OIV, OIV-infeksiya, OITS bu nima? Qanday
farq qiladi?
OIV nima?
Odam
Immuntanqisligi
Virusi
Odam – bu
virus faqat odamdan odamga yuqishini bildiradi.
Immuntanqisligi
– bu
shuni bildiradiki virus immunitet tizimini buzadi va kasaliklarga qarshi
kurashish kuchini “yetishmovchiligi” ni keltirib chiqaradi.
Virus – bu
kichik zarralar bo’lib, organizmni
zararlaydi va kasallikni qo’zg’atadi.
OIV – odam immuntanqisligi virusi, inson ko’zi bilan ko’rib bo’lmaydi. Elektron mikroskopda ko’rilganda u yuqoridagi ko’rinishda bo’ladi (yuqoridagi rasmga qaralsin). OIV odam virusi hisoblanib, hasharotlarni organizmiga
emas, balki faqat odam organizmiga zarar yetkazadi. U odamning har bir
hujayrasida yashaydi. Organizmida OIV
aniqlangan shaxslarni OIV-ijobiy, OIV-musbat yoki OIV bilan yashovchi odamlar
deb atashadi. Yana siz “OBYSh” (ЛЖВ) terminini eshitishingiz yoki ko’rishingiz mumkin.
Buni yoyiq shakli “OIV bilan yashovchi shaxslar” (люди, живущие с ВИЧ)
Virus nima?
Viruslar – bu protein va genetik materiallarning
mayda zarralari. Ularni faqat elektron mikroskop orqali ko’rish mumkin.
Viruslar ko’payishi uchun boshqa biologik organizmni zararlashi kerak. Virus
o’zi hujayradan tashqarida yashay olmaydi, shuning uchun ular “parazit hayot”
kechirishadi ya’ni tirik organizming hujayra manbaasi kerak. Viruslar juda
jiddiy infeksion kasalliklar chaqiradi: OIV-infeksiyasi, gripp, tropic istma , poliomielit
va gepatit.
Odam viruslari
turli xil yo’llar bilan yuqadi. Masalan,
gripp virusi havo orqali yuqadi, yo’talganimizda yoki aksirganimizda. Boshqa
turdagi viruslar esa oziq-ovqat orqali yuqadi va oshqozon-ichaklar
kasalliklarini keltirib chiqaradi. Gepatit va poliomielit viruslari suv orqali
yuqishi mumkin. Gerpes virusi tanadagi ochiq yaralar bilan kontakta yuqadi.
Biroq, OIV faqat
organizmning ma’lum bir suyuqligi orqali yuqadi, ya’ni qon, sperma, qin
ajratmasi va ko’krak suti. U havo, suv
yoki oziq-ovqatda yasholmaydi va odam organizmidan boshqa ya’ni chivin,
kalamush, it kabi organizmlarga yuqmaydi.
OIV oddiy genetik strukturaga ega bo’lgan, “retrovirus” nomli virus turi
hisoblanadi.
Bugun olimlar
oldida ushbu virusdan davolanish usullari va yo’llarini topishdek katta masala
turibdi. Keyinchalik, nega 25 yil davomida ya’ni virus kashf etilgan beri bu virusga qarshi vaksina topilgani yo’q
degan savolga to’xtalib o’tamiz.
OITS nima?
OIV sekin asta
immunitet tizimini ishdan chiqaradi va OIV bilan yashovchi shaxs organizmida OIV-infeksiya degan hastalik
rivojlanishni boshlaydi. Bir necha shunday spetsifik xastaliklarning borligi
OIV – infeksiya “Simptomatik”(belgilari bo’ladi) o’lganini bildiradi. Bu
belgilar odamda paydo bo’ladi va uning immun tizimi izdan chiqadi. Bu holat
OITS sifatida ma’lum. Shunday qilib, OIV - bu OIV-infeksiyasi keltirib chiqaruvchi virus
bo’lib, OIV-infeksiyasi esa kasallikning OITS deb ataluvchi
bosqichiga olib keladi. OITS OIV-infeksiyasining eng o’gir bosqichi bo’lib,
unda odamning immun tizimi qattiq izdan chiqadi yoki “yetishmovchiligi” kelib
chiqadi. Bu bosqichda qon tarkibidagi CD4 hujayralar miqdori kamayib ketadi.
Orttirilgan
Immunitet
Tanqisligi
Sindiromi
Orttirilgan – bu shuni bildiradiki, bu irsiy kasallik emas, balki
tashqi muhitning ta’siri.
