B gepatiti OIV infeksiyasi kechishini og’irlashtirishi yoki
uzaytirishi mumkinligi hozirgacha aniq emas. Biroq OIV-infeksiyasi o’z
navbatida OIV-musbat maqomi bilan yashovchi odamlarning kasalliklarga
chalinishi va hayotdan ko’z yumishida katta ulushga ega B va C gepatitlari
chaqiradigan jigarning zararlanish jarayonini
yanada chuqurlashtiradi. Ta’kidlash joizki, OIV-musbat odamlar orasida
jigarning zararlanishi bilan bog’liq kasalliklarga chalinish va o’lim holatlari
antiretrovirus terapiya paydo bo’lgandan so’ng ko’payganini boshqa sabablarga
ko’ra o’lim ehtimoli samarali antiretrovirus terapiya ta’sirda kamaygani bilan
qisman izohlash mumkin.
Yuqori faol antiretrovirus terapiya va B gepatiti.
Agar sizda B gepatiti bo’lsa yuqori faol antiretrovirus terapiya xavfsiz
va samarador.
OIV va B gepatiti koinfeksiyasi bor bemorlarga nisbatan
yuqori faol antiretrovirus terapiya qo’llanilganda dastlab, gepatitning
kuchayishi kuzatilishi mumkin. Buning sababi, yuqori faol antiretrovirus
terapiya ta’sirida immun tizimining tiklanishi va oqibatda gepatitning
faollashuvi, shuningdek, immun tizimining infeksiya, xususan, B gepatiti
virusiga qarshi reaksiyasining kuchyishidir. Immun tizimi rekosnstruksiyasi sindromi deb ataluvchi bu reaksiya B
gepatitining faol formasi bilan kasallanishga olib kelishi mumkin. Bu holat CD4
hujayralari ko’rsatkichi juda past odamlarda yuqori faol antiretrovirus
terapiya qo’llanganda ko’p uchraydi.
“Chaqnashlar” deb nomlanuvchi jarayonlarni to’xtatish uchun
ko’pgina shifokorlar surunkali B gepatiti bor OIV-musbatlarga gepatitni
davolashni yuqori faol antiretrovirus terapiya bilan birga boshlashni tavsiya
etishadi. Ayniqsa yuqori faol antiretrovirus terapiya sxemasiga lamivudin kirsa
va bemor bundan avval ushbu preparatni qabul qilmagan bo’lsa.
Agar sizda B gepatiti bo’lsa va siz yuqori faol
antiretrovirus terapiya olayotgan bo’lsangiz muolaja sxemangizga bir vaqtning
o’zida ham B gepatiti virusiga ham OIVga qarshi antiretrovirus preparatlar
(lamivudin (3TC) yoki empritsitabin (FTC), imkon darajasida tenofovir (TDF)
bilan birgalikda) ni qo’shish tavsiya etiladi.
Bordiyu siz yuqori faol antiretrovirus terapiya olmayotgan
bo’lsangiz, u holda antiretrovirus preparatlardan gepatitni davolashda
foydalanmagan ma’qul. Boisi sizning B gepatitiga qarshi terapiyangiz OIV ni
davolashga kuchi yetmay qolishi va oqibatda OIV da antiretrovirus preparatlarga
nisbatan chidamlilik rivojlanib ketishi mumkin. Bunday hollarda gepatitni
davolashda alfa-iinterferon va/yoki adefovirdan foydalanish kerak.
B gepatiti mavjud odamlar uchun ayrim antiretrovirus
preparatlar (ritonavir to’liq muolaja dozasida, indinavir, nevirapin,
didanozin) va opportunistik infeksiyalarni davolashda qo’llaniladigan
preparatlar qabul qilish oqibatida jigar funksiyalarining buzilishi bilan
bog’liq nojo’ya ta’sirlar yuzaga kelishi ehtimoli juda yuqori. Shuning uchun
sizni davolayotgan infeksionist shifokoringiz sizga yuqori faol antiretrovirus
terapiya sxemasini tanlayotganda sizda B gepatiti bor yoki yo’qligini e’tiborga
olishi juda zarur.
