Bolalar va OIV

Bildirish

         Bola yoki o’smirga aynan nimani aytish kerakli uning yoshi va ayrim masalalar (masalan, organizmning ayrim funksiyalari va xastalik tabiati) ni tushunishiga qarab belgilanadi. Bun iota-ona qilgani ma’qulroq. Agar bolada OIV-infeksiyasi bo’lsa, buni unga 7-11 yoshida bildirish maqsadga muvofiq.
        Agar bola Odamning immuntanqisligi virusi haqida ommaviy axborot vositalari yoki maktab orqali ma’lumot olsa unda qator savollar paydo bo’lib izoh so’rashi mumkin. Shuning uchun ota-ona bolani avvalroq xabardor qilishi kerak. Bu farzandga oila a’zolaridan biri OIV-infeksiyasiga chalinganini aytishga zamin yaratadi.

Bolalarga nimani aytish kerak?
         Agar ota-onada o’zining OIV-infeksiyasi bilan og’riganini qay tarzda aytish va qanday so’zlardan foydalanish kerakligi xususida maslahatlasha oladigan kishisi bo’lsa nur ustiga a’lo nur. Buning uchun bolalar bilan turli rolli o’yinlar o’ynash, o’yin davomida bolalar turli savollarga yozma yoki og’zaki javoblar berishi, yoki bo’lmasa ularga OIV/OITS haqidagi kitobni o’qib berishi mumkin.
        Ota-ona farzandi qanday ma’lumotni yaxshi qabul qilishini to’g’ri baholashi lozim. Kichik yoshdagi bolalar OIV haqidagi oddiy tushunchalarni anglab yetishi mumkin. Masalan, “Hamma odamlarning qonida oq ko’ngil hujayralar bor. Ular odamlarga kasal bo’lmasliklari uchun yordam beradi. Mening qonimda esa o’sha hujayralar kasal bo’lib qoldi. Shuning uchun men ham tez-tez kasal bo’lib, charchab qolyapman”.
        Tushuntirish ishlarini odatiy, sodda holatlarda olib borish lozim, masalan, xastalik vaqtida shifokorga borganda. Shifokor bolada ОРЗ virusi borligini aytishi mumkin. Ota-ona esa ular ham virus bilan og’rishgani, ammo ular bolalarda tumovga sabab bo’luvchi emas, balki, kattaroq virusga chalinganliklari, shu boisdan ota/ona o’zini yomon his qilib “sen bilan o’ynay olmaydi” yoki “shuning uchun onang yoki otang shifokorlar ularni tuzatishlari uchun shifoxonaga yotishi kerak” kabi tushuntirish mumkin.
         Ota-ona shuningdek, farzandi bilan bu ma’lumot sir bo’lib qolishi kerakligi haqida ham gaplashib olishi joiz. Bolalarga bu sirni har qanday holatda ham hech kimga aytmaslik kerakligini yaxshilab tushuntirish lozim. Ular buni nima sababdan sir saqlashlari kerakligini ularning yoshiga mos biror izoh topib aytish kerak. Masalan, Boshqalar OIV haqida yomon o’ylashlari, shuning uchun ko’ngilsizliklar ro’y berishi mumkin deb tushuntirish mumkin.

Bolalarning oilada OIV-infeksiyasiga chalingan odam borligi haqidagi ma’lumotga munosabati.
         Bolalar oilada kimdir OIV-infeksiyasi bilan og’riganini bilgach bunga turlicha munosabatda bo’ladi. Kattalar uchun bolalarning keskin reaksiyasi og’ir botishi mumkinligini hisobga olgan holda ota-onalar bolalar va yoshlar bilan uzoq vaqtdan buyon ishlab kelayotgan mutaxassislar bilan maslaxatlashishib, ulardan yordam olganlari ma’qul.
        Bolalar, qolaversa, kattalarda ham reaksiya muayyan vaqt o’tgach namoyon bo’lishi mumkin. Ular qadrli insonlarini yo’qotib qo’yishlaridan qayg’uga tushishlari mumkin, garchi u hali tirik bo’lsada. Ular oiladagi normal hayotlari tugaydi deb o’ylashlari ham ehtimoldan yiroq emas. Ularning butun o’y-hayoli o’layotgan yaqin kishisi bilan band bo’lishi, ruhiy barqarorlikni yo’qotishi, OIV-infeksiyasiga chalingan qarindoshi bilan avvalgiday munosabatda bo’la olmasligi mumkin.
        
