Turli xil RTQ-preparatlarni qabul qilgan bemorlarni davolash

So’nggi yillar davomida davolangan va dorilarga  chidamli viruslar shtammi  mavjud bemorlar uchun bir necha xil RVQ-preparatlar ishlab chiqarildi. Bu dorilar OIV-infeksiyasini davolashda juda  samarali, sababi, bu dorilarning virusga ta’siri RVQ-preparatlar birinchi avlodidan farqi bor:
·       Enfuvirtid (T-20, Fuzeon),
·       Maravirok (Selzentri)
·       Raltegravir (Isentress),
·       Etravirin (Intelens)
Bu RTQ-preparatlar xavfsiz bo’lib, sezilarli noxushliklar chaqirmaydi. Hozirgi kungacha olib borilgan tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, davolash tartibini almashtirish kam  holatlarda to’g’ri keladi.
Enfuvirtid (T-20) ning nojo’ya ta’siri
 Bu mushak ichiga yuboriladigan yagona retrovirusga qarshi preparat. Asosiy nojo’ya ta’siri – og’riq va ineksiya o’rnida qotish (ya’ni, ineksiya o’rnida mahalliy reaksiya). Agar sizga enfuvirtid tavsiya etilgan bo’lsa, siz bu preparatning yuborilish qoidasi haqida to’liq yo’riqnoma olasiz, bu esa sizga salbiy oqibatlar va miqdorini kamaytirishga ko’mak beradi. Enfuvirtid boshqa  nojo’ya ta’sirlar ham berishi mumkin: bular haqida davoning oldidan shifokoringiz ma’lumot beradi.

Maravirokning nojo’ya ta’siri
Maravirokning asosiy nojo’ya ta’siri – ko’ngil aynishi. Bu holatni  maxsus  dorilar yordamida bartaraf  qilish mumkin. Kamdan-kam holatlarda jigar bilan bog’liq muammolar yuzaga keladi. Agar sizda jigar kasalliklari: gepatit B yoki C aniqlangan bo’lsa, doimiy ravishda shifokor ko’rigidan o’tib, jigar holatini nazorat qilish uchun bioximik analizlar topshirishingiz zarur.

  Raltegavirning nojo’ya ta’siri
  Raltegavir qabul qilgan bemorlarda quyidagi holatlar kuzatilgan: bosh aylanishi, me’da sohasidagi og’riqlar, kuchli terlash, bo’g’inlardagi og’riq.

Etravirinning nojo’ya ta’siri
Ushbu preparatdan bo’lishi mumkin bo’lgan istalmagan ta’sirlar – me’da sohasidagi og’riq, ko’ngil aynishi, qusish va diareya. Ularni  bartaraf etish uchun maxsus muolaja vositalari mavjud. Boshqa istalmagan ko’rinishlardan biri – qon bosimining oshishi va qonning kimyoviy tarkibida o’zgarishlar namoyon bo’lishi. Bu holatlar monitoringini olib borish uchun  siz muntazam ravishda analizlar topshirasiz. Kam sonli odamlarda etravirin preparatini qabul qilgandan so’ng uch-olti haftadan keyin kuchli toshma paydo bo’ladi. Ayrim hollarda terida jiddiy o’zgarishlar – qavarish va qipiqlanish paydo bo’lishi kuzatiladi. Bu kam uchraydigan, biroq,  juda kuchli  reaksiyalarda esa o’lim bilan tugaydigan allergiya.  Ushbu preparatga yuqori sezuvchanlik bo’lganda,  tarqalgan toshma bilan birgalikda isitma, tez charchash, konyunktivit, yuzdagi shish, mushak va bo’g’inlardagi og’riq hamda jigar kasalligi belgilari: ko’z oqi sarg’ayishi, peshobning o’tkir tusga kirishi, bosh aylanishi, qusish, qovurg’a ostida yuqori sezuvchanlik kuzatiladi. Eraviringa javoban muolajaning ilk haftasida kam  miqdorda toshma bo’lishi mumkin. Har qanday toshma toshganda,  bu holatni baxolash uchun mutaxassis bilan maslaxatlashish lozim. Agar sizda bu preparatga yuqori sezuvchanlik kuzatilsa, etravirin bilan davolashni to’xtatish zarur.

Keng tarqalgan nojo’ya ta’sirlar
Qo’llanmaning ushbu bo’limida zamonaviy retrovirusga qarshi preparatlarning keng tarqalgan nojo’ya ta’sirlari haqida tasvirlab berilgan. Bu ma’lumot sizga noxush ta’sirni aniqlab, kamaytirish, uning oqibatlaridan xalos bo’lishga yordam beradi. Nojo’ya ta’sirlar haqida so’z ketganda quyidagilarni yodda tutish darkor:
·       Kop uchraydigan holatlar, masalan, bosh ogrigi, diareya, kongil aynishi, qusish, toshma RVQ-preparatlar qabul qilmaslik bilan bogliq bolishi mumkin. Agar sizda ushbu korinishlardan biri yuzaga chiqsa, OIV-infeksiyasiga qarshi dorilar bunga sabab bolmasligi ham mumkin.
·       Bu holatlarni shifokor bilan muhokama qilib sababini topish lozim.
·       Siz nojo’ya ta’sirlar bo’lganda choralar qidirishga harakat qiling.