C gepatiti
C gepatiti virusi birinchi marta 1989 yilda aniqlangan
bo’lib, ungacha gepatitning ushbu tipdagi virusi “A ham emas, B ham emas” nomi
bilan ma’lum edi. Bu virus B gepatiti virusidan farq qilsada, ular chaqirgan
jigar xastaliklari simptomlari orasida ko’p hollarda o’xshashliklar bor.
C gepatiti virusi asosan, qon orqali yuqadi va shu boisdan
asosan inyeksion narkotiklar iste’mol qiladigan odamlar mazkur virusni yuqtirib
olishga moyil bo’ladi (shuningdek bunday odamlarga OIV ham oson yuqadi).
O’tkazilgan so’nggi tadiqqotlarga ko’ra, C gepatiti virusini
jinsiy yo’l bilan yuqtirib olish ehtimoli 0-3 % ni tashkil etadi. OIV va C
gepatiti virusi koinfeksiyasi bor odamlardan C gepatiti virusining jinsiy aloqa
orqali yuqish ehtimoli yuqori. Boisi bunday odamlarning biologik suyuqliklari
va jinsiy a’zolari shiralarida koinfeksiyasi yo’q odamlarga qaraganda viruslar
konsentratsiyasi yuqoriroq bo’ladi.
O’rganishlar natijalariga qaraganda, C gepatitining onadan
bolaga yuqish ehtimoli 10 % ga teng va shu bilan birga C gepatiti ko’krak suti
bilan oziqlatirganda bolaga yuqmaydi.
OIV singari C gepatiti yuqishining ham oldini olish mumkin.
Bunda bir nechta oddiy tavsiyalar yordam beradi:
§ inyeksiya uchun
hech qachon boshqalar ishlatgan ignalar yoki boshqa inyeksiya moslamalaridan
foydalanmaslik;
§ anal,
vaginal va oral jinsiy aloqa vaqtida doim himoya vositasidan foydalanish;
§ qon tegishi mumkin bo’lgan maishiy buyumlar
(ustara moslamalari, tish shyotkalari, manikyur qaychilari va boshqa asboblar)
dan umumiy ravishda zinhor foydalanmang.
OIV da bo’lgani kabi, tug’ish
vaqtida bolani jarroxlik yo’li bilan olish ham C gepatiti bilan og’rigan onadan
virusning bolaga yuqishi ehtimolini kamaytiradi.
Alomatlar
C gepatiti virusini yuqtirgan odamlarning 5 % idan
kamrog’ida o’tkir gepatit alomatlari paydo bo’ladi: sariqlik, diareya, ko’ngil
aynish va boshq. Ko’pgina odamlar esa hech qanday alomatlarni umuman sezmasligi
ham mumkin. C gepatitiga chalingan bemorlarning taxminan yarmi uzoq muddatli
istiqbolda xastalikka xos simptomlar – kuchli charchoq, vazn yo’qotish, alkogol
va yog’li ovqatlarga xohishning yo’qolishi, depressiya, bo’g’imlardagi
og’riqlar, o’ng qovurg’a ostidagi og’riqlarga duch kelishi ehtimoldan yiroq
emas. Biroq bu alomatlar doimiy bo’lmasligi ham
mumkin.
Xastalikning kechishi
C gepatitiga chalingan odamlarning ayrimlari xastalikdan
tabiiy yo’l bilan forig’ bo’ladi. Bemorlarning taxminan 85 % ida esa surunkali
C gepatiti rivojlanadi. Xastalikning rivojlanish modeli o’ziga xos. Ko’pincha
kasallik rivojlanayotganiga qaramay alomatlar klinik nuqtai nazardan
sezilmaydi. Boshqalarda esa xastalik (bemorlarning 3 dan 1 qismida) 15-25
yildan so’ng jigarning jiddiy patologiyasiga olib kelishi mumkin.