Ayrim bolalar oila a’zolaridan kimdir OIV-infeksiyasi bilan og’riganini gumon qilib yursa va buni uning o’zidan eshitsa bola yengil tortishi mumkin. Zero endi u gumonlar bilan o’zini qiynab yurishi, o’zini hech nima bilmaydigandek tutishiga xojat qolmaydi.
         Ba’zan bola bu ma’lumotga hech qanday munosabat bildirmagandek ko’rinishi ham mumkin. Bunday holatda u yolg’iz qolib barchasi haqida o’ylab olishi uchun vaqt berish kerak.
        Agar ota-ona yoki boshqa kattalar bolani ruhan qo’llab-quvvatlab tursa, u o’zini qiynayotgan his-tuyg’ular bilan o’rtoqlashib, savollar berishi, o’z hissiyotlarini namoyon etishi mumkin.

OIV-infeksiyasiga chalingan bolalarni parvarishlash
         OIV-infeksiyasi bilan og’rigan bolasi bor oilalarda yuzaga keladigan asosiy muammo bu, ota-ona bunday bolalar haqida, ularning ehtiyojlari xususida kerakli ma’lumotlarni bilmasligidir. Ko’p hollarda OIV-musbatlar muammolari bilan shug’ullanuvchi markazlar ham OIV-musbat bolalar bor oilalarga yordam ko’rsata olmaydi.

Parvarish bo’yicha tavsiyalardan
        
OIV-infeksiyasiga chalingan bolalar asosan mikroorganizmlar: bakteriyalar, viruslar, bir hujayralilar va zamburug’lar qarshisida ojizdir. Ushbu kasallik qo’zg’atuvchilarning ko’pchiligi sog’lom odam uchun xavfli emas. OIV-infeksiyasi bilan og’rigan bolalarning organizmlari uchun esa bu mikroorganizmlar juda katta xavf tug’diradi, binobarin, uning immun tizimi xatto shartli patogen mikroorganizmlardan ham to’liq himoyalash xususiyatiga ega emas.
         OIV-musbat bola parvarishi uchun nafaqat o’tkir, balki, surunkali yuqumli kasalliklar, yiringli jarohatlar, ekzema, lablar yoki burunning shilliq qavatida gerpetik infeksiyalar (“bezgaklar”), temiratki, zamburug’li kasalliklar (masalan, “og’iz (til) oqarishlari”), o’pka xastaliklari bilan og’rimagan odamni jalb etish kerak.
        Agar siz OIV-infeksiyasiga chalinganligi gumon qilinayotgan yoki bu taxshxis tasdiqlangan bir necha nafar bolani parvarishlayotgan bo’lsangiz ham, siz ularni hech qanday xavotirlarsiz yo’rgaklashingiz,  kiyimini almashtirishingiz, ovqatlantirishingiz, cho’miltirishingiz, massaj qilishingiz, quchoqlab erkalashingiz mumkin. Bunday aloqa sizga ham qolgan bolalarga ham hech qanday xavf tug’dirmaydi.
        OIV-infeksiyasining dastlabki klinik alomatlarida bolangizning og’iz bo’shlig’ida yarachalar paydo bo’la boshlaydi. Shunday ekan, har bir tibbiy ko’rik vaqtida shifokor yoki hamshira bolaning og’iz bo’shlig’ini sinchiklab tekshirishini nazorat qiling.
        OIV-musbat bolani parvarishlayotgan katta yoshdagi har bir kishining eng asosiy majburiyati – bolaning ahvoli yomonlashayotgani haqida o’z vaqtida shifokorni ogoh qilishdir.
        Bolani sinchiklab kuzating va agar quyidagi alomatlarni sezsangiz darhol shifokorga murojaat qiling:
§  tana haroratining ko’tarilishi;
§  yo’tal;
§  nafas olishning tezlashishi yoki qiyinlashishi;
§  ishtahaning yo’qolishi, tana og’irligining yetarli darajada oshmasligi;
§  og’iz bo’shlig’ining oqarishi va og’izda yarachalarning paydo bo’lishi;
§  tanaga muntazam toshmalar toshishi;
§  ajralmalarning qon bilan kelishi;
§  ich qotishi;
§  qayt qilish (qusish)

Bolaning suvchechak, qizamiq, sil va/yoki boshqa yuqumli kasalliklar bilan og’rigan odam bilan aloqa qilgani haqida shifokorni o’z vaqtida ogoh qiling.
Immun tizimi zaiflashgan bolaning sog’ligini saqlash uchun bir nechta qoidaga qat’iy rioya qiling:
§  xonaning tozaligini nazorat qiling;
§  bolaning xulqi va o’zini qanday his qilayotganligidan muntazam boxabar bo’lib turing;
§  boladagi har qanday o’zgarish, sog’ligining yomonlashganidan shifokorni o’z vaqtida ogoh qiling;
§  bola shifokor tomonidan tayinlangan har bir emlashni qabul qilishini nazoratdan chetda qoldirmang.

