OIV-musbat, endi nima qilish kerak?

OIV-musbat, endi nima qilish kerak?

         Hayot davom etadi. Sog‘lom va baxtli umr kechirish o‘z qo‘lingizda. Shuni yodda tutish kerakki, Odamning immunitet tanqisligi virusi bilan yashash sog‘lom turmush tarzini olib borishda ma’lum o‘zgarishlar va cheklovlarga rioya qilish, shuningdek, intiluvchanlikni talab etadi. Endi odatiy yashash tarzini sekin-asta o‘zgartirib borish lozim bo‘ladi.

         Odam immuntanqisligi virusini yuqtirganligini bilgan odamda uning hayotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatuvchi ikkilanish va qo‘rquv paydo bo‘la boshlaydi. Doim xavfni his etib yashash OIV bilan og‘rigan odamning eng katta muammosiga aylanadi. Tabiiyki, bunday holatda odamda infeksiyaning hayotida, sog‘lig‘ida, jinsiy hayoti, ijtimoiy aloqalarida tutgan o‘rni bilan bog‘liq ko‘plab savvollar ham tug‘iladi. Ana shunday ayrim murakkab va asosiy savollarga quyidagi qo‘llanmadan javob topishingiz mumkin.

Odamning immunitet tanqisligi virusi aniqlangan odamlarda paydo bo‘ladigan eng asosiy savollar:

§  OIV bilan yana qancha yashashim mumkin?
§  Kelib chiqishi mumkin bo‘lgan kasalliklar (OITS) ni kechiktirish yoki ularning oldini olish uchun nima qila olaman?
§  Qanday tibbiy profilaktik tadbirlar mavjud va ularni qachon qo‘llagan ma’qul?
§  Mening holatimda kerak bo‘ladigan barcha dori vositalarini olish imkoniyatiga egamanmi yoki zaruriy preparatlar faqat klinik tadqiqotlar doirasidagina bormi yohud ular faqat xorijdagina sotiladimi?
§  Infeksiya yuqtirishning boshqa odamlar bilan ijtimoiy aloqada bo‘lish jarayonidagi oqibatlari qanday?
§  Menda infeksiya borligini boshqalarga aytishim shartmi, boshqalarni xavf ostida qoldirishim mumkinmi va men o‘zimni tutishmni qanday o‘zgartira olaman?
§  Ishim nima bo‘ladi?
§  Oila qura olamanmi va tug‘iladigan farzandlarim sog‘lom bo‘ladimi?
§  OIV uchun test natijalarini rafiqam/erimga aytsammkin yo aytmasammi?
§  Abort (homilani oldirib tashlash) qildirsammikin yoki farzandimni dunyoga keltiraymi? (agar test natijalar ayol homiladorligida chiqqan bo‘lsa)
OIV uchun test natijalarini boshqalarga oshkor qilish muammosi

         Siz tashxis haqida boshqalarni boxabar qilishga majbur emassiz. Aksariyat hollarda OIV yuqtirganlik haqida boshqalarga ma’lum qilish ko‘pgina ko‘ngilsizliklarga sabab bo‘ladi. 

Binobarin, OIV haqida yetarli tushunchaga ega bo‘lmagan odamlarning OIV-musbatlarga nisbatan havotirli yoki keskin munosabatda bo‘lish hollari tez-tez kuzatladi. Shunday bo‘lsada, sizga oilangiz va do‘stlaringiz yordami kerak bo‘lib qolishi ham mumkin. Bunday holatda siz aytadigan yangilikka odamlarning qanday munosabat bildirishini hisobga olish kerak:

§  Ular sizning muammoingizni tushunib sizni yetarli darajada qo‘llab-quvvatlay olarmikin?
§  Ular OIV/OITS (Orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi) haqida yetarli bilimga egami?
§  OIV-infeksiyasiga chalinganingizni boshqalardan sir tuta olasizmi?
§  Bu boshqa odamning sog‘ligiga ta’sir ko‘rsatishi mumkinmi (agar sizlar inyeksion narkotiklar qabul qilishda umumiy vositalardan foydalangan  yoki himoyalanmagan jinsiy aloqa qilgan bo‘lsangiz) ?