Kasallikning qanday o’tishi C gepatiti virusining genotipi
va organizmingizning unga nisbatan reaksiyasiga bog’liq. OIV yuqtirmagan, faqat
C gepatiti bilan og’rigan odamlarda C gepatiti virusi infeksiyasining jigar
sirroziga aylanish davri 30 yildan 40 yilgacha davom etishi mumkin. OIV bilan
koinfeksiyasi bor bemorlarda esa surunkali C gepatiti tezroq (3-4 barobar)
jigar sirroziga olib keladi.
C gepatiti qator omillarga bog’liq ravishda rivojlanadi.
Masalan, jins (erkaklarda gepatit jadalroq kechadi), semirish, alkogol iste’mol
qilish, yosh va OIV-infeksiyasining bor yoki yo’qligi. Boshqa tomondan bunday
bemorlarda OIV-infeksiyasi OITS ning III-IV klinik bosqichlarigacha tezroq
rivojlanishi ehtimoli yuqori. Bunga shuningdek, antiretrovirus va opportunistik
xastaliklarni davolashda qo’llaniladigan preparatlarga chidamlilikning
pasayishi ham sabab bo’ladi.
Tashxis va monitoring
C gepatiti virusiga antijismlar bor yoki yo’qligini
ko’rsatuvchi qon tahlili sizning bu virusni yuqtirgan-yuqtirmaganingizni,
shuningdek, o’tkir va surunkali infeksiyaning farqini aniqlash imkonini beradi.
Qonda C gepatiti virusining borligi bemor organizmida C gepatitining
rivojlanayotganidan dalolat beradi. Virusning qancha miqdorda ekanligi (C
gepatiti virusining virus bosimi) esa infeksiyaning faolligini baholashga imkon
yaratadi. Jigarning funksional tahlillari C gepatiti virusi ta’sirida a’zoning
qay darajada zararlanganligini aks ettiradi.
Ammo buni faqat jigar biopsiyasi orqaligina aniq baholash mumkin.
OIV-infeksiyasi C gepatiti tashxisini qiyinlashtirishi
mumkin, modomiki, OIV-musbat odamlarda antijimslarga o’tkazilgan tekshiruvlar
bu kasallikni aniqlamasligi ham mumkin.
C gepatiti virusining virus bosmini aniqlash bo’yicha testlar
OIV ning virus bosimi uchun testiniki bilan bir xil (C gepatiti virusi
zarralarining soni qon hajmi birligida). C gepatiti virusining virus bosimi
qancha past bo’lsa, virusli C gepatiti shuncha yengil kechadi va uni davolash
imkoniyatlari ortadi.
C gepatiti virusi
genomiga test o’tkazish juda muhimdir. C gepatiti virusining 11 ta turli
“genotiplari” mavjud. Garchi turli genotiplarga ega viruslar ko’rinishi va
jigarga ta’sir etishiga ko’ra o’xshash bo’lsada, ularning genetik tuzilmalari
bir biridan biroz farq qiladi. Engi birinchi navbatda bu, muolaja
muvaffaqiyatida o’z aksini topadi: 1a va 1b genotiplari – eng murakkab va
muolaja uchun noqulaydir. 2 va 3 genotiplari esa C gepatitida antiretrovirus
terapiyasiga osongina yengiladi. C gepatiti virusi genotipini yaxshi bilish
davolovchi shifokoringizga muolaja zarurati tug’ilganda uni qanday boshlash
ma’qulligini (usulni tanlash va muolaja muddati) baholash imkonini beradi.
Muolaja
Hozirgi kunda C gepatiti terapiyasini boshlashga qator
klinik omillar, jumladan, birinchi navbatda, jigarning zararlanish alomatlar
bor yoki yo’qligi, genotip va dorivor vositalarning yetarli yoki yo’qligi
(afsuski, bu omilni C gepatitini davolashda qo’llaniladigan preparatlar
bahosining yuqoriligi tufayli bunday dorivor vositalar taqchilligi sezilayotgan
mamlakatlarda hisobga olishga to’g’ri kelmoqda) asos vazifasini o’tamoqda.
Shuningdek, inyeksion narkotiklar iste’molchilarini davolashga qarshi noto’g’ri
tushunchalar ham yo’q emas.
