Qo‘shimcha terapiya


Davolashning muqobil usullariga juda ehtiyotkorlik bilan yondashish zarur; ularning ko‘pchiligi muayyan an’anaviy davolash tizimi (xitoy yoki hind meditsinasi) ga oid bo‘ladi va davolashning muqobil usullaridan faqat mutaxassis, yaxshisi OIV bo‘yicha yetarli bilimga ega bo‘lgan ekspert ko‘rsatmalari bo‘yichagina foydalangan ma’qul.

Muqobil meditsina vositalari va OIV-infeksiyasi.

Davolashning muqobil usullari nima?
         
   Hamma xastaliklarni davolashda bo‘lgani kabi, Odamning immunitet tanqisligi virusi infeksiyasini davolashda ham klassik va muqobil davolash usullari mavjud. Klassik bu – shifoxonalar, poliklinikalar (xususan Yuqorifaol antiretrovirus terapiyasini qo‘llashda ham) va boshqa tibbiyot muassasasalarida tibbiy ta’lim dargohining diplomiga ega bo‘lgan mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladigan davolash usulidir.
         Davolashning muqobil usullari deganda usullarning xilma-xilligi tushuniladi. Bular xalq tabobati, davolashning klassik usullari variatsiyalari, bilogik usullar, manipulyatsiya asrorlari kabilar bo‘lishi mumkin.

        Klassik meditsina davolashning muqobil usullarini qo‘llashga qanday yondashadi?
        Har biri o‘ziga xos yo‘nalishga ega bo‘lgan muqobil va klassik meditsina ko‘p hollarda bir-birini inkor etadi.  Shifokorlarni ularning bemorlari ko‘pincha o‘zboshimchalik bilan davolashning muqobil usullariga murojaat qilishi tashvishga soladi. Ularning xavotiriga asos bor. Agar bemor shifokor tomonidan tayinlangan muolajadan tashqari yana qanaqadir davo usllaridan foydalanayotgan bo‘lsa va buni shifokorga aytamasa, mutaxassis qaysi muolaja foyda bergani yoki aksincha, noxush oqibatlarni keltirib chiqarganini aniqlay olmaydi.
        Davolashning muqobil usullariga ehtiyotkor munosabatda bo‘lishning yana bir sababi bor. Bunday usullarning ko‘pchiligi hali klinik jihatdan tadqiq qilinmagan, aniqroq aytganda, ularning xavfsiz ekani va samarasi hozircha o‘z isbotini topmagan. O‘z navbatida davolashning ko‘pgina usullari nojo‘ya ta’sir xususiyatini aniqlash bo‘yicha o‘rganilmagan (masalan, giyohlardan tayyorlangan ayrim dori vositalarining jigarga zaharli ta’sir ko‘rsatish xususiyatlari). Ba’zida muqobil usullarning samradorligini platsebo effekti (odamning o‘z-o‘zini ishontirishi oqibatida xayolan davo topishi) natijasida baholash qiyin. Ya’ni, agar odam qahva jig‘ildon qaynashini to‘xtatishiga qattiq ishonsa, jig‘ildon qaynashi aynan qahva ichilganidan so‘ng barham topadi.

Fitopreparatlar va ozuqa qo‘shimchalari
         OIV/OITS ga chalingan bemorlarni davolashda ko‘p hollarda fitopreparatlar va ozuqa qo‘shimchalaridan foydalaniladi. Ularning eng keng tarqalanlari quyidagilar:
§  Omega-3  - yog‘li kislotalar yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi va neyropatiyani davolashda qo‘llaniladi.
§  Vitaminlarning katta dozalari, mineral vositalar va antioksidantlar immun tizimini mustahkamlash va kasallikning rivojlanish sur’atlarini pasaytiradi.
§  Vitaminoterapiya holsizlanishni davolashda qo‘llanilib, ular ishtahani ochadi va oziq moddalarining so‘rilishiga xizmat qiladi.
§  Diareya va boshqa simptomlarni davolashda giyohlar jamlanmasidan foydalaniladi.

