Dorilarning salbiy tasiri mavjudmi?

Efavirenzning salbiy tasiri

Efavirenz xavfsiz, kamdan-kam holda salbiy ta’sir beruvchi preparat hisoblanadi. Lekin quyidagi holatlar ro’y berishi mumkin: e’tibor jamlash sustligi, bosh aylanishi, uyqu buzilishi, realistic va qo’rqinchli tushlar. Ba’zi bemorlarda ruhiyatdagi muammolar: depressiya, xavotirlilik.
Bu yomon ta’sirlar muolajaning ilk haftasida faol namoyon bo’ladi, asta-sekinlik bilan butunlay yo’qoladi. Shuningdek, ayrim odamlarda  uzoq davom etuvchi uyqusizlik yoki ruhiy buzulishlarni olib kelganligi sababli ular bu preparatdan bosh tortadi. Agar sizda ham shu holatlar ko’rinsa, shifokoringizga murojaat eting. Bu preparatning manfiy ta’sirlarini kamaytiruvchi bir qator choralar bor. Bulardan biri- bu preparatni yog’li taom bilan qabul qilmaslik, chunki u odam tanasida yog’ miqdorini oshirib yuboradi va yomon ta’sirlarni kuchaytiradi.  Kunning qaysi qismida preparatni qabul qilish afzalligini shifokor bilan maslahatlashgan holda qabul  qiling. Uyqudan bir soat oldin ichish, tunggi uyqu mobaynida uning qondagi miqdori maksimal darajaga yetadi. Siz efavirenzni qabul qilganingizda homilador  bo’lib qolsangiz shifokorga murojaat qiling.

Truvadaning salbiy tasiri
Truvada tarkibiga kiruvchi preparatlar (emtritsitabin va tenofovir) xavfsiz hisoblanadi va deyarli keskin namoyon bo’luvchi yomon ta’sirlar ko’rsatmaydi. Biroq emtritsitabin kabi tenofovir ham ko’ngil aynishi, diareyani chaqirishi mumkin. Kamdan-kam holatlarda  tenofovirdan bosh aylanishi kelib chiqadi. Emtritsitabin bosh og’rigini chaqirib, uyquga ketishni susaytiradi. Bu salbiy ta’sirlarni yengillashtirish uchun diareya va ko’ngil aynishiga qarshi (antiemetiklar) hamda og’riqni bosuvchi vositalar bilan birgalikda qabul qilinadi. Tenofovir preparatini qabul qilganda ancha vaqtdan so’ng rivojlanish ehtimoli bor istalmagan  ta’siri – bu tananing suyak sistemasidagi muammolar paydo bo’lishidir.  Ushbu xavfni kamaytirish uchun shifokor  vaqti-vaqti bilan sizga minerallar miqdorini klinik baholash uchun tahlillarni o’tkazishi darkor.  Tenofovirni buyraklarga ham salbiy ta’siri bor, ayniqsa, bir vaqtning o’zida buyrak yetishmovchiligi bilan davolanuvchi va buyrak faoliyati uchun yuqori xavf tug’diradigan qandli diabet va gipertoniya kasalligi.
Sistematik ravishda qon analizlarini tekshirish buyraklar holatini nazorat qilishda yordam beradi. Kamdan-kam hollarda Emtritsitabin  oq irqqa mansub odamlarda teri rangi o’zgarishiga olib keladi. Agar sizda shunday holat kuzatilsa, shifokorga murojaat eting. U sizga alternativ davolash sxemasi haqida gapirib beradi.