Immunitet – Tanqisligi – immunitet tizimining kasaliklarga
qarshi kurashish kuchini yo’qotishi.
Sindirom – bir vaqtni o’zida ma’lum bir kasallikni
bildiruvchi sabab va belgilar guruhini bildiradi.
Hozirga kelib JSST
boshqaruvidagi va boshqa mintaqaviy hujjatlarda OIV/OITS atamasida “OITS”
atamasi ishlatilgani yo’q, uning o’rniga “OIV-infeksiyasining og’ir bosqichi”
atamasi ishlatilmoqda. Shuni anglash lozimki, OIV va OITS bir xil tushuncha
emas.
Inson immun tizimi – bu nima, u
nimaga kerak va u qanday ishlaydi?
Immun tizim – bu organizmizning kasalliklar bilan kurashish usulidir. Bu
tizim juda murakkab va ko’p miqdordagi tarkibiy qismlardan iborat. Ammo, immun
tizim to’g’risidagi ba’zi asosiy dalillarni tushunib olish bizlarga kasalikning
oldini olish va kasallik yuqqanda uning rivojlanishini sekinlashtirish
mumkinligini bilib olishga yordam beradi.
Bizning
qon hujayralari qanday ikki xil rangga bo’yalgan?
Javob: Qizil va oq
Qizil qon
hujayralarining asosiy vazifasi?
Javob: Eritrosit deb ataluvchi qizil qon hujayralari,
bizning tizim orqali kislorodni tarqatadi va CO2 ni olib ketadi.
Oq qon hujayralarining asosiy vazifalari?
Javob: Leykosit deb ataluvchi oq qon hujayralari bizning immun
hujayralarimiz hisoblanadi. Bizning immun tizimimiz kasalliklardan himoya
qiluvchi oq qon hujarlarimizdan tashkil topgan. Immune tizimdagi ba’zi asosiy
hujayralar quyidagi:
Makrofag: makro – katta,
fag – oziqlanuvchi, ya’ni katta oziqlanuvchi. Bu hujayra mikrob yoki bosqinchilarni (antigen deb ataluvchi) yeydi va sizning immun tizimi kapitaniga bosqinchi paydo bo’lganligi va immun tizimi armiyasini safarbar qilish kerakligi to’g’risida xabar jo’natadi.
T4-yordamchi
hujayralar (CD4): immun tizimingiz kapitani.
U makrofagdan bosqinchi (antigen) borligi to’g’risidagi xabarni oladi va ikkita
boshqa hujayralarga (hujayra va T8 qotil hujayra) bosqinchini topish va uni
bartaraf qilish to’g’risida buyruq beradi. T4 yordamchi hujayra – bu OIVga qilib, uni bartaraf qiluvchi
hujayraning o’zidir. T hujayralar “thymus” deb ataluvchi bez tomonidan ishlab
chiqarilgani uchun “T” deb ataladi.
V
hujayra: Fabrikaga o’xshaydi. U bosqinchining
(antigen) shaklini aniqlaydi va antigenlarga to’g’ri keladigan
“antitanachalar”ni (kalitlarga o’xshash) yaratadi. Bu antitanachalar kelgusida
shu turdagi antigenlarni zudlik bilan tanishi va keyinchalik siz kasal
bo’lmasligingiz uchun ularni to’xtadi.
T-qotil hujayra (CD8) yoki sitotoksin yoki qotil
hujayra. U ham CD4 hujayra tomonidan bosqinchiga hujum qilish va uni o’ldirish
uchun yordamga chaqiriladi.
Antigen – bu nima?
Javob: Antigen
– bu bizning organizmizga gendan kirgan bosqinchi yoki mikrob. Bu virus,
bakteriya, achitqilar, bir hujayrali oddiy organizm va boshqalar bo’lishi
mumkin. Ularning umumiy nomi – antigen, lekin u OIV ga tegishli emas.
Antitanacha – bu nima?
Javob: antitanacha – bu tajovuz qilgan antigenga javobdir. Antitanachalar V-hujayralar tomonidan ishlab chiqariladi. Ular antigen
qulfiga to’g’ri keladigan shaklni tanlaydi kalit sifatida ishlaydi. Agar
antigenlar yana organizmga tushudigan bo’lsa, ularni darhol taniydi va
antitanachalar bila hujum qiladi.