Diareya
Diareya – bu barcha RVQ muolaja vositalarining ehtimoli bor nojo’ya ta’siri. Ba’zi dorilar bilan muolajani boshlagandan so’ng diareya bir necha hafta yoki oydan keyin o’tib ketadi. Lekin  ayrim bemorlarda diareya ushbu preparatlarning “hamrohi”ligicha qoladi. Ovqatlanish tarzining o’zgarishi diareyaga   ta’sir etadi, agar u proteaza ingibitorlari yoki shunga o’xshash nojo’ya ta’sir kuchiga ega dorini qabul qlganda diareya bilan bog’lanmaydi.  Diareyani nazorat qilish uchun har xil dorilar bor bo’lib, misol uchun loperamid (sotuvdagi nomi Imodium). Siz diareya chaqirish ehtimoli bor bo’lgan RVQ dori bilan davoni boshlagan bo’lsangiz, shifokoringiz sizga diareyaga qarshi doriga retsept yozib berishga majburdir. Siz qabul qilayotgan dori diareyani chaqirgan bo’lsa ham siz ko’proq suyuqlik ichib, ovqat iste’mol qilishingiz shart. Agar diareya sizda muammoga aylansa, shifokoringiz bilan muolaja tartibini o’zgartirish to’g’risida suhbatlashing. Unutmang, diareyaning boshqa sabablari ham bor bo’lishi mumkin, shu boisdan u uzoq vaqt davom etsa shifokoringiz bilan qo’shimcha tekshiruv haqida maslahatlashing.

       Ko’ngil aynishi va qusish
      Ko’ngil aynishi va qusish – barcha RVQ-preparatlarning nojo’ya ta’siri bo’lishi ehtimoli bor ko’rinishlar. Agar siz RVQ-preparatlarni qabul qilishni boshlasangiz, shifokor  noxush ta’sirlar oldini olish, ko’ngil aynishi va qusishga qarshi dori vositalarini yozib beradi. Barcha noxush holatlar kabi ko’ngil aynishi va qusish davoning birinchi haftalarida sezilarli bo’ladi, keyin ular asta-sekin kamayib, yo’qoladi. Ko’ngil aynishi va qusish turli xil bo’ladi, ya’ni ular faqat RVQ-preparatlar bilan bog’liq emas! Ular yuzaga kelganda shifokor bilan suhbatlashish kasb etadi, ayniqsa, agar  bu holat boshqa belgilar bilan birgalikda sodir bo’lgan bo’lsa, masalan, isitma. Ko’ngil aynishi va qusish sabablari qanday bo’lishidan qat’iy nazar, itoatkorona o’tirmang, natijada, ovqatlanish ratsioni buziladi va siz RVQ dorilarni qabul qilish tartibiga rioya etolmaysiz. Ehtimol sizga ko’ngil aynishi va qusishni kamaytiruvchi dorilardan tashqari, shifokoringiz beradigan amaliy maslaxatlar foyda beradi (bu haqida  farmatsevt yoki dietolog bilan ham suhbatlashing):
·       Kun davomida tez-tezdan kam-kam ovqatlaning, 2-3 marta ko’p miqdor emas. 
·       Bir vaqtning o’zida qattiq va suyuq taom iste’mol qilmang. Ular oralig’i kamida bir soat bo’lmog’i darkor.
·       Yog’li, qovurilgan yoki achchiq ovqat yemang. Yengil va achchiq bo’lmagan taomni tanlang.
·       Quruqroq ovqatni tanlagan ma’qul, masalan, qurutilgan non, pechenye, bug’doy qalamchalari hamda  xushbo’y meva-sabzavotlar
·       Ko’ngil aynishini kamaytirmoq uchun yengil tuzlangan oziq-ovqatlar, misol uchun, popcorn, tuzli pechenyelar juda foydali. O’zingiz bilan uydan chiqqaningizda olib chiqish ham asqotadi.
·       Ovqatlanib bo’lgach kamida bir soatdan so’nggina uxlashingiz mumkin.
·       Iste’mol qilinayotgan taom xona haroratida bo’lmog’i kerak. Juda issiq ovqat ko’ngil aynishini kuchaytiradi.

Giyohli choy (masalan, rayhon yoki moychechak), imbir tomiri bilan ovqat hazmni me’yorlashtiradi.

Комментариев нет:

Отправить комментарий