Suyak
sistemasi muammolari
Kam sonli odamlarda RVQ-preparat tenofovir ( Viread, Truvada va Atripla tabletkalar kombinatsiyasi) hamda
ptoteaza ingibitorlarini ichgan odamlarda suyak sistemasi bilan bog’liq
muammolar kuzatilgan. Deyarli hamma hollarda bunday muammolar paydo bo’lishiga
boshqa xavfli omillar bo’lgan. Shifokoringiz suyaklar tizimi holatini bilish
uchun qon tekshiruvi o’tkazadi. Bu testlar
qo’shimcha xavfli omillar bor bo’lsa juda katta ahamiyatga ega: bular
irsiy kasalliklar, ovqatlanish va jismoniy faollikning yo’qligida, hamda, chekishda.
Laktatsidoz
Bugungi kunda stavudin va didanozin preparatlari imkon darajasida
ishlatilmaydi, chunki bularning asorati laktatidozni keltirib chiqaradi.
Laktatidoz hamda lamivudin, abakavir va
emtritsitabinning kam uchraydigan nojo’ya ta’siri bo’lishi mumkin.
“Laktatsidoz” termini qonda laktat nomli moddaning miqdori oshib ketishini
bildiradi. Laktat – organizmda qandning qayta o’zlashtirilgan mahsuloti.
Laktatsidozning birinchi paydo bo’luvchi belgilari va simptomlari umumiy
oshqozon-ichak a’zolari bilan bog’liq: bu ko’ngil aynishi, qusish, qorin dam
bo’lishi, qorin sohasidagi va umumiy holsizlik va nafas qiyinlashuvi. Albatta
bu belgilar har xil ko’rinishda bo’lishi mumkin, lekin sizda shulardan
birortasi paydo bo’lsa shifokoringiz bilan maslahatlashing. Laktatsidoz holati
kechadigan odamlarda jigar o’lchami katta bo’lib, og’riqli bo’ladi. Funksional
sinov orqali jigar fermentlari miqdori keskin oshib ketadi. Boshqa labaratoriya
usullari bilan aniqlanadigan ko’rsatkichlar: bikarbonat miqdori kamayishi,
laktat miqdori oshishi va buyrak faoliyati buzulishi OIV-infeksiyasida oddiy
kuzatuvlar olib borilganda qon analizlari sizda kam uchraydigan nojo’ya
ta’sirlar rivojlanishi xavfi bor-yo’qligini aniqlab beradi. OIV-infeksiyasini
davolashda muolaja sxemasini o’zgartirish, laktatsidoz holatini yaxshilanishida samarali yo’ldir.
Pankreatit
Pankreatit – oshqozon osti bezi yallig’lanishi. Bu TTNI sinfidagi RVQ-preparatlardan kamdan-kam
uchraydigan salbiy ta’sirlardan biri. TTNI
sinfi vakili didanozin qabul qilgandan so’ng pankreatit rivojlanishi
tufayli hozirgi paytda imkon boricha ishlatilmaydi. Qo’shimcha xavf omillari
bor odamlarda (masalan alkogol iste’mol qiluvchi va SD4 xujayralarning miqdori
kam bo’lganda) didanozin qabul qilganda pankreatit kasalligi rivojlanish xavfi
oshadi. Bundan tashqari, OIV-infeksiyasiga qarshi davolash sxemasi bilan
didanozin va bir vaqtda gepatit C bo’yicha davo muolajalar olayotgan bo’lsa,
pankreatit xavfi yuqori bo’ladi.
Pankreatit belgilari: ko’ngil aynishi, qusish, to’sh suyagi bilan
qovurg’alar birikishi sohasidagi og’riq. Me’da sohasi sezgir va palpatsiya
qilganda og’riqli bo’ladi. Mabodo oshqozon osti faoliyati sust bo’lsa, ovqat
yaxshi hazm bo’lmaydi va bu o’z navbatida vazn yo’qotish, hamda, ich ketishiga
eltadi. Yog’lar hazmi buzilishi tufayli, najasning rangi oqarib, o’tkir hidli
bo’ladi. Shifokoringiz muntazam ravishda sizda pankreatitga xavf tug’ilgan bo’lsa qon tekshiruvlarini olib
boradi.
Xulosa
·
OIV-infeksiyasini
davolash samarali, bu uzoq va sog’lom hayotga imkon yaratadi. Lekin retrovirusga
qarshi (RVQ) dori vositalarini qabul qilganda nojo’ya ta’sirlar sodir bo’lishi
mumkin.
·
OIV-infeksiyasini
davolash jarayonida siz o’zingizni yaxshi his etasiz. Noxush ta’sirlar namoyon
bo’lganda, qo’l qovushtirib turmang.
·
Sizda
dorilarning nojo’ya ta’sirlari bo’lmasligi mumkin, bo’lgan taqdirda ham,
ulardan xalos bo’lish ususllari bor.
·
Ayrim
RVQ dorilar allergik reaksiyani chaqiradi. Sizga bu holda nimalarga ahamiyat
berishligingiz va qanday yo’l tutmoqlik to’g’risida ma’lumot beriladi.
·
Eng
avvalo siz davo muolajalarini boshlaganingizdan so’ng, nojo’ya ta’sirlar paydo
bo’lishiga e’tibor berasiz. Vaqt o’tgan sari bular kamayib, yo’qolib ketadi.
·
Har
bir dorining salbiy ta’siri paydo bo’lganda, shifokoringiz bilan muhokama
qiling.
·
Keng
qo’llaniladigan RVQ-preparatning noxush ta’siri odatda sezilarli emas.
·
Ko’p
tarqalgan salbiy ta’sirlar: diareya, ko’ngil aynishi, qusish, bosh og’rig’i,
toshma va toliqishdir. Odatda bularni kamaytirish uchun dori vositalar
tanlanadi.
·
Ayrim
dorilarning nojo’ya ta’siri bir necha oy yoki yildan keyin paydo bo’lishi
mumkin. Sizga shu belgilarga moyillik borligini aniqlash uchun tekshiruvlar
o’tkaziladi. Shifokoringizga har qanday notanish belgilar haqida so’zlab bering.
Комментариев нет:
Отправить комментарий