Qo‘shimcha terapiya


Davolashning muqobil usullariga juda ehtiyotkorlik bilan yondashish zarur; ularning ko‘pchiligi muayyan an’anaviy davolash tizimi (xitoy yoki hind meditsinasi) ga oid bo‘ladi va davolashning muqobil usullaridan faqat mutaxassis, yaxshisi OIV bo‘yicha yetarli bilimga ega bo‘lgan ekspert ko‘rsatmalari bo‘yichagina foydalangan ma’qul.

Muqobil meditsina vositalari va OIV-infeksiyasi.

Davolashning muqobil usullari nima?
         
   Hamma xastaliklarni davolashda bo‘lgani kabi, Odamning immunitet tanqisligi virusi infeksiyasini davolashda ham klassik va muqobil davolash usullari mavjud. Klassik bu – shifoxonalar, poliklinikalar (xususan Yuqorifaol antiretrovirus terapiyasini qo‘llashda ham) va boshqa tibbiyot muassasasalarida tibbiy ta’lim dargohining diplomiga ega bo‘lgan mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladigan davolash usulidir.
         Davolashning muqobil usullari deganda usullarning xilma-xilligi tushuniladi. Bular xalq tabobati, davolashning klassik usullari variatsiyalari, bilogik usullar, manipulyatsiya asrorlari kabilar bo‘lishi mumkin.

        Klassik meditsina davolashning muqobil usullarini qo‘llashga qanday yondashadi?
        Har biri o‘ziga xos yo‘nalishga ega bo‘lgan muqobil va klassik meditsina ko‘p hollarda bir-birini inkor etadi.  Shifokorlarni ularning bemorlari ko‘pincha o‘zboshimchalik bilan davolashning muqobil usullariga murojaat qilishi tashvishga soladi. Ularning xavotiriga asos bor. Agar bemor shifokor tomonidan tayinlangan muolajadan tashqari yana qanaqadir davo usllaridan foydalanayotgan bo‘lsa va buni shifokorga aytamasa, mutaxassis qaysi muolaja foyda bergani yoki aksincha, noxush oqibatlarni keltirib chiqarganini aniqlay olmaydi.
        Davolashning muqobil usullariga ehtiyotkor munosabatda bo‘lishning yana bir sababi bor. Bunday usullarning ko‘pchiligi hali klinik jihatdan tadqiq qilinmagan, aniqroq aytganda, ularning xavfsiz ekani va samarasi hozircha o‘z isbotini topmagan. O‘z navbatida davolashning ko‘pgina usullari nojo‘ya ta’sir xususiyatini aniqlash bo‘yicha o‘rganilmagan (masalan, giyohlardan tayyorlangan ayrim dori vositalarining jigarga zaharli ta’sir ko‘rsatish xususiyatlari). Ba’zida muqobil usullarning samradorligini platsebo effekti (odamning o‘z-o‘zini ishontirishi oqibatida xayolan davo topishi) natijasida baholash qiyin. Ya’ni, agar odam qahva jig‘ildon qaynashini to‘xtatishiga qattiq ishonsa, jig‘ildon qaynashi aynan qahva ichilganidan so‘ng barham topadi.

Fitopreparatlar va ozuqa qo‘shimchalari
         OIV/OITS ga chalingan bemorlarni davolashda ko‘p hollarda fitopreparatlar va ozuqa qo‘shimchalaridan foydalaniladi. Ularning eng keng tarqalanlari quyidagilar:
§  Omega-3  - yog‘li kislotalar yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi va neyropatiyani davolashda qo‘llaniladi.
§  Vitaminlarning katta dozalari, mineral vositalar va antioksidantlar immun tizimini mustahkamlash va kasallikning rivojlanish sur’atlarini pasaytiradi.
§  Vitaminoterapiya holsizlanishni davolashda qo‘llanilib, ular ishtahani ochadi va oziq moddalarining so‘rilishiga xizmat qiladi.
§  Diareya va boshqa simptomlarni davolashda giyohlar jamlanmasidan foydalaniladi.