       Kiveksning nojo’ya ta’siri
Kiveks tarkibiga kiruvchi preparatlari (lamivudin va abakavir) deyarli xavfsiz hisoblanadi. Lekin abakavir yashirin allergik reaksiya berish imkoniyatiga ega. Agar siz muolajani  abakavir bilan boshlash niyatida bo’lsangiz, ilgaridan qonda  HLA-B*5701  gen  mavjudligini aniqlatish muhim. Chunki abakavir allergiya gen bilan bog’liqdir. Bu gen aniqlansa abakavir qabul qilinmaydi. Sizda bu gen bo’lmasa, allergik reaksiya ehtimoli kam bo’ladi, lekin sizda isitma, terida toshma, bosh og’rig’i belgilari namoyon bo’lsa shifokorga murojaat qiling. Agar siz  allergik reaksiya tufayli abakavirni to’xtatgan bo’lsangiz, uni qayta qabul qilmang. Bu juda xavfli, oqibati o’lim bolishi mumkin. Ayrim tadqiqotlarda abakavirni qabul qilish yurak xurujiga o’xshatiladi. Ayniqsa, yurak kasalliklari bor bemorlarda. Shu tufayli abakavir yurak kasalligiga yuqori sezuvchanlikka ega bemorlarga tavsiya etilmaydi. Ikkita preparat - abakavir  va lamivudin- bosh og’rig’i, ko’ngil aynishi, qusish, diareyani chaqirishi mumkin. Bu  ta’sirlar uncha sezilarli emas, hamda, bir necha haftadan so’ng ular asta-sekin kamayib yo’qoladi. Shifokor bu yomon ta’sirlarni kamaytirish uchun sizga maxsus dori-darmonlar yozib beradi.
Lamivudin preparatini qabul qilganda juda oz hollarda soch to’kilishi kuzatiladi. Biroq sizda ham bu namoyon bo’lsa shifokoringiz bilan muhokama eting.
  
Proteaza ingibitori bilan boshlang’ich   muolaja
           Efavirenz  preparati o’rniga davoning alternativ turi proteaza ingibitorining kuchaytirilgani deb atalib,retrovirusga qarshi davo vositalarini qabul qilish (bu proteaza ingibitorlar ta’siri ikkinchi kam miqdorda proteaza ingibitori-ritonavir bilan qabul qilinganda ta’siri samarali bo’ladi). Davoni endi boshlovchi bemorlarga quyidagi kuchli ta’sirga ega proteaza ingibitorini tavsiya qilamiz:
·       Lopinavir\ritonavir (Kaletra)
·       Atazanavir( Reataz) ritonavir kombinatsiyasi bilan
·       Darunavir (Prezista) ritonavir kombinatsiyasi bilan
·       Fosamprenavir (Telzir) ritonavir kombinatsiyasi bilan
·       Sakvinavir (Inviraza) ritonavir kombinatsiyasi bilan

    Proteaza ingibitorlarining noxush ta’siri
Proteaza  ingibitorlari qabul qilinganda salbiy ta’sir rivojlanish xavfi ehtimoli efavirenz qabul qilgandagi yomon ta’sirlardan ancha yuqori. Proteaza ingibitorlari bilan bog’liq nojo’ya ta’siri (atazanavirdan tashqari) – me’da sohasidagi muammolar (diareya, ko’ngil aynishi, qusish). Boshqa  ta’sirlar singari, ular dastlabki haftalarda davom etib, sekin o’tib ketadi. Bu vaqtda siz diareya va qusishga qarshi maxsus dorilar qabul etishingiz mumkin.
Kaletra, fosamprenavir va sakvinavir qondagi yog’lar miqdorini oshirish xususiyatiga ega. Shifokor muntazam ravishda qon tahlilini, qand va xolestirin miqdorini klinik  baholashni o’tkazadi. Qondagi xolestirin miqdorini me’yorda saqlab turishda sizga to’g’ri ovqatlanish, jismoniy mashqlar va zarurat paydo bo’lganda maxsus preparatlar – statinlar ko’mak beradi.
Atazanavir  teri va ko’z oqini sarg’aytirishi ehtimoldan uzoq emas, biroq, ushbu belgilar xavfli emas va dorini qabul qilish to’xtatilganda o’tib ketadi.

   Davo boshlanishida  qo’llanadigan alternativ sxemalar
TTNNI nevirapin (Viramun) preparati alternativ sxema tarkibida va ilk davoni boshlagan bemorlar uchun qo’llaniladi. Bu preparat belgilangan guruhdagi bemorlar, ayniqsa, homilador yoki homilador bo’lmoqchi bo’lgan ayollarga va efavirenzga yuqori sezuvchanlikka ega bemorlarga beriladi.  Homilador va  homilador bo’lmochi ayollarga alternativ sxema asosida kombinatsiyalangan tabletka TTNI Kombivir (zidovuddin va lamivudin) nevirapin bilan birgalikda buyuriladi: ilmiy tekshiruvlar shuni isbotladi, zidovuddin (AZT) OIV-infeksiyasini onadan bolaga yuqishini kamaytirib yuqori samara beradi.

