Eng keng tarqalgan nojo'ya tasirlar

Bosh og’rig’i
Bosh og’rig’I — barcha RVQ dori vositalarining ehtimolli nojo’ya ta’sirlarining bir ko’rinishi.
Ko’p hollarda bosh og’rig’i qattiq bo’lmaydi va davoning bir necha haftasidan keyin yo’qoladi. Og’riqni qoldiruvchi vositalar, masalan, parasetamol og’riqni yengillashtiradi. Siz bosh og’rig’i to’g’risida mutaxassisga murojaat etmog’ingiz lozim.

Uyqu bilan muammolar, kayfiyatdagi o’zgaruvchanlik
Efavirenz (Sustiva yoki Stokrin), emtrisitabin (Emtriva) va tenofovir (Viread) — bitta tabletkada kombinatsiyalangan preparatlar. Atripla kunda bir mahal qabul qilinadi hamda kayfiyat va uyquga bog’liq muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Bu belgilar uncha sezilarli emas va davoning bir necha haftasi dan so’ng yo’qolib ketadi.
Lekin ayrim bemorlarda bu nojo’ya ta’sirlar og’ir kechgani tufayli davolash sxemasini o’zgartirishga to’g’ri keladi. Mabodo sizda shunday belgilar paydo bo’lsa shifokorga murojaat qiling. Bu holatni susaytirish yoki bartaraf qilish uchun retrovirusga qarshi dorilar uyqudan avval yoki bo’lmasa uxlatuvchi preparatlar qisqa muddatga tavsiya qilinadi.

Toshma
Toshma ham RVQ-preparatlarining salbiy ta’siri ko’rinishida namoyon bo’ladi. Odatda toshma bir necha haftadan keyin kamayib, yo’qolib ketguvchidir. Biroq, shu holatda ham mutaxassisga xabar berish lozim, boisi, ayrim toshma turlari jiddiy ta’sir haqida guvohlik beradi (ayniqsa, siz abakavir, etravirin yoki nevirapinni qabul qilsangiz) va infeksiya borligini anglatadi.

Jinsiy hayotdagi muammolar
Jinsiy muammolar (ular jinsiy disfunksiya ham deb yuritiladi) OIV bilan og’ringan bemorlarda keng tarqalgan hodisa. Ammo ularning kelib chiqishi boshqa ko’p muammolar bilan bog’liq bo’lishi mumkin; ayrim hollarda ular haqiqatdan ham OIV-infeksiyani muolaja etish bilan uzviy bog’lanishi borligini aniqlash mushkul. Jinsiy muammolar jinsiy hayotga qiziqish va jinsiy faollikning ham pasayishi (masalan,orgazm kechikishi, ereksiyaning so’nishi va uni saqlab qololmaslik)da namoyon bo’ladi. RVQ-preparatlarning salbiy ta’siri tez-tez qo’llanadigan antidepressantlardan tashqari, seksual disfunksiyaning boshqa sabablarga ehtimoli bo’lishi mumkin. Bularga xavotirlik va stress, ruhiy buzulishlar
(jumladan, depressiya, giyohvand va alkogol moddalarga tobelik), qarilik va boshqa turli xil kasalliklar. Ma’lumki, jinsiy muammolar OIV-musbat ayollardan ko’ra, erkaklarda ko’proq kuzatiladi. Erkaklardagi jinsiy muammolar (ereksiya bilan bog’liq) proteaza ingibitorlari qabul qilish bilan bog’langan. Lekin siz proteaza ingibitori bilan muolajani boshlasangiz, sizda ham albatta aynan shu muammolar kelib chiqadi degani emas. Shu jinsiy qiyinchiliklar sodir bo’lganda uni yengib chiqish mumkin va bu haqida dastlab mutaxassisga murojaat eting. Shuningdek, sizda ruhiy siqilishlar yo’qligiga ishonch hosil qiling, sababi, ular jinsiy muammolarni chuqurlashtiradi. Bu muammolar sog’liq bilan bog’liq bo’lgan taqdirda, shifokor yurak va qon tomiri sistemasining holatini tekshirib, qondagi testosteron miqdorini aniqlab, muolajani tavsiya etadi. Erektil disfunksiyasini davolash uchun preparatlar mavjud. Ularning nomi Sialis, Levitra va Viagra. Ularning ta’siri olatning tanasida qon aylanishini kuchaytirishdir. Bu preparatlar RVQ dorilar bilan o’zaro ta’sirga kirishishi mumkin, masalan, ingibitor proteaza va TTNNI bilan. Siz RVQ dorisi bilan davolanayotgan bo’lsangiz, erektil disfunksiyaga qarshi dorilarning standart dozadan 2 marta kam miqdorda tavsiya qilinadi. O’z shifokoringizga yoki farmatsevtga hamma qabul qilayotgan dori vositalari haqida xabar bering. Chunki, ular erektil disfunksiya davolovchi preparatlar bilan o’zaro ta’sirga kirishib, noxush holatlarni yuzaga keltirishi mumkin. Agar siz erektil disfunksiyani davolash uchun preparatlar qo’llagan bo’lsangiz, popperslarni ishlatmang, sababi ular birgalikda qon bosimi tushib ketishi xavfini tug’diradi.

Toliqlik
Ko’pgina RVQ-preparatlarining nojo’ya ta’siri — toliqish. RVQ davo vositalarini qabul qilganda boshqa noxush ta’sir qatorida, davoning birinchi haftasidan kuchli toliqish xavfi paydo bo’lishi mumkin. Bu holat asta-sekin pasayib boradi yoki yo’qolib ketadi. Mabodo toliqish sababi
RVQ-preparat bo’lsa sizga yordam berish tadbirlari talaygina. Lekin kuchli toliqishning boshqa sabablari bo’lsa, bu haqida shifokorga xabar bermoq muhim, boisi, bu holatda tekshiruv o’tkaziladi. O’z vaqtida uxlamoq, tuyimli ovqatlanmoq, sport bilan muntazam shug’ullanmoq kuchli toliqishni yengillashishiga ko’mak beradi. 



Uzoq muddatli nojo’ya ta’sirlar

Buyraklar bilan bog’liq muammolar
Tenofovir (Viread, shuningdek Truvada va Atripla deb nomlangan kombinatsiyalangan tabletkalar ko’rinishida ham chiqariladi) buyraklar naychalarida amalda qayta so’riladi. Yuqori qon bosim yoki qandli diabet bilan og’rigan bemorlarda bu preparatni qabul qilganda buyrak muammolari ko’payishi xavfi haqida daliliy isbotlar mavjud. Hozirgi kunda ayrim hollarda qo’llananiladigan proteaza ingibitorlari indinavir (Kriksivan) buyraklar ichida tosh hosil bo’lishiga sabab bo’ladi. Siydik tosh kasalligi bor bemor davolanishi uchun qisqa vaqt ichida ambulatoriya yoki shifoxonaga yotqizilishga majbur bo’lishi mumkin. OIV-infeksiyasini davolashda sizga ko’rsatiladigan umumiy yordam o’z ichiga buyraklaringiz faoliyatining doimiy nazoratini oladi. Mabodo sizda buyraklar bilan muammo yuzaga kelsa, sizga urologik yordam yoki RVQ muolaja tartibini o’zgartirishga to’g’ri keladi.

Комментариев нет:

Отправить комментарий