Yaqinda o‘tkazilgan o‘rganishlar naijasida aniqlangan OIV-musbat bemorlarda fitopreparatlar va ozuqa qo‘shimchalarni qo‘llash oqibatida kelib chiqadigan muammolar:



§   Exinatseya: exinatseya immun tizimini kuchaytirishi davomida OIV-infeksiyasining rivojlanishini tezlashtiradi degan fikrlar mavjud.
§  РАСТОРОПША: qondagi dorivor preparatlar konsentratsiyasini oshirib jigar fermentlari faolligini pasaytiradi (jigar fermentlari dorilarni organizmdan chiqarib tashlovchi fermentlar bo‘lib, ular organizmda ortiqcha dorilar to‘planib qolishining oldini oladi).
§  Qizilpoycha: qondagi Antiretrovirus preparatlari konsentratsiyasini kamaytirshi va o‘simtaga qarshi vositalar bilan o‘zaro ta’sirlashishi mumkin (ya’ni o‘simtaga qarshi preparatlar ishiga halal beradi).
§  Mast qiluvchi qalampir (kava-kava): qonda ayrim proteazlar ingibitorlari konsentratsiyasini chaqirishi mumkin.

Igna bilan davolash (Akupunktura)
        Igna bilan davolash an’anaviy xitoy meditsinasiga oid bo‘lib bu davolash usuli ingichka ignalarni organizmdagi quvvatni muvozanatga keltiruvchi va sog‘liqni mustahkamlovchi deb hisoblanadigan muayyan nuqtalarga sanchishni o‘z ichiga oladi. Akupunktura nuqtalari kasallik alomatlariga mos ravishda quvvat oqimlari (meridianlar) bo‘ylab tanlanadi.
        Akupunktura og‘riqli jarayonlarda yordam berishi mumkin, ko‘ngil aynishi va qayd qilishni kamaytirib, shuningdek, giyohvandlikni davolashda ham asqotisihi mumkin.
        Ammo shuni ham unutmaslik joizki, igna bilan davolashning foydali ta’sirlaridan tashqari jiddiy asoratlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan xususiyatlari ham bor.
§  Septik (yallig‘lanuvchi, yiringli). Ignalarni noto‘g‘ri tozalash, sterilikka rioya qilmaslik natijasida kelib chiqadi. Bunda igna sanchilgan joylar yiringlaydi, turli bakteriya va viruslar yuqadi.
§  Travmatik. Inson anatomiyasini yaxshi bilmaydigan refleksoterapevt tomonidan amalga oshirilgan muolaja seansi bemorning sog‘ligi, xatto hayotiga jiddiy xavf solishi mumkin. Chunki muolaja davomida igna bilan u yoki bu a’zo, yohud qon tomiriga jarohat yetkazish, asab tolasiga tegib ketish hech gap emas.
§  Surunkali xastaliklarning kuchayishi ko‘rinishidagi asoratlar
§  Vegeta qon tomir reaksiyalari. Xushini yo‘qotish, xushdan ketish, kollaps va shok, yurak urishining tezlashishi yoki sekinlashuvi.
§  Teri reaksiyalari. Ignalar, spirt, shuvoq tutuni, qizishga allergiya, gerpetik, yiringli infeksiyalar.
§  Ruhiy asoratlar. Og‘riqning kuchayishi yoki uning yolg‘on formasi, zo‘raki kulgu, yig‘i, bezgakli holatlar.
§  O‘simta jarayonlarining kuchayishi.

Massaj
         Massaj bu – inson tanasining turli qismlariga mexanik ta’sir ko‘rsatishdir. Massaj tananing turli qismlariga qon quyilishini ta’minlaydi, natijada, teri oziq moddalar bilan to‘yinib mushaklarning bo‘shashishi yoki aksincha tortishishiga sabab bo‘ladi. Massajning aniq ta’siri massaj usullari, kuchi va davomiyligiga bog‘liq.
      OIV-infeksiyasida massaj qo‘llashdan ko‘zlangan maqsadlar:
§  Immunitetni mustahkamlash;
§  Mushaklar va suyaklardagi og‘riqni kamaytirish;
§  Limfalar qochishining kuchayishi;
§  Umumiy bo‘shashish;
§  Umurtqa va paylarga ta’sir o‘tkazish orqali organizm funksiyalarining tiklanishiga yordam berish.
Qizig‘i shundaki, massajdek foydali tadbirning ham o‘z salbiy tomonlari mavjud – teri kasalliklari, ichki qon ketish, terining chuqur jarohatlanishi, onkologik xastaliklar, yurakning ayrim xastaliklari. Shu sababli massaj olishdan avval albatta shifokor bilan maslaxatlashing.
Yodda tuting! Tajribali massajchi bu tadbirning xavfsiz o‘tishini ta’minlaydi. Biroq tajribasiz yoki yetarli malakaga ega bo‘lmagan massajchi tomonidan amalga oshirilgan massaj kuchli og‘riq va qon ketishiga sabab bo‘lishi, manual terapiyaning noprofessional tarzda o‘kazilishi suyak chiqishi, qon tomirlarining yorilishi va insultga olib kelishi ham mumkin.