    Nevirapinning nojo’ya ta’siri

Nevirapinning asosiy salbiy ta’siri –terida toshma toshishi. Bu holatni oldini olish uchun davoning boshida nevirapin 200 mg kuniga bir mahaldan tavsiya qilinadi, ikki haftadan so’ng doza  200mgdan kuniga ikki mahaldan oshiriladi. Ba’zi hollarda toshma ko’payib borishi kuzatilsa, davolash sxemasini o’zgartirishga to’g’ri keladi. Ayrim bemorlar bu holatlar tufayli shifoatxonalarga yotqizilgan. Juda oz holatlarda terida jiddiy asorat  — Stiven-Jons sindromi rivojlanadi. Nevirapin jigar bilan bog’liq muammolarni keltirib chiqarish ehtimoliga ega. Shu boisdan nevirapin bilan muolajani boshlash ayollarda SD4 limfotsitlari 250 dan yuqori va erkaklarda 400dan yuqori bo’lsa tavsiya etilmaydi.

      Kombivirning nojo’ya ta’siri
      Kombivir (zidovuddin va lamivuddin) odatda davoning boshida tavsiya qilinmaydi, sababi, zidovuddin bemorning yuzi, qo’llari, oyoq va dumbalar sohasidagi yog’ qatlami yo’qolib ketishiga sabab bo’ladi. Zidovuddin tenofovir bilan almashtirilsa oyoq , qo’llardagi yog’ qatlami asta-sekin tiklanadi.
    Tavsiya etilmaydigan birinchi  o’rinda turuvchi preparatlar
     Ayrim preparatlar standart davolash sxemalarda boshqa tavsiya qilinmaydi va faqat alohida hollarda qo’llaniladi. TTNI stavudin (d4T, Zerit), boshqa retrovirusga qarshi preparatlarni qabul qilish imkoniyati bor bemorlarga tavsiya qilinmaydi. Ushbu preparat ham yuz, oyoq-qo’l, dumg’azalardagi yog’ qatlami kamayib ketishiga eltadi. Bundan tashqari, u kasallarda nerv tolalarini shikastlab, periferik nevropatiyaga olib keladi. TTNI didanozin (ddl, Videks) standart muolajalarda birinchi navbatda tavsiya qilinmaydi. Noxush ta’siri quyidagicha: preparatlar nevropatiya, pankreatit va kam holatlarda uchraydigan hayot uchun xavfli laktasidoz holatlaridir. Ko’rsatib o’tilgan  ta’sirlar haqida ushbu qo’llanmaning keyingi sahifalarida o’qishingiz mumkin.

    Nojuya ta’sirlar tufayli muolaja tartibiini o’zgartirish
    OIV infeksiyani davolash bemorga naf keltirishi lozim. Preparatning teskari ta’siri sezilganda, shifokor bilan maslahatlashish koni foyda. Ularni bartaraf etguvchi choralar bisyor. Ayrim hollarda bu teskari ta’sirlarni qisqartirish uchun davolash tartibini o’zgartirish ma’qul bo’ladi, agar retrovirusga qarshi preparatlarga sezuvchanlik susayib ketmagan bo’lsa (yoki juda past miqdorda bolsa),  hamda  viruslar  ko’payib ketganda aniqlanmagan hollarda. Muolaja tartibini  viruslar miqdori aniqlanganda yoki RVQ-preparatlariga sezuvchanlik sust bo’lganda o’zgartirish qiyinchilik tug’diradi. Shifokoringiz immunitet holatini tekshirib, siz bilan davo variantlarini muhokama qiladi. Agar sizda preparatlarga sezuvchanlik past bo’lsa, bu preparat tanlash imkoniyatini cheklaydi.


Комментариев нет:

Отправить комментарий