Inson organizmida OIV qanday
rivojlanadi?
OIV insonni
zararlar ekan, uning immun tizimiga hujum qiladi. Agar organizm kasallik bilan
kurashar ekan, bu “immun jaovb” deb aytiladi, u insonning immun tizimi bilan
boshqariladi. Bu qon hujayralarini o’z ichiga oluvchi juda murakkab tizimdir.
Qaysi oq qon hujayralari OIV hujayralariga duchor bo’ladi?
OIV faqat bir
turdagi CD4 deb ataluvchi oq qon tanachlarini mo’ljalga oladi (buni quyidagi
rasmda ko’rishingiz mumkin). Bu T-yordamchi hujayralar organizmning
kasalliklardan himoya qilishda asosiy rolni o’ynaydi. Ularning asosiy roli
“qotil hujayralar” armiyasini yo’na;tirishga qaratilgan. CD4 hujayralar bu
“qotil hujayralar” ga nimaga qilish kerakligi to’g’risida yo’riqnoma berishadi.
CD4 hujayralarsiz “qotil hujayralar” kurasha olmaydilar va organimzning immun
javobning samarasi borgan sari kamayib boradi.
OIV qanday ko’payadi?
OIV CD4 hujayralarga hujum qilish bilan birga bir qatorda, ulardan o’ziga o’xshash yaratish “fabrika”si sifatida ham ishlatishi mumkin. Shu yo’l bilan OIV organizmda milliardlab yangi o’ziga o’xshash nuxsalarni yaratar, va yanada ko’proq CD4 hujayralarga hujum qiladi. Bu javoban organizm kurashadi va ko’proq CD4 hujayralarni, “qotil hujayralar”ni va antitanachlarni ko’proq ishlab chiqaradi.
OIV immun tizimini ishdan chiqaradi.
OIV infeksiyasini
maxsus davolashni boshlamasa, ko’p yillar mobaynida OIV asta sekin CD4
hujayralarini shuncha ko’p miqdorda parchalab tashlaydiki, organimzning ularni
qayta tiklash imkoniyati bo’lmaydi. Bu bosqichda CD4 hujayralarni qondagi
miqdori 200 hujayra/mm3 bo’ladi. Bu tahlil “CD4ni sanash” deb ataladi va immun javobning muhim o’lchovi hisoblanadi. OIV bilan
kasallanmagan katta insondagi CD4 normal miqdori odatda 800-1200 hujayra/mm3 tashkil qiladi. Shuning uchun CD4 miqdori 200
hujayralar/mm3 gacha tushib ketganda, immun tizim xaqiqatda izdan chiqishni
boshlaydi. Shundan so’ng inson kasallik keltirib chiquvchi boshqa infeksiyalar
bilan kurashish qobilyatini buzadi va OITS kasalligi rivojlanadi.
Insonning tashqi ko’rinishidan OIV
bor yoki yo’qligini aniqlash mumkinmi? OIV bilan yashovchi odamlarda uzoq muddat hech
qanday belgilari bo’lmaydi. Unga qarab OIV bor, yo’qligini bilmaysiz. OIV bilan
zararlangan odamlar sog’lom ko’rinishlari va o’zlarini sog’ hisoblashlari
mumkin. Ular o’qishni, ishlashni va har kunnigi faoliaytlarini davom
ettirishlari mumkin. Ularda uzoq vaqt hech qanday belgilar kuzatilmaydi. Bu
davr “asimptomatik” davr, ya’ni hech
qanday belgilarsiz davr deb aytiladi. Shu bilan bir qatorda o’zi bilmagan holda
boshqa odamlarga yuqtirishi mumkin. Shu sababli testdan o’tish va OIV ni
yuqishini oldini olish usullaridan foydalanish muhimdir.
“OIV infeksiyaning rivojlanuvchi bosqichi” qanday nomoyon bo’ladi?
OITS – bu
sindirom, shuning uchun har xil odamlarda turli belgilar to’plami sifatida
ko’rinishi mumkin. Bir xil belgilari bo’lgan boshqa kasalliklardan farqli
o’laroq, OIV infeksiyaning rivojlangan bosqichida (OITS bosqichi) insonlar eng
xar xil muammolar bilan duch keladi. Bu odatdagi hayotda kelgan infeksiyalarga
bog’liq.