Yaqinda o‘tkazilgan o‘rganishlar naijasida aniqlangan OIV-musbat bemorlarda fitopreparatlar va ozuqa qo‘shimchalarni qo‘llash oqibatida kelib chiqadigan muammolar:



§   Exinatseya: exinatseya immun tizimini kuchaytirishi davomida OIV-infeksiyasining rivojlanishini tezlashtiradi degan fikrlar mavjud.
§  РАСТОРОПША: qondagi dorivor preparatlar konsentratsiyasini oshirib jigar fermentlari faolligini pasaytiradi (jigar fermentlari dorilarni organizmdan chiqarib tashlovchi fermentlar bo‘lib, ular organizmda ortiqcha dorilar to‘planib qolishining oldini oladi).
§  Qizilpoycha: qondagi Antiretrovirus preparatlari konsentratsiyasini kamaytirshi va o‘simtaga qarshi vositalar bilan o‘zaro ta’sirlashishi mumkin (ya’ni o‘simtaga qarshi preparatlar ishiga halal beradi).
§  Mast qiluvchi qalampir (kava-kava): qonda ayrim proteazlar ingibitorlari konsentratsiyasini chaqirishi mumkin.

Igna bilan davolash (Akupunktura)
        Igna bilan davolash an’anaviy xitoy meditsinasiga oid bo‘lib bu davolash usuli ingichka ignalarni organizmdagi quvvatni muvozanatga keltiruvchi va sog‘liqni mustahkamlovchi deb hisoblanadigan muayyan nuqtalarga sanchishni o‘z ichiga oladi. Akupunktura nuqtalari kasallik alomatlariga mos ravishda quvvat oqimlari (meridianlar) bo‘ylab tanlanadi.
        Akupunktura og‘riqli jarayonlarda yordam berishi mumkin, ko‘ngil aynishi va qayd qilishni kamaytirib, shuningdek, giyohvandlikni davolashda ham asqotisihi mumkin.
        Ammo shuni ham unutmaslik joizki, igna bilan davolashning foydali ta’sirlaridan tashqari jiddiy asoratlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan xususiyatlari ham bor.
§  Septik (yallig‘lanuvchi, yiringli). Ignalarni noto‘g‘ri tozalash, sterilikka rioya qilmaslik natijasida kelib chiqadi. Bunda igna sanchilgan joylar yiringlaydi, turli bakteriya va viruslar yuqadi.
§  Travmatik. Inson anatomiyasini yaxshi bilmaydigan refleksoterapevt tomonidan amalga oshirilgan muolaja seansi bemorning sog‘ligi, xatto hayotiga jiddiy xavf solishi mumkin. Chunki muolaja davomida igna bilan u yoki bu a’zo, yohud qon tomiriga jarohat yetkazish, asab tolasiga tegib ketish hech gap emas.
§  Surunkali xastaliklarning kuchayishi ko‘rinishidagi asoratlar
§  Vegeta qon tomir reaksiyalari. Xushini yo‘qotish, xushdan ketish, kollaps va shok, yurak urishining tezlashishi yoki sekinlashuvi.
§  Teri reaksiyalari. Ignalar, spirt, shuvoq tutuni, qizishga allergiya, gerpetik, yiringli infeksiyalar.
§  Ruhiy asoratlar. Og‘riqning kuchayishi yoki uning yolg‘on formasi, zo‘raki kulgu, yig‘i, bezgakli holatlar.
§  O‘simta jarayonlarining kuchayishi.

Massaj
         Massaj bu – inson tanasining turli qismlariga mexanik ta’sir ko‘rsatishdir. Massaj tananing turli qismlariga qon quyilishini ta’minlaydi, natijada, teri oziq moddalar bilan to‘yinib mushaklarning bo‘shashishi yoki aksincha tortishishiga sabab bo‘ladi. Massajning aniq ta’siri massaj usullari, kuchi va davomiyligiga bog‘liq.
      OIV-infeksiyasida massaj qo‘llashdan ko‘zlangan maqsadlar:
§  Immunitetni mustahkamlash;
§  Mushaklar va suyaklardagi og‘riqni kamaytirish;
§  Limfalar qochishining kuchayishi;
§  Umumiy bo‘shashish;
§  Umurtqa va paylarga ta’sir o‘tkazish orqali organizm funksiyalarining tiklanishiga yordam berish.
Qizig‘i shundaki, massajdek foydali tadbirning ham o‘z salbiy tomonlari mavjud – teri kasalliklari, ichki qon ketish, terining chuqur jarohatlanishi, onkologik xastaliklar, yurakning ayrim xastaliklari. Shu sababli massaj olishdan avval albatta shifokor bilan maslaxatlashing.
Yodda tuting! Tajribali massajchi bu tadbirning xavfsiz o‘tishini ta’minlaydi. Biroq tajribasiz yoki yetarli malakaga ega bo‘lmagan massajchi tomonidan amalga oshirilgan massaj kuchli og‘riq va qon ketishiga sabab bo‘lishi, manual terapiyaning noprofessional tarzda o‘kazilishi suyak chiqishi, qon tomirlarining yorilishi va insultga olib kelishi ham mumkin.


