Tushkunlikka tushmaslik uchun nima qilish kerak?

Odamning immunitet tanqisligi virusini yuqtirgan odamning hayotida tushkunlik darajasini qanday kamaytirish mumkin?

Muntazam ruhiy siqilish imumminitet funksiyalarining ishdan chiqishiga va Orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi (SPID) ning rivojlanishiga olib keladi. OIV-musbat odamlarda tushkunlik va ruhiy siqilishlar kuzatilishi tabiiy hol. Ammo bu salbiy omillar bilan kurashishning iloji yo‘q degani emas. Hozirgi kunda ko‘pgina yirik shaharlarda OIV-infeksiyasi bilan og‘rigan odamlarga ularning xastaliklari bilan bog‘liq tushkunliklar bilan kurashishda ko‘mak beruvchi dolzarb aloqalar, salomatlik va madad xizmatlari tashkil etilgan. Bunday dasturlar va xizmatlar surunkali siqilishlar bilan kurashib kelayotgan OIV-musbat odamlar uchun juda ham foydalidir.

Stress (tushkunlik, ruhiy siqlish) ning ijtimoiy va ruhiy omillari

Ruhiy aspektlar
1.   Fatalizm. OIV-infeksiyasini yuqtirgan odamlarda o‘lim haqida o‘ylay boshlash OITSning rivojlanish sur’atlarini tezlashtiradi. Fatalist bemorlarga uzoq yillardan buyon OIV bilan yashab kelayotgan, o‘z qo‘rquvi va havotirlarini jilovlay oladigan, o‘z kuchini vaqtinchalik bo‘lsada yutuqlarga erishishga sarflaydigan odamlar bilan suhbatlashishni tavsiya etish kerak.
2.   Surunkali sabrsizlik.
 OIV-infeksiyasi bilan og‘rigan odamlarning shoshqaloqligi СD4 hujayralarining yo‘qotilishiga sabab bo‘ladi. Bu toifadagi bemorlarga chuqur taskin beradigan seanslarga qatnashishni tavsiya etgan ma’qul. Buning uchun meditatsiya bo‘yicha maxsus dasturlarni qo‘llash shart emas, shunchaki iliq vanna qabul qilish yoki 5-10 daqiqa mizg‘ib olish yoki bo‘lmasa osuda va qorong‘uroq xonada bir necha daqiqa o‘tirish kifoya.

3.   Uzoq vaqtdan buyon mavjud stress.
 Bir necha oylardan buyon davom etib kelayotgan stresslar (odatda OIV-infeksiyasi bilan og‘rigan odamlarda) oxir-oqibatda immun tizimiga o‘ta salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Surunkali stresslardan aziyat chekuvchi bemorlarni ularning hayotidagi ma’lum ruhiy siqilishlar va tushkunlik omillari bilan kurashish rejasini ishlab chiqishga ko‘ndirish lozim. Xatto eng odiiy bir rejani tuzish ham stressing kamayishiga zamin yaratadi. Sababi bunda bemor stress omillarini bartaraf etish mumkinligiga ishona boshlaydi.