Yozda bolalarni qishloqqa, dala hovliga olib chiqish foydali (iqlim zonasidan chetga chiqmagan ma’qul). OIV-infeksiyasi bilan og’rigan bolalarning sog’ligida yilning issiq vaqtida hech qanday muammolar kuzatilmasa, u suvi oqib turuvchi havza, dengiz yoki hovuzda cho’milishi mumkin.
        Bolalarni mushtlashuvlardan yoki jarohat olishlari mumkin bo’lgan, holatlar, shovqinli o’yinlardan saqlang.
        Bolalar uchun odatiy emlash vositalaridan ehtiyot bo’ling. OIV-infeksiyasiga chalingan bolalar uchun asosan, tarkibida real yoki kuchsizlantirilgan mikroorganizmlar va viruslar bo’lmagan, antigenli vaksinalar tayinlanadi va emlash zamonaviy biotexnologik usullar asosida amalga oshiriladi. Bu borada davolovchi shifokor bilan albatta maslahatlashing!
        Shamollash bilan bog’liq xastaliklar avj olgan davrda profilaktik choralar ko’rish lozim. Hozirgi kunda shifokorlar e’tibor va yaxshi parvarish OIV-infeksiyasi bilan og’rigan bolalarning odatiy hayot tarzini uzaytirishi mumkin bo’lgan asosiy vositalar ekanligiga shubha qilishmayapti.

Ovqatlanish
         Bolaga tarkibida oqsillar, uglevodlar va boshqa oziq moddalar ko’p bo’lgan yeguliklar juda ham zarur, masalan, sabzavot va mevalar.
        Bolani ko’krak suti bilan oziqlantirishda onadan bolaga OIV yuqish ehtimoli juda yuqoriligi tufayli bolaga ko’krak suti o’rniga berish mumkin bo’lgan vositalar mavjud:
§  moslashtirilgan sutli qorishmalar;
§  uy sharoitida tayyorlangan sut qorishmasi (qayta ishlangan hayvon sutini quritilgan sut va quyultirilgan sut bilan aralashtirish);
§  qayta ishlanmagan sigir suti;
§  o’rnatilgan me’yorlarga rioya qilgan holda faoliyat olib boradigan sut maxsulotlari sotiladigan oshxonalar suti;
§  sog’lom ayolning donorlik suti.

Kattaroq yoshdagi bolalarning hayotida ovqatlanish sifati muhim o’rin tutadi. OIV-infeksiyasining har qanday bosqichida yaxshi me’yorga keltirilgan ovqatlanish infeksiyaga chalingan (bemor) ning immun tizimini mustahkamlab unga xastaliklar bilan kurashish uchun qo’shimcha kuch beradi.
Bolaga konservalangan (jumladan, go’shtdan tayyorlangan) ovqatlarni bermang. Yangi tayyorlangan (barra) taomlar bilan ovqatlantiring.
OIV-infeksiyasi bilan og’rigan bolalarda vitaminlar taqchilligi kuzatiladi. Bunday bolalarning A vitaminini qabul qilishi Odamning immunitet tanqisligi virusi bilan bog’liq o’lim holatlarini kamaytirishi isbotlangan. Yetrali ovqatlanmaslik holatlarida ham A vitamini alohida samara ko’rsatadi. Biroq shuni unutmangki, A vitamining dozadan oshirib yuborish bolaning jigari uchun zaharli ta’sir ko’rsatadi va uning hayotiga katta xavf tug’diradi.

Bola uchun kerakli dozani faqat shifokorgina tayinlashi mumkin.

GIGIYENA QOIDALARI
 Quyidagi standart qoidalar gigiyenani saqlash uchun qo'llaniladi.

Qo'l yuvilishi
 Оrganizmda infeksiyaning tarqalishini kamaytirishning eng osson  yo'llaridan biri bu qo'llaringizni suv va sovun bilan yuvishdir va qolganlarni huddi shunga o'rgatishingiz lozim. 

Qo'llaringizni har doim yuvib arting: 
Ovqatni qo'lingizga olishdan oldin, xojatxonadan foydalangandan so'ng, xojatxonaga borgandan so'ng,  (agar iloji bo'lsa) birinchi yordam ko'rsatishdan oldin va keyin ham gigiyena qoidalariga rioya qilish lozim.

Kesilgan joy, tirnalgan joy yoki tishlangan joy:
Agar sizda teri qatlamini buzayotgan  kesilgan, tirnalgan yoki tishlangan joy bo'lsa,
- Yarani iliq suv va sovun bilan yuving
- Quriting
- Suv o'tkazmaydigan malhamli mato yopishtirib qo'ying






Комментариев нет:

Отправить комментарий