Hozirda jahonda surunkali C gepatitini davolashdagi “oltin
standart” sifatida ribavirin va pegiliratsiya qilingan alfa-2a yoki alfa-2b
interferoni aralashmasi qabul qilingan.
Bu aralashma 24 haftadan 48 yoki 72 haftagacha tayinlanadi (C gepatiti
virusi genotipi, OIV bilan koinfeksiya bor yoki yo’qligi, jigardagi jarayon
faolligi va boshqalarga qarab). C gepatitida virusga qarshi terapiyadan
ko’zlanadigan asosiy maqsad organizmni C gepatiti virusidan “tozalashdir”.
Koinfeksiya holatida surunkali C gepatitini davolash muddati qoidaga ko’ra, 48 haftani
tashkil etadi. OIV-infeksiyasi bilan og’rimagan, faqat C gepatiti virusinigina
yuqtirgan odamlarda muolaja to’liq amalga oshirilgach 50 % hollarda terapiyadan
ijobiy natija kutish mumkin. Surunkali C gepatiti va OIV koinfeksiyasi bor
bemorlarda esa terapiya samarasi past va yaxshi natija C gepatiti virusi
genotipiga bog’liq bo’lib qoladi. Virus genotipi 1 bo’lgan odamlarda muolaja 29
% holatlarda samara beradi. C gepatiti virusining 2 va 3-genotiplari va OIV
koinfeksiyasida esa aralashmali virusga qarshi terapiya 60 % hollarda ijobiy
natija beradi.
Agar organizmni C gepatiti virusidan tozalashning imkoni
bo’lmasa, u holda terapiya jigar faoliyatini yaxshilash, C gepatiti chaqirgan
jigar yallig’lanishini kamaytirish va a’zoning bundan keyingi zararlanishini
profilaktika qilishga qaratilishi lozim.
Nojo’ya ta’sirlar
C gepatitida virusga qarshi terapiyaning yuzaga kelishi
mumkin bo’lgan nojo’ya ta’sirlari og’ir bo’lishi mumkin. Ammo muolaja davomida
ular sekin-asta kamayadi. No’joya ta’sirlar bezgak, bo’g’imlardagi og’riqlar,
depressiyalar, oqqon tanachalari (leykotsitlar) miqdorining kamayishi,
trombotsitlar, eritrotsitlar, vaznning yo’qotilishi va jizzakilik kabi
ko’rinishlarda namoyon bo’lishi mumkin.
Ribavirinni zidovudin (AZT) bilan birga qabul qilish tavsiya etilmaydi. Bu anemiya
xavfini oshiradi. Shuningdek, homiladorlikda va homiladorlik
rejalashtirilayotgan vaqtda bu ikki preparatni birga qabul qilimagan ma’qul.
Ribavirinni OIV-infeksiyasini davolashda qo’llaniladigan qator preparatlar, jumladan,
didanozin (ddl), stavudin (d4T) yoki tenofovir (TDF) bilan aralashtirmaslik
kerak. Bu jiddiy nojo’ya ta’sirlarga olib kelishi mumkin. Interferon
preparatlarini, boshqa tomondan, ifaverens (EFV) bilan aralashtirish tavsiya
etilmaydi. Sababi bu aralashma dipressiyalarning kuchayishiga sabab bo’lishi
ehtimoli yuqori.
Siz OIV va C
gepatitini bir vaqtda davolashning barcha o’ziga xosliklari va oqibatlarini
davolovchi shifokoringiz bilan maslahatlashib olishingiz lozim.
Yuqori faol antiretrovirus terapiya va C gepatiti
OIV va C gepatiti bor odamlarga yuqori faol antiretrovirus
terapiyani qo’llash xavfsiz va samaralidir. Biroq OIV koinfeksiyasi bor
bemorlarga nisbatan qator strategik yondashuvlar va davolash prinsiplari mavjud.
§ C gepatitiga qarshi
terapiyani amalga oshirishning eng maqbul strategiyasi bu, uni antiretrovirus
terapiya boshlanmasdan avval qo’llashdir. Ammo C gepatitining borligi yuqori
faol antiretrovirus terpiyani boshlashga to’siq
bo’lolmaydi;
§ OIV-infeksiyasining
klinik bosqichlarida (CD4 hujayralarining 200 kl.mkl.dan pasayganda) birinchi
navbatda OIV-infeksiyasiga qarshi antiretrovirus terapiyani amalga oshirish
tavsiya etiladi. Bunday holarda C gepatiti virusiga qarshi terapiyani immunitet
ko’rsatkichlari yaxshilanguniga qadar (1 mkl. qonda 200-50 dan oshiq CD4
hujayralari) qoldirib turish kerak;
§ C gepatiti
muolajasini 1 yildan kam bo’lmagan muddatda amalga oshirish lozim (har qanday
tipda bo’lsa ham);
§ Ribavirin dozasi C
gepatiti virusi genotipi, jarayonning faolligi va bemor vazniga qarab bir
kecha-kunduzda 800 dan 1200 mg.gacha bo’lishi mumkin;
§ C gepatiti bor
ayrim OIV-musbat odamlarda yuqori faol antiretrovirus terapiyada CD4
hujayralari darasining ko’tarilish jarayoni C gepatiti yo’q odamlardagiga qaraganda
ancha sekin kechadi;
§ Yuqori faol
antiretrovirus terapiya boshlanganidan so’ng jigaringiz holatini aniqlash uchun
izchil tekshiruvlar o’tkazish qat’iy tavsiya etiladi.
C
gepatiti virusini takroran yuqtirish va shundan so’ng yangi kasallikning
boshlanishi ehtimoli yo’q emas. Ayrim hollarda C gepatiti kechayotgan bir
vaqtda kasallik virusli gepatitning boshqa formalari bilan ham qo’shilib
ketadi. Bu bemor ahvolining og’rilashishi va oxir oqibatda o’lim bilan yakunlanishi
mumkin. Ko’pincha B va C gepatitlarining o’zaro qo’shilib ketishi kuzatiladi. C
gepatitining virusli gepatitning boshqa formalari bilan qo’shilishi surunkali
formaga aylanib ketishi mumkin bo’lgan kasallikni qo’zg’atadi. So’nggi yillarda
bunday miks-infeksiya ko’p uchramoqda.
A gepatiti
A gepatiti odatda 10-14 kun davom etadigan qisqa muddatli
yoki o’tkir xastalikni chaqiradi. Gepatitning bu tipida uzoq muddatli yoki
surunkali bosqich mavjud emas. Odatda kasallik qanaqadir maxsus muolajalarsiz 2-4
haftada o’tib ketadi. Xastalik o’tib ketgach organizmda A gepatitining qoldiq
jarayonlari qolmaydi, unga qarshi umrbod immunitet shakllanadi. Bu esa insonni
umrining oxirigacha A gepatitiga takroriy chalinishidan himoyalaydi. Ta’kidlab
o’tilganidek A gepatiti fekal-oral yo’l bilan – ovqat yoki suv, A gepatiti
virusi bilan zararlangan inson ekskrementlari, shuningdek, notoza qo’llar
orqali yuqadi.
A gepatiti yuqqan OIV-musbat odamlarda esa kasallik
anchagacha cho’ziladi va muayyan vaqtga antiretrovirus preparatlar hamda boshqa
dorivor vositalar qabul qilishni to’xtatib turishni taqozo qiladi. Sababi
ko’pgina preparatlar jigarda “qayta ishlanadi” va ushbu a’zoning yallig’lanishi
jigar funksiyalarining buzilishi, shuningdek/yoki, muolaja nojo’ya ta’sirlarining
kuchayishiga olib keladi.
Biroq qisqa muddatga
bo’lsada preparatlar qabul qilishni to’xtatish faqat shifokoringiz
tomonidangina belgilanishi kerak.