4.   Depressiya (tushkunlik).
Depressiyaning eng keng tarqalgan omillari – zaiflik, uyquning buzilishi, diqqatni jamlay olmaslik ham OIV-infeksiyasiga chalingan odam uchun xosdir. Ko‘p hollarda bu alomatlar rivojlanib borayotgan infeksiya simptomlari deb qabul qilinadi. Ammo bu xato fikr. Aslida bular depressiya simptomlari hisoblanadi. Klinik depressiya holatlari kuzatilganda bemorlarga nisbatan qoidaga ko‘ra, medikamintoz terapiya qo‘llaniladi. Yangi, yaxshi ta’sriga ega va xavfsiz antidepressantlarning paydo bo‘lishi esa preparatlar tanlashda yangi imkoniyatlarni ochib berdi. Biz agar sizda depressiyaning dastlabki alomatlari paydo bo‘lsa, vaqtni o‘tkazmasdan, klinik depressiya boshlanmasdan avval uning odini olishga qaratilgan choralar ko‘rish, masalan, sport bilan shug‘ullanish, basseynga qatnash, musiqa eshitish, raqs o‘rganish, tabiat qo‘yniga chiqish, do‘stlar bilan uchrashish, fitness-klublarga qatnash, sauna, dindor insonlar uchun masjidga borishni tavsiya qilamiz. Qiyin ahvolga tushib qolgan odamlarga har tomonlama ko‘mak berishga harakat qiling. Bu bilan siz birinchidan, depressiya holatidan chiqib ketishingiz mumkin, ikkinchidan, odatda muayyan qarshi ta’sirlarga ega kimyoviy preparatlarni qabul qilishingiz shart emas.
5.   Maqsad va vazifalarning yo‘qolishi.
Uzoq vaqtlardan buyon OIV-infeksiyasi bilan yashayotgan odamlar orasida o‘tkazilgan tadqiqotlarga shuni ko‘rsatdiki, ularning ko‘pchiligi mazmunli va biror maqsadga qaratilgan faoliyat bilan shug‘ullanar ekan. Biror maqsadi yo‘q bemorlarga ular OIV-infeksiyasini yuqtirmasdan avval intilgan maqsadlariga qaytib yana intilishda davom etishni tavsiya qilish kerak. Binobarin, OIV-musbat odamlar OIV-manfiylar singari kelajak rejalari bilan yashashga to‘la haqli.
6.   O‘ziga bo‘lgan ishonchning yetarli emasligi.
O‘z kuchiga ishonish uzoq vaqtdan buyon OIV bilan yashayotgan odamlarga xos xislatlardan biridir. O‘z sog‘ligi haqida qayg‘urishda faolroq bo‘lishni o‘rganish, madad va stress bilan kurashish yo‘llarini izlash zarur. Shuningdek, o‘zaro ko‘mak guruhi ishiga qo‘shilishni tavsiya etamiz. U yerda siz do‘stona yordam va ruhshunos ko‘magiga ega bo‘lishingiz mumkin. Bunday guruhlarda OIV-musbat odamlarda o‘ziga bo‘lgan ishonch darjasini oshirishga qaratilgan treninglar tez-tez o‘tkazib turiladi. Bunday guruhlarda har bir ishtirokchi uni hurmat qilishlari va tushunishlarini his etadi. Uning dardlarini eshitadiganlar bor va u ham kimgadir hamdard bo‘la oladi. 
7.   Ishonchli ko‘makning yetishmasligi.
Turmush o‘rtoq, sevgan inson, ishonchli do‘stning bo‘lishi OIV-infeksiyasiga chalingan insonning hayotida muhim o‘rin tutadi. Bunday insonlarning ko‘magi bemorga dadillik bag‘ishlaydi, uning ruhiyati va immun tizimiga stresslarning salbiy ta’sirlarini kamaytiradi. Yonida qo‘llab-quvvatlovchi insonlarning yo‘qligi esa bemor ahvolining tez sur’atlar bilan yomonlashishiga turtki beradi. “Yolg‘iz inson tez o‘ladi” degan qadimgi naql aynan shunday toifadagi OIV-musbatlarga yaqinroq.

Xulq-atvor aspektlari
1.   Noto‘g‘ri nafas olish.
Kuchli yoki surunkali stresslar ta’sirida bo‘lgan ko‘plab odamlar o‘zlari anglamagan holda nafaslarini tutib qolishadi yoki yuzaki nafas oladilar. Dastlab bu zaiflik va loqaydlikka olib keladi.
Vaqt o‘tgani sayin esa noto‘g‘ri nafas olish og‘ir oqibatlarni keltirib chiqarishi ham mumkin. Nafas olishda nuqsoni bor bemorlarni har tong va uxlashga yotishdan avval chuqur nafas olib chiqarish bo‘yicha oddiy badantarbiya mashg‘ulotlari o‘tkazishga o‘rgatish kerak. Nafas olib chiqarishga asosiy e’tibor qaratiladigan boshqa mashg‘ulotlar, masalan, yoga, aerobika bilan shug‘ullanish ham foydadan holi emas. Biroq bu nuqtai nazar bo‘yicha olimlar orasida bir biriga qarama-qarshi firkrlar ham mavjud.   
Eslatib o‘tamiz, OIV-infeksiyasini yuqtirgan odam bilan shug‘ullanayotgan shifokorning nazoratisiz xalq yoki noan’anaviy tibbiy muolajalarni tavsiya etish mumkin emas!