Agar farzandlaringiz bo‘lsa ularga OIV infeksiyasini yuqtirganingizni aytish yoki aytmaslik muammosi paydo bo‘ladi. Bordiyu aytmoqchi bo‘lsangiz buni qay tarzda amalga oshirasiz? Bunday holatda siz ruhshunos yoki bunday muammolarni boshidan o‘tkazgan odam bilan masalahatlashib olishingiz lozim. Eng muhimi maslahatdoshingiz bu muammo haqida yetarli bilimga ega bo‘lishi kerak. Ana shunda uning yo‘l-yo‘riqlari sizga va yaqinlaringizga zarar yetkazmaydi. Shu ham yoddan chiqarmangki, ko‘pgina hududlarda siz kabi OIV-infeksiyasiga chalingan odamlar tomonidan tashkil etilgan tashkilotlar va markazlar faoliyat yuritadi. Siz ana shu muassasalarda ham kerakli maslahatlarga ega bo‘lishingiz mumkin. Har qanday holatda ham shoshma-shosharlik bilan qaror qabul qilmang. Qachonki, Odamning immuntanqisligi virusiga chalinganingizni boshqalarga aytagningizda hech qanday zarar ko‘rmasligingiz va yetarli yordam olishingizga ishonch hosil qilsangizgina yakuniy qarorga keling.

Tashxis aytiladigan kunda

        Odamning immunitet tanqisligi virusi uchun testdan o‘tish va oxir oqibatda OIV-musbat degan tashxis olish siz uchun og‘ir sinovga aylanishi mumkin. OIV uchun analizdan o‘tishda har qanday tibbiyot muassasasida testgacha va testdan keyin bepul maslaxatlar beriladi. Suxbat jarayonida sizni OIV/OITS

haqidagi ma’lumotlardan boxabar etishadi va sizni qiziqtirgan savollarga javob berishadi. Ammo barcha savollaringizga javoblar olishingizda shifokor tomonidan beriladigan ma’lumotlar yetarli bo‘lmasligi ham mumkin.
Odamning immuntanqisligi virusi bo‘yiha maslaxatlar berish birinchi navbatda testdan o‘tgan insonni ruhiy tomondan qo‘llab-quvvatlash, uni tushkunlikni yengib o‘tishida ko‘maklashishga qaratilgan. Sizga “OIV-infeksiyasi” bu, o‘lim hukmi emasligi, hayot bu bilan to‘xtab qolmasligi va uzoq yashashning eng muhim omili – jismoniy va ruhiy ahvolingiz haqida qayg‘urishingiz ekanini anglashingizda ko‘maklashishadi. Maslaxatlashuv jarayonlari tajribasidan ma’lumki, aksariyat hollarda virusni sevimli insoniga yuqtirish bilan bog‘liq havotirlar OIV-musbatlarni qattiq tashvishga soladi. Konsultant sizga sevgan insoningiz/sherigingizga bu muammo haqida qay tarzda aytish bo‘yicha kerakli maslaxatlar beradi.
haqidagi ma’lumotlardan boxabar etishadi va sizni qiziqtirgan savollarga javob berishadi. Ammo barcha savollaringizga javoblar olishingizda shifokor tomonidan beriladigan ma’lumotlar yetarli bo‘lmasligi ham mumkin.Odamning immuntanqisligi virusi bo‘yiha maslaxatlar berish birinchi navbatda testdan o‘tgan insonni ruhiy tomondan qo‘llab-quvvatlash, uni tushkunlikni yengib o‘tishida ko‘maklashishga qaratilgan. Sizga “OIV-infeksiyasi” bu, o‘lim hukmi emasligi, hayot bu bilan to‘xtab qolmasligi va uzoq yashashning eng muhim omili – jismoniy va ruhiy ahvolingiz haqida qayg‘urishingiz ekanini anglashingizda ko‘maklashishadi. Maslaxatlashuv jarayonlari tajribasidan ma’lumki, aksariyat hollarda virusni sevimli insoniga yuqtirish bilan bog‘liq havotirlar OIV-musbatlarni qattiq tashvishga soladi. Konsultant sizga sevgan insoningiz/sherigingizga bu muammo haqida qay tarzda aytish bo‘yicha kerakli maslaxatlar beradi.


         Ma’lumot va maslaxatlar olish uchun shuningdek, boshqa tashkilotlarga murojaat qilishingiz yoki ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin. Tushkunlikka tushmang, siz yolg‘iz emassiz. Ko‘plab odamlar siz duch kelgan muammoni boshdan kechirishgan va shunga qaramay hammaga o‘xshab yashashmoqda, oila qurib (Er yoki xotinda OIV-infeksiyasi bor bo‘lsada) sog‘lom farzandlarni dunyoga keltirishmoqda. Ko‘plab tashkilotlarda Odamning immunitet tanqisligi virusi bilan yashayotgan odamlar uchun o‘z o‘ziga yordam guruhlari faoliyat ko‘rsatadi. Siz ana shu guruhlarga ham murojaat qilishingiz mumkin.

Комментариев нет:

Отправить комментарий