionist yoki oilaviy shifokorga murojaat qiling!
·       Taqdir o’zgarishlarini uddalay olish, sog’lig’ingiz yaxshi holatda bo’lishi kabi muhim.
·       Doimiy jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish o’zingizni yaxshi his qilishga yordam beradi, hamda jiddiy kasalliklar xavfini kamaytiradi.
·       Chekish bir  qator muammolar keltirib chiqaradi: yurak xastaligi, insult va boshqalar. Agar siz chekayotgan bo’lsangiz, unda chekishdan voz kechishga harakat qiling!
·       Iste’mol qilinayotgan alkogol ichimlik miqdorini nazorat qiling. Doimiy me’yordan ortiqcha qabul qilinayotgan ortiqcha ichimlik sog’liqqa salbiy ta’sir ko’rsatadi va quyidagi muammolarga sabab bo’ladi:  jigar va yurak xastaliklari va insult
·       Ko’ngilhushlik, narkotiklar siz uchun koni zarardir. Mabodo siz alkogol va giyohvand moddalarni iste’mol qilayotgan bo’lsangiz, unda shifokoringiz bilan muhokama qiling. Sizga yordam bera oladigan bir necha davolanish dasturlari  tashkil etilgan.

   Nojo’ya ta’sirlarning ayon bo’lishi
Ko’pchilik retrovirusga qarshi davo-muolajalar olayotgan bemorlarda vaqti-vaqti bilan dorilarning salbiy ta’sirini his etadilar. Lekin bularning ko’pchiligi sezilarli emas, vaqtinchalik xarakterga ega va davolash mumkin. Dorilarning yomon ta’siri qiyin kechsa o’zingizni tushkun his  etmang, chunki bu holat sekin kamayib boradi. Yanada muhimroq tomoni, siz preparatlarning salbiy ta’siri bilan yolg’iz ko’nikib qolmaysiz. OIV-infeksiyani davolash sizning umumiy ahvolingiz o’zgarishiga ko’mak beradi.  Preparatning ta’siri yomon kechayotgan bo’lsa, bu to’g’risida infeksionist shifokor, farmasevt yoki hamshiraga murojaat qiling. Ular albatta ozlarining  yordamlarini taklif etishadi.

OIV-infeksiyasining kombinatsiyalangan davosi   va  ayrim sxemalarning nojo’ya  ta’siri
Har bir davo boshlovchi infeksionist shifokorning OIV-infeksiyasini davolash protokoliga egadir. Hozirgi kunda yuqori samarali va xavfsiz preparatlar tavsiya qilinadi. Retrovirusga qarshi birinchi avlod preparatlariga nisbatan  bugungi kundagilari og’ir asoratlar bilan kechmaydi. Ilgari tavsiya qilingan preparatlar hozir kam  taklif qilinadi, boisi, ayni vaqtda tanlashga qulay, xavfsiz altenativ sxemalar mavjud. Yomon ta’sirlar tufayli muolajani  to’xtatish yoki almashtirishga majbur bo’lgan bemorlar soni kamayib bormoqda, shifokorlarimiz OIVga qarshi preparatlar bemorlarga tavsiya qilingan birinchi davolash sxemasi yillar davomida yordam beradi deb taxmin qilishmoqda. OIVni davolash Yevropa yo’riqnomasiga binoan   davoni SD4 limfotsitlar soni 350da  tavsiya qilinadi. Ilgarigi yillar davo soni 200 ta bo’lganda  davolash boshlangan. Davo muolajalarni erta davrda boshlash tavsiya etilib, retroviruslarga qarshi preparatlar xavfsizroq va og’ir nojo’ya ta’sirsiz kechadi. Dori-darmonlarning har qanday nojuya ta’siri paydo bo’lganda shifokoringizga murojaat qilishni unutmang!
   Agar siz ilk bora OIV-infeksiyasiga qarshi davoni boshlagan bo’lsangiz, tavsiya qilinadigan davolash sxemasi quyidagi preparatlardan iborat:
·       Efavirenz( Sustiva yoki Stokrin)- Transkriptazalarning teskari nonukleozid ingibitorlari (TTNNI)
Kombinasiyada yoki quyidagi preparat bilan:

·       Truvada-  bu tabletka o’zida transkriptazalari teskari nukleozid\nukleotid ingibitorlarining  (TTNI), emtritsitabin (FTC) va tenofirni saqlaydi.

 Yoki ushbu preparat bilan:

·       Kiveksa- bu tabletka esa TTNIlar, lamivudin(ZTC) va abakavirni saqlaydi.


Yuqorida qayd qilingan preparatlar haqida to’liqroq ma’lumot olishni istasangiz ”Retroviruslarga qarshi preparatlar” bo’limini o’qing. Ushbu preparatlar samarali va butunlay xavfsiz deya tasdiqlangan, biroq nojo’ya ta’sirlardan holi emas. Eng ko’p uchraydiganlari to’grisida quyida keltirilgan.

Комментариев нет:

Отправить комментарий