    
Davolashning muqobil usullarini qo‘llashdan avval nimalarga e’tibor qaratish lozim?

1.   Sizga OITS dan xalos etishi kafolatlangan vositani sotishga urinayotgan odamdan ehtiyot bo‘lish kerakmi, vaholanki bunday dori vositasining o‘zi mavjud emas.
2.   Muqobil sog‘lomlashtirish sohasida juda ko‘p tovlamachilar faoliyat yuritadi va taajubki, ularning ko‘pchiligi ustasi farang, tegishli diplomga ega va ilmiy farazlarni ham yaxshi biladi. Muolaja narxining balandligi uning samarali ekanidan dalolat bermaydi.
3.   Odamning immunitet tanqisligi virusi infeksiyasida immunitetni qo‘zg‘atish foydali emas.
4.   Noan’anaviy usul haqida kamida uchta mustaqil manbaadan ma’lumot olish joiz (masalan, davolovchi shifokor, Internet yoki shu usuldan foydalanib ko‘rgan odam).
5.   Muolajaning muqobil usulidan foydalanishdan avval bu haqda albatta davolovchi shifokoringizga ma’lum qiling.
6.   Davolashning muqobil usullari Antiretrovirus terapiyasining o‘rnini bosa olmaydi.
7.   Sizdan iste’mol qilib kelayotgan dorilaringiz va shifokor ko‘rigidan voz kechishingizni talab qilayotgan muqobil meditsina mutaxassisida davolanishga zinhor rozilik bermang.
8.   Usulning OIV/OITS bilan og‘rigan bemorlarda klinik sinovdan o‘tkazilgan  yoki o‘tkazilmagani haqida bilib oling. Binobarin, bu xastalik boshqa kasalliklar (saraton, diabet va boshq.) dan tubdan farq qiladi.
9.   Muolaja qaysi tamoyillarga, nimalarga asoslanganligi, unda qo‘llaniladigan preparatlar tarkibi haqida so‘rang. Bunday muhim ma’lumot tijorat siri bo‘lishi mumkin emas! Mujmal tibbiy va ezoterik atamalardan ko‘p foydalanayotgan, shuningdek, siz bilan o‘zini baland olib, haddan ziyod jaydari so‘zlashayotgan muqobil meditsina vakillaridan ham uzoqroq yuring.
10.                     Ovqatlanish ratsioningizni keskin cheklashga yoki ochlik bilan davolash haqidagi takliflarga zinhor rozi bo‘lmang! Mutaxassislarning sog‘lomlashtirish bo‘yicha keng tarqalgan tavsiyasi – kam kaloriya, kam oqsil – boshqa ayrim kasalliklarda foydali bo‘lishi mumkin. Ammo OIV-infeksiyasi bilan og‘rigan odamlarga bu umuman to‘g‘ri kelmaydi.
11.                    Odatda tovlamachilar mantiqiy argumentlar va dalillarga emas, balki, ehtiroslarga murojaat qiladi. Ular sizga xastalikdan butkul forig‘ bo‘lishni va’da qiladi,  qo‘rquvingiz bilan o‘ynashadi, go‘yoki ushbu usuldan sog‘ayib ketgan odamlar haqida so‘zlab beradi (garchi bu ma’lumot tasdiqlanmagan bo‘lsada). Reklama sezilib turgan va’dalarga uchmang!

Tushkunlikka tushmaslik uchun nima qilish kerak?

Odamning immunitet tanqisligi virusini yuqtirgan odamning hayotida tushkunlik darajasini qanday kamaytirish mumkin?

Muntazam ruhiy siqilish imumminitet funksiyalarining ishdan chiqishiga va Orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi (SPID) ning rivojlanishiga olib keladi. OIV-musbat odamlarda tushkunlik va ruhiy siqilishlar kuzatilishi tabiiy hol. Ammo bu salbiy omillar bilan kurashishning iloji yo‘q degani emas. Hozirgi kunda ko‘pgina yirik shaharlarda OIV-infeksiyasi bilan og‘rigan odamlarga ularning xastaliklari bilan bog‘liq tushkunliklar bilan kurashishda ko‘mak beruvchi dolzarb aloqalar, salomatlik va madad xizmatlari tashkil etilgan. Bunday dasturlar va xizmatlar surunkali siqilishlar bilan kurashib kelayotgan OIV-musbat odamlar uchun juda ham foydalidir.

