OIV-infeksiayasini davolash-
sog’lom va uzoq umr garovi
Hozirgi vaqtda OIV-infeksiyasini
butunlay davolash uchun maxsus
preparatlar mavjus emas, lekin viruslarga qarshi davo preparatlari OIV bilan
yashovchi insonlarga uzoq va samarali
umr kechirishiga yordam beradi.
90-yillar o’rtasidan mutaxassislar
retroviruslarga qarshi (RVQ) uch xil
kombinatsiyalangan dori bilan davolashni boshlagandan keyin, kasallanish va
o’lim ko’rsatkishlari ancha kamaydi. Ilm-fan rivojlanishi tufayli, OIV-infeksiyasi
yo’lidagi so’nggi izlanishlar shuni ko’rsatdiki, OIV bilan og’rigan odamlar
uzoq umr kechirishi mumkin. Bir so’z bilan aytganda, OIV-infeksiyasini davolash
o’z samarasini bermoqda!
Davolash o’zining yuqori samaradorligiga yetishi uchun, u o’z
vaqtida boshlanishi, viruslarga qarshi dorilar belgilangan vaqt, hamda,
belgilangan miqdorda qabul qilinishi
kerak.
OIV odamning immun sistemasini
yemirmasdan avval davolash boshlansa yuqori samara beradi. Hozirgi vaqtda qonda
SD4 limfotsitlar soni 350 ta aniqlanganda davolashni boshlash tavsiya qilinadi.
Bu ko’rsatkishlarda davo boshlansa OIVga bog’langan uyg’unlik va boshqa jiddiy
kasalliklar( yurak, buyrak va jigar) rivojlanib ketish xavfini kamaytirishi
isbotlangan.
Davolanish jarayonida dorilarni tavsiya
qilingan me’yorda qabul qilmoq muhim. Bunda siz o’zingizni dorilarning
ta’sirini yo’qolish xavfidan saqlagan bo’lasiz, chunki infeksiyaning doriga
nisbatan chidamliligi oshib boradi.
Barcha dori vositalar qatorida,
OIV-infeksiyasiga qarshi dorilar ham, nojo’ya holatlar: ko’ngil aynishi, o’zini
yomon his qildirishi mumkin. Bu holatlar noxush ta’sir deb ataladi, ya’ni
noxush holatlar, teskari ta’sir, hamda, salbiy ko’rinish va oqibatlardir.
Ayrim hollarda RVQ dorilarning nojo’ya
ta’siri haqida eshitgandirsiz, balki sizni xavotirga ham solgandir.
Bu yerda aytib o’tish muhimki,
dori-darmonlarning nojo’ya ta’siri bo’lsa ham, OIVning rivojlanib ketishi
xavfliroq. Shuningdek, esda tutish kerak bo’lgan jihat–zamonaviy virusga qarshi preparatlar, 5-10 yil ilgari qo’llanilgan
dorilarga nisbatan nojo’ya ta’siri kam uchrayapti. Bugungi kunda dorilar assortimenti keng
bo’lganligi tufayli sizga dorini ichish tartibi noqulay bo’lsa siz
almashtirishingiz mumkin. Ushbu qo’llanmada siz dorilarning noxush ta’sir
holatlarini kamaytirish yo’llari haqida ma’lumot olasiz.
Noxush holatlar oldini olish choralari
OIV rivojlanishini to’xtatish uchun
kombinatsiyalangan virusga har tomondan zarba beradigan dorilar ichish muhim.
Bu kombinatsiyalar odam organizmida virus
tarqalib ketishida ulkan himoyani ta’minlaydi. Lekin noxush holatlar ham
keltirib chiqaradi. Nojo’ya ta’sir noananaviy tibbiyotda qo’llanadigan tabiiy
giyohlardan olingan dorilarda ham bo’lishi mumkin. Zamonaviy tibbiyotda
qo’llanadigan har bir retroviruslarga qarshi dori vositalari
yillar davomida ilmiy tekshiruvlardan, yuzlab, minglab OIV bilan og’rigan
bemorlarda o’tkazilgan. Bu tadqiqotlar OIV-infeksiyasiga qarshi dorilarning
xavfsizligi va samarasini oshirish uchun o’tkaziladi. Dori vositasining naf
keltirishi va yomon ta’siridan ancha
ustunligi isbotlansa bemorlarga qo’llash uchun tasdiqlanadi.
Ko’p hollarda, tajribalar
otkazilganda, dorilar qo’llashning
nojo’ya ta’siri( diareya, ko’ngil aynishi, bosh og’rig’i) vaqtincha, tez o’tib
ketadigan holatligi ta’riflangan.
Lekin, nojo’ya ta’siri yengil ko’rinishda
kuzatilsa ham, bemorning hayot sifatiga
ta’sir qilishi mumkin. Klinik tajribalar o’tkazilganda , ayrim hollarda og’ir
noxush holatlar: bulardan hayot uchun xavfli bo’lgan kuchli allergic reaksiya (
anafilaktik shok) bo’lishi kuzatilgan. Biroq,
bu kamdan-kam hollarda uchraydi.
Allergik reaksiyalar
Kuchli allergiya berishi mumkin bo’lgan 3
xil RTQ-preparatlar: abakavir (Ziagen, Kievska va Trivizir preparatlar
kombinatsiyasi), nevirapin (Viramun), hamda, etravirin (Intelens).
Abakavirga yuqorii sezuvchanlik
Ilmiy tekshiruvlar shuni ko’rsatadiki,
taxminan 8 % odamlarda abakavir bilan davoni boshlaganda, allergik reaksiya
paydo bo’ladi (bu abakavirga yuqori
sezuvchanlik deb ataladi).
Bu holat HLA-B*5701 geni bilan bog’liq. Abakavir bilan muolajani
boshlashdan ilgari, qonda bu gen mavjudligiga analiz topshirish zarur.
Agar test natijasi gen borligini aniqlab
bersa, sizga abakavirning boshqa
preparat kombinatsiyalari bilan ham
tavsiya etilmaydi. Agar test natijasi manfiy bo’lsa, siz abakavirni qabul
qilishingiz mumkin, ammo, quyidagi simptomlar: yuqori harorat, teri toshmasi,
bosh aylanishi, qayt qilish yoki me’da sohasida og’riq paydo bo’lsa; ushbu
holatlarda siz darhol shifokorga
murojaat etishingiz zarur, chunki, bu preparatga allergik reaksiya ehtimoli kam
bo’lsa ham, baribir mavjuddir.
Agar siz abakavir preparatini allergik
reaksiya tufayli to’xtatgan bo’lsangiz, qayta uni qo’llamang! Chunki, bu hayot uchun xavfli.
Nevirapinning jigarga ta’siri
Kam miqdordagi odamlarda nevirapin
davolanishning boshlarida jigarga jiddiy shikast yetkazishi mumkin. Bu reaksiya
ham maxsus gen bilan bog’liq. Allergik reaksiya paydo bo’lishi xavfini
kamaytirish uchun qon tarkibida SD4 limfotsitlar ko’rsatkichi erkaklarda 400 va
ayollarda 250dan past bo’lsa nevirapin preparati bilan davoni boshlash lozim.
Boshqa preparatlar kabi retrovirusga qarshi dorilar ham allergik reaksiya
berishi mumkin. Shuning uchun terida toshma, isitma, o’zini yomon his qilish
holatlari shu dorini qabul qilgandan
keyin paydo bo’lsa darhol shifokorga murojaat qilish lozim. Boshqa
preparatlar kabi retrovirusga qarshi dorilar ham allergik reaksiya berishi
mumkin. Shuning uchun terida toshma, isitma, o’zini yomon his qilish holatlari shu dorilarni qabul
qilgandan keyin paydo bo’lsa zudlik bilan shifokorga murojaat etmoq kerak.
Etraviringa yuqori sezuvchanlik
Kamdan-kam hollarda etravirin (Intelens) qabul qilganda, 3-6
haftadan keyin terida kuchli toshma paydo
bo’lishi kuzatilgan. Ayrim
hollarda terida ishakem, teri qurishi kabi jiddiy o’zgarishlar namoyon
bo’lgan. Bu kamdan-kam uchraydigan, biroq hayotga xavf tug’diradigan allergik
reaksiya. Bu preparatga yuqori sezuvchanlik boshqa simptomlar bilan: isitma, umumiy holsizlik, konyuktivit, yuz
sohasidagi shish, mushak va bo’g’inlarda og’riq, hamda, jigar kasalliklari: ko’z oqi sarg’ayishi,
peshobning rangi o’tkir sariqligi, bosh aylanishi, qayt qilish, qolaversa,
qovurg’a ostida og’riq bilan kechadi. Agar sizda shu belgilar paydo bo’lsa darhol
shifokorga murojaat qiling. Davoning 1 haftasida allergik reaksiya toshma bilan
kechishi mumkin. Har qanday toshma paydo bo’lishi bilan shifokoringiz bilan bu
holatlar haqida maslahatlashing.
Agar sizda etraviringa yuqori
sezuvchanlik topilsa, davolash to’xtatiladi va sizga bu preparat qayta tavsiya
etilmaydi.