2.   Suyuqlikning yetarli darajada iste’mol qilinmasligi. 
    Ko‘pgina odamlar yetarli darajada suyuqlik iste’mol qilmaydi. Bir oddiya qoida bor: har bir odam bir kunda 8 stakan suyuqlik ichishi kerak. Indinavir qabul qiladigan bemorlarning ayrimlarida suyuqlikning tanqisligi buyrakda toshlar hosil bo‘lishiga olib keladi. Boshqalarda esa bu shlak ajralishining sekinlashuvi, buyraklarning og‘irlashishiga sabab bo‘lib, bemor organizmining fiziologik stresslar ta’siriga tushib qolishiga olib keladi. Agar ichimlik suvi biologik va kimyoviy jihatdan ifloslangan bo‘lsa, 50 hujayra/mkl3 dan kam CD4 aniqlangan bemorlarga qaynatilgan suv ichish, shuningdek, tejamkor va xavfisiz filtrlardan foydalanish tavsiya etiladi. Plastik idishlardagi suv kimyoviy elementlar vositasida qadoqlanishi mumkinligini ham e’tibordan chetda qoldirmaslik lozim. Bu OIV-musbat odamlar uchun juda xavflidir. Ammo bu masala hali to‘liq tadqiq qilinmagan. Suv filtrlaridan foydalanganda shuni yoddan chiqarmaslik kerakki, agar filtrda almashtiriluvchi kartridjlar bo‘lsa ularni o‘z vaqtida almashtirish kerak. Aks holda suv filtrlari xavf omiliga aylanib qolishi ham mumkin.
3.   Ishtahaning yo‘qligi va ovqatlanish usuli.
 Antiretrovirus preparatlar qabul qilayotgan bemorlarda, asosan antiretrovirus terapiyasining dastlabki bosqichlarida ishtahaning buzilishi kuzatilishi mumkin. Aslida, ayrim preparatlar va ularning qo‘shilmalari ovqat hazm qilishning buzilishi va ich ketishiga sabab bo‘ladi.
Ko‘ngil aynishi, dispepsik holatlar va diareyaga qarshi xalq tabobatida qo‘llaniladigan vositalar (chernika, guruch va xok.z) yoki dori vositalaridan foydalansa bo‘ladi. Ishtahani megestrol, oksandrol va boshqa preparatlar vositasida yaxshilash mumkin (shifokor ko‘rsatmasiga asosan!). Xalq tabobatida esa qaynatmalar, shuvoq yoki boshqa taxir ta’mga ega bo‘lgan giyohlar damlamalari ishtahani ochishi ma’lum.
4.   Uyquning buzilishi.
Xatto uyqusiz o‘tkazilgan bir kecha ham immun tizimining ayrim funksiyalarida buzilishlarga olib keladi. Epizodik ammo kuchli uyqu buzilishi kuzatiladigan bemorlaga ko‘mak berish lozim. OIV-infeksiyasi bilan og‘rigan bemorning yaxshi dam olishini ta’minlash uchun unga sedativ preparatlar berish mumkin.
Chunki sedativlar immun tizimi funksiyalariga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Uyqu dori ichmasa uxlay olmaydigan yoki dori qabul qilgandan so‘ng ham uyg‘onib ketishidan shikoyat qiladigan bemorlar uchun uyqusizlikning sabablarini aniqlash va ularni bartaraf etishga qaratilgan maslaxatlashuvlar foydali.
5.   Noto‘g‘ri yoki yetarli darajada bo‘lmagan jismoniy zo‘riqish.
Uzoq vaqtdan buyon OIV-infeksiyasi bilan yashab kelayotgan odamlar uchun yengil yoki o‘rtacha jismoniy zo‘riqish foydadan holi emas. Xatto haftasiga uch marta 20 daqiqadan sayr qilish orqali his qilinadigan jismoniy zo‘riqish ham ruhiy siqilishni kamaytirib immun tizimi faoliyatini yaxshilaydi. 

Tibbiy aspektlar.
1.    Xastalik vaqtida o‘zini parvarishlash imkoniyatining cheklanganligi.
OIV-infeksiyasiga chalingan har bir inson xastalik vaqtida o‘zini qanday parvarishlash zarurligini bilishi kerak. Kasallikda o‘zini parvarishlash jarayonida nima mumkinu, nima mumkin emasligini anglash imkonini beradigan o‘z-o‘ziga yordam rejasini tuzib olish lozim. Bunday rejani tuzishda OITS markazi va Odamning immuntanqisligi virusi bilan bog‘liq muammolar bilan shug‘ullanuvchi tashkilot konsultanti yordam berishi mumkin.
2.    Sog‘likdagi OIV bilan bog‘liq muammolarni to‘liq tushunib yetmaslik.
OIV-infeksiyasi bilan zararlangan odamlarga ko‘mak berish bilan shug‘ullanuvchilarning aksariyati o‘z sog‘ligi haqida qayg‘uradigan bemorlar boshqa bemorlarga qaraganda o‘zini yaxshiroq his etishini ta’kidlaydi. Ular vaqtni qabul qilinayotgan preparatlar qanday ta’sir ko‘rsatishi va nima sababdan shifokor ko‘rsatmalariga qat’iy amal qilish lozimligini tushunishga sarflashadi. Ayrim hollarda bunday bemorlar muolajalarning turli muqobillari yoki qo‘shimcha muolajalarni o‘rganishadi. Ular tibbiyotga aloqador bo‘lmagan, ishonchli odamlar bilan sog‘ligidagi muammolarni  muhokama qilishni o‘rganib olishadi.
3.    Birinchi yordam ko‘rsatadigan odamlar bilan o‘zaro sust munosabatda bo‘lish.
Birinchi yordam ko‘rsatadigan odamlar bilan hamkorlik qiladigan, ular bilan yaxshi munosabatda bo‘ladigan bemorlargina o‘zlarini boshqa bemorlarga qaraganda yaxshiroq his etishadi.


Комментариев нет:

Отправить комментарий