    
Davolashning muqobil usullarini qo‘llashdan avval nimalarga e’tibor qaratish lozim?

1.   Sizga OITS dan xalos etishi kafolatlangan vositani sotishga urinayotgan odamdan ehtiyot bo‘lish kerakmi, vaholanki bunday dori vositasining o‘zi mavjud emas.
2.   Muqobil sog‘lomlashtirish sohasida juda ko‘p tovlamachilar faoliyat yuritadi va taajubki, ularning ko‘pchiligi ustasi farang, tegishli diplomga ega va ilmiy farazlarni ham yaxshi biladi. Muolaja narxining balandligi uning samarali ekanidan dalolat bermaydi.
3.   Odamning immunitet tanqisligi virusi infeksiyasida immunitetni qo‘zg‘atish foydali emas.
4.   Noan’anaviy usul haqida kamida uchta mustaqil manbaadan ma’lumot olish joiz (masalan, davolovchi shifokor, Internet yoki shu usuldan foydalanib ko‘rgan odam).
5.   Muolajaning muqobil usulidan foydalanishdan avval bu haqda albatta davolovchi shifokoringizga ma’lum qiling.
6.   Davolashning muqobil usullari Antiretrovirus terapiyasining o‘rnini bosa olmaydi.
7.   Sizdan iste’mol qilib kelayotgan dorilaringiz va shifokor ko‘rigidan voz kechishingizni talab qilayotgan muqobil meditsina mutaxassisida davolanishga zinhor rozilik bermang.
8.   Usulning OIV/OITS bilan og‘rigan bemorlarda klinik sinovdan o‘tkazilgan  yoki o‘tkazilmagani haqida bilib oling. Binobarin, bu xastalik boshqa kasalliklar (saraton, diabet va boshq.) dan tubdan farq qiladi.
9.   Muolaja qaysi tamoyillarga, nimalarga asoslanganligi, unda qo‘llaniladigan preparatlar tarkibi haqida so‘rang. Bunday muhim ma’lumot tijorat siri bo‘lishi mumkin emas! Mujmal tibbiy va ezoterik atamalardan ko‘p foydalanayotgan, shuningdek, siz bilan o‘zini baland olib, haddan ziyod jaydari so‘zlashayotgan muqobil meditsina vakillaridan ham uzoqroq yuring.
10.                     Ovqatlanish ratsioningizni keskin cheklashga yoki ochlik bilan davolash haqidagi takliflarga zinhor rozi bo‘lmang! Mutaxassislarning sog‘lomlashtirish bo‘yicha keng tarqalgan tavsiyasi – kam kaloriya, kam oqsil – boshqa ayrim kasalliklarda foydali bo‘lishi mumkin. Ammo OIV-infeksiyasi bilan og‘rigan odamlarga bu umuman to‘g‘ri kelmaydi.
11.                    Odatda tovlamachilar mantiqiy argumentlar va dalillarga emas, balki, ehtiroslarga murojaat qiladi. Ular sizga xastalikdan butkul forig‘ bo‘lishni va’da qiladi,  qo‘rquvingiz bilan o‘ynashadi, go‘yoki ushbu usuldan sog‘ayib ketgan odamlar haqida so‘zlab beradi (garchi bu ma’lumot tasdiqlanmagan bo‘lsada). Reklama sezilib turgan va’dalarga uchmang!

Комментариев нет:

Отправить комментарий