Nojo’ya
ta’sirlar paydo bo’lish davri
Davo-muolajalarni boshlangandan so’ng
organizm yangi preparatga o’rganib, borgan sari noxush ta’sirlari namoyon
bo’ladi. Ushbu noxush simptomlar asta-sekin kamayib boradi , hamda, bir necha
kun, hafta, yoxud oydan keyin siz uni yengib olasiz, yoki aksincha ularning o’zi ham yo’qolishi
mumkin. Bu nojo’ya ta’sirlar
vaqtinchalik deyiladi.
Davo boshlangandan keyin salbiy ta’sirlar
bir necha oy yoki yildan so’ng paydo bo’ladi. Bular kech paydo bo’luvchi nojo’ya ta’sirlar deb
ataladi. Ayrim dorilarning noxush ta’siri bo’lishligi, klinik tekshiruvlar
davrida aniqlanmaydi. Ko’pchilik bemorlar dorini uzoq vaqt qabul qilgandan keyin aniqlanadi.
Agar sizda g’ayrioddiy klinik belgilar paydo bo’lsa, shifokorga murojaat
qiling. Shifokor sizni ko’rikdan o’tkazib, xulosa chiqarib, kerakli davoni
tayinlaydi.
Qaysi bemorlarda salbiy holatlar paydo
bo’ladi?
Ko’p yillik tajriba shuni ko’rsatadiki, nojo’ya ta’sirlar paydo bo’lganda ham tushkun kayfiyatga tushmasdan uni yengib o’tmoq zarurdir. Ba’zi bemorlarda nojo’ya ta’sirlar faqat davoning boshida kuzatilib, keyin asta-sekinlik bilan yo’qolib boradi. Faqat bir necha qism odamlarda retrovirusga qarshi preparatning istalmagan ta’siri doimiy ravishda namoyon bo’ladi. Bu holda bemorning hayot sifati o’zgaradi, ayrimlari esa jismoniy yoki ruhiy kasalliklardan aziyat chekadi. Dori-darmonlarning salbiy ta’siri bir necha omillarga bog’liq: birinchi navbatda individual faktorlardan biri – irsiy mansublik. Masalan: Shimoliy Yevropa mintaqasidan kelib chiqqan odamlarda qonda abakavir preparatiga allergiyani chaqiradigan gen aniqlangan. Salbiy holatlar yuzaga kelishi ayol yoki erkak jinsiga ham bog’liq. Yuqorida aytib o’tkanimizdek, nevirapin bilan davoni ayollarda SD4 limfotsitlar miqdori 250, erkaklarda esa400dan yuqoriligi aniqlanganda tavsiya etilmaydi. Birinchi avlod retroviruslarga qarshi dorilarni qabul qilganda yog’ to’qimalarning hajmi va sifatida (lipodistrofiya) o’zgarishlar yuz berishini inkor etib bo’lmaydi. Preparatning nojo’ya ta’siri paydo bo’lishi, bemorning hayot kechirish tarzi bilan bog’liq. Misol uchun, ba’zi antiretrovirus preparatlar qonda yog’lar miqdorini oshib ketishini chaqiradi. Bundan tashqari ayrim ma’lumotlarga qaraganda, ko’p tamaki chekuvchi bemorlarda RVQ-preparatlarini qabul qilganda, yurak-qon tomir kasalligining rivojlanib ketishi xavfini oshiradi. Spirtli ichimlik ichuvchilar hamda giyohvandlarda qabul qilinadigan preparatning ta’sir kuchini kamaytiradi. RVQ-preparatlar bilan davolanganda gepatit B yoki C yuqtirgan bemorlarda jigar kasalliklar xavfi oshadi. Dorilarning salbiy ta’siri paydo bo’lishi xavfini pasaytirish uchun siz choralar qo’llashingiz kerak! Ushbu choralar sizning umumiy ahvolingizga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Bunga ratsional ovqatlanish: servitaminli meva-sabzavotlar, kam miqdordagi yog’li taomlar istemol qilishingiz, hamda, chekish va alkogol ichimliklaridan voz kechish kiradi. Sizni bu borada qiziqtiradigan savollaringizga mahalliy shifokoringiz batafsil ma’lumotlar bera oladi. Oila a’zolaringizdan biror kishi yurak-qon tomir kasalliklari, gepatit B yoki C bilan og’riganlar bo’lsa shifokoringizga albatta bu haqida xabar qilishingiz kerak, chunki bu ma’lumotlar RVQ-preparatini sizga berguncha inobatga olinadi.
Комментариев нет:
Отправить комментарий