Bilasizmi, virusli gepatitdan shifoxonadan chiqqaningizdan so’ng oradan kamida 6 oy o’tgachgina to’liq sog’ayib ketasiz. Shuning uchun kechroq kuzatilishi mumkin bo’lgan asoratlar va kasallikning surunkali formaga o’tib ketishi ehtimolidan ogoh bo’lib turish maqsadida yuqumlik kasalliklar kobinetida amalga oshiriladigan dispenser ko’rigini qoldirmaslik va kamida 6 oygacha (shifokor tayinlaydigan muddat) o’zni ehtiyot qilish tartibiga amal qilish zarur. Bu tartibning asosiy talablari quyidagilar:
a)
umumiy dastur bo’yicha badantarbiya bilan
shug’ullanish, sport to’garaklariga qatnashish, musobaqalar va sayohatlarda
qatnashish man etiladi (yaxshisi,
davolovchi badantarbiya bilan shug’ullangan ma’qul);
b)
haddan ziyod sovuq qotish va isib ketishdan saqlangan
ma’qul, Quyosh nurlarida toblanish ta’qiqlanadi, janubiy hududlardagi dam olish
maskanlariga borish tavsiya etilmaydi;
c)
6 oy muddatga profilaktik emlashlar man etiladi;
d)
ovqatlar kaloriyali, shuningdek, oqsillar, yog’lar,
uglevodlar va vitaminlarga boy bo’lishi kerak. Ovqatlarni issiq holda bir kunda
4-6 marta, kam-kamdan iste’mol qilish tavsiya etiladi.
Quyidagilar ruxsat
etiladi:
1.
Qatiq maxsulotlari, tvorog.
2.
Qaynatilgan va bug’da pishirilgan yog’siz go’sht (mol,
tovuq, quyon go’shtlari).
3.
Qaynatilgan yog’siz baliq.
4.
Kartoshka, sabzi, lavlagi, qaynatilgan yoki yangi va
nordon bo’lmagan tuzlangan karam, yangi uzilgan bodiringlar, pomidorlar, yashil
no’xot (kam miqdorda) kabi
sabzavotlardan tayyorlangan qayla va ovqatlar.
5.
Nordon bo’lmagan ho’l meva, yer meva, murabbo, asal.
6.
Yormali, sabzavotli, sutli sho’rvalar.
7.
Turli bo’tqalar va makaron mahsulotlari.
8.
Kompotlar, kisellar, meva sharbatlari.
9.
Bir kun avval yopilgan bug’doy noni.
10.
Faqat un, suv
va tuz qo’shib (shakar, sut, yog’, tuxum va boshqa qo’shimchalar qo’shilmagan) qorilgan
xamirdan tayyorlangan shirinliklar.
Cheklanishlar
1.
Mol, tovuq, baliq go’shtidan tayyorlangan yog’siz
sho’rvalarni bir haftada 1-2 martadan ko’p iste’mol qilmaslik kerak.
2.
Bir kunda ko’pi bilan 30-40 gr. qaymoq. Qolgan yog’lar
o’simlik moylari ko’rinishida kiradi (kungaboqar, makkajo’xori, zaytun).
3.
Bir haftada ko’pi bilan 1-2 dona tuxum.
4.
Kam miqdorda pishloq (o’tkir bo’lmagan navdagisi).
Kam miqdorda pishloq (o’tkir bo’lmagan navdagisi).
5.
Bir haftada ko’pi bilan 2-3 marta mol sosiskasi,
doktorskiy va parxez sosiskalari.
TA’QIQLANADI
1.
Qovurilgan va dudlangan barcha makaron mahsulotlari,
konservalar, tuzlamalar.
2.
Cho’chqa, qo’y, g’oz va o’rdak go’shtlari.
3.
O’tkir ziravorlar – gorchitsa, yerqalampir (xren),
qalampir, sirka (uksus).
4.
Turp, piyoz, sarmsoqpiyoz, qo’ziqorinlar, yong’oqlar,
shavil.
5.
Konditer mahsulotlari: tortlar, pirojniylar, shokolad.
6.
Kakao, tabiiy qahva, muzqaymoq.
7.
Loviya, dukkaklilar.
8.
Alkogol.
Комментариев нет:
Отправить комментарий