Bu infeksiyalar
“opportunistik infeksiya” deb ataladi
(OI). Opportunistik infeksiyalarga quyidagilar kiradi:
Respirator infeksiyalar, masalan: sil, pnevmoniya
Oshqozon – ichak infeksiyalari, masalan: ichketar (diareya) va uning oqibati sifatida
vazn yo’qotish
Teri infeksiyalari, masalan: gerpes
Og’iz bo’shlig’I infeksiyalari, masalan: aftoz
stomatit.
OITSni belgilovchi boshqa kasalliklar
OIV infeksiyaning rivojlangan bosqichi (OITS bosqichi)da inson turli saraton kasalliklariga chalinishi mumkin. Bu kasalliklarning bi qator jihat va belgilari shuni bildiradiki, OITSni tashxislash oson emas. Shu sababli faqat shifokor OITS bosqichini odamda borligini tasdiqlshi mumkin. Eng so’nggi bosqichda OIV immun tizimidan tashqari boshqa hujayralarga hujum qilishi mumkin. Bu holatda insonlarda aqlizaiflik rivojlanishi va to’g’ri yurish muvozanat saqlashda muammolar yuzaga kelishi mumkin. Bu bosqichda inson juda ham zaiflashadi va oxir oqibat o’lim yuzaga keladi.
OIV infeksiyasi qaysi bosqichda OITSga o’tadi?
Umuman OIv inson organizmida asta-sekin rivojlanadi va belgilari uzoq muddatdan keyin namoyon bo’ladi. Ba’zi odamlarda u tez rivojlanadi, lekin ko’pchilik katta odamlarda OITS bosqichi taxminan
10 yil davomida rivojlanadi. OIV bilan yashovchi insonlarda bir qator omillarning, xususan, ovqatlanish sifati, sog’lig’ining umumiy holati, jismoniy va ruhiy zo’riqish narkotiklarni iste’mol qilish OITS bosqichining rivojlanish muddatlariga ta’sir qiladi. OIV
infeksiyasining rivojlanishiga antiretrovirus dori vositalari bilan davolanish
ham ta’sir qilishi mumkin. OITS bosqichida bo’lgan shaxslar, davolanmasa 1,5-2 yil ichida vafot etadi. Ammo, shifokorlar nazoratida bo’lgan va kerakli antiretrovirus dori vositalari bilan davolanayotgan OIV-infeksiya bilan yashovchi shaxslar uzoq yillar davomida to’liq hayot kechirishlari mumkin.
Hozirgi kunda OIV virusini tashuvchi bemorlar ARVT dorilar iste`mol qilib, shifokorlar nazoratida bo`lib, hattoki jinsiy yo`l bilan ham yuqmaslik ehtimollari mavjud. Bundan tashqari yaqin 2 yil ichida shifokor olimlar ushbu kasallik ustudan butunlay g`alaba qozonishadi
ОтветитьУдалитьOiv ga yoliqqan inson dorisini xar doim qabul qlp tursa xam vafot etishi mumkunmi shu kasallik orqasidan
УдалитьNimagadir bizning shifokorlar bu haqda hech aytishmaydi, lekin hozir avlod dorilari virusni nagruzkani butunlay muzlatib, (har kuni iste`mol qilsa), immunitetni 500 dan yuqori saqlashadi. Bu esa bemorlar oddiy inson kabi yashashidan dalolat beradi. Shuning uchun ushbu virus bilan yashaydigan insonlarni qo`llab quvvatlash lozim. Hozirgi kunda bu kasallik oddiy holdir. Faqatgina turmushingiz toza, ehtiyotkorona bo`lishi zarur. Shundagini siz o`zingizga va boshqalarga ziyon yetkazmaysiz.
ОтветитьУдалитьAsalomalekum elktron soqol olgicdan ham yuquwi mumkunmi
УдалитьAssalomu aleykum oiv yuqanidan keyn nechi oyda qon topshirush kerak
ОтветитьУдалитьAssalom aleykum. Oiv bn yashovchi insondan sog'lom ayol xomilador bo'lsa bo'lladimi
ОтветитьУдалитьYuq
УдалитьYuq sogʻlom ayol bilan kasal inson turmush qurolmaydi nimaga desa unga ham yuqb qolishi mumkin
ОтветитьУдалитьAssalomu alaykum genetal gerpesni butunlay davolash buyicha dorilar bormi
ОтветитьУдалитьYOQ
УдалитьYOQ
УдалитьAssalomu alaykum oiv bilan kasallangan inson bilan turmush qursa bo’ladimi
ОтветитьУдалить