Stress (tushkunlik, ruhiy siqlish) ning ijtimoiy va ruhiy omillari

Ruhiy aspektlar
1.   Fatalizm. OIV-infeksiyasini yuqtirgan odamlarda o‘lim haqida o‘ylay boshlash OITSning rivojlanish sur’atlarini tezlashtiradi. Fatalist bemorlarga uzoq yillardan buyon OIV bilan yashab kelayotgan, o‘z qo‘rquvi va havotirlarini jilovlay oladigan, o‘z kuchini vaqtinchalik bo‘lsada yutuqlarga erishishga sarflaydigan odamlar bilan suhbatlashishni tavsiya etish kerak.
2.   Surunkali sabrsizlik.
 OIV-infeksiyasi bilan og‘rigan odamlarning shoshqaloqligi СD4 hujayralarining yo‘qotilishiga sabab bo‘ladi. Bu toifadagi bemorlarga chuqur taskin beradigan seanslarga qatnashishni tavsiya etgan ma’qul. Buning uchun meditatsiya bo‘yicha maxsus dasturlarni qo‘llash shart emas, shunchaki iliq vanna qabul qilish yoki 5-10 daqiqa mizg‘ib olish yoki bo‘lmasa osuda va qorong‘uroq xonada bir necha daqiqa o‘tirish kifoya.

3.   Uzoq vaqtdan buyon mavjud stress.
 Bir necha oylardan buyon davom etib kelayotgan stresslar (odatda OIV-infeksiyasi bilan og‘rigan odamlarda) oxir-oqibatda immun tizimiga o‘ta salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Surunkali stresslardan aziyat chekuvchi bemorlarni ularning hayotidagi ma’lum ruhiy siqilishlar va tushkunlik omillari bilan kurashish rejasini ishlab chiqishga ko‘ndirish lozim. Xatto eng odiiy bir rejani tuzish ham stressing kamayishiga zamin yaratadi. Sababi bunda bemor stress omillarini bartaraf etish mumkinligiga ishona boshlaydi.

4.   Depressiya (tushkunlik).
Depressiyaning eng keng tarqalgan omillari – zaiflik, uyquning buzilishi, diqqatni jamlay olmaslik ham OIV-infeksiyasiga chalingan odam uchun xosdir. Ko‘p hollarda bu alomatlar rivojlanib borayotgan infeksiya simptomlari deb qabul qilinadi. Ammo bu xato fikr. Aslida bular depressiya simptomlari hisoblanadi. Klinik depressiya holatlari kuzatilganda bemorlarga nisbatan qoidaga ko‘ra, medikamintoz terapiya qo‘llaniladi. Yangi, yaxshi ta’sriga ega va xavfsiz antidepressantlarning paydo bo‘lishi esa preparatlar tanlashda yangi imkoniyatlarni ochib berdi. Biz agar sizda depressiyaning dastlabki alomatlari paydo bo‘lsa, vaqtni o‘tkazmasdan, klinik depressiya boshlanmasdan avval uning odini olishga qaratilgan choralar ko‘rish, masalan, sport bilan shug‘ullanish, basseynga qatnash, musiqa eshitish, raqs o‘rganish, tabiat qo‘yniga chiqish, do‘stlar bilan uchrashish, fitness-klublarga qatnash, sauna, dindor insonlar uchun masjidga borishni tavsiya qilamiz. Qiyin ahvolga tushib qolgan odamlarga har tomonlama ko‘mak berishga harakat qiling. Bu bilan siz birinchidan, depressiya holatidan chiqib ketishingiz mumkin, ikkinchidan, odatda muayyan qarshi ta’sirlarga ega kimyoviy preparatlarni qabul qilishingiz shart emas.
5.   Maqsad va vazifalarning yo‘qolishi.
Uzoq vaqtlardan buyon OIV-infeksiyasi bilan yashayotgan odamlar orasida o‘tkazilgan tadqiqotlarga shuni ko‘rsatdiki, ularning ko‘pchiligi mazmunli va biror maqsadga qaratilgan faoliyat bilan shug‘ullanar ekan. Biror maqsadi yo‘q bemorlarga ular OIV-infeksiyasini yuqtirmasdan avval intilgan maqsadlariga qaytib yana intilishda davom etishni tavsiya qilish kerak. Binobarin, OIV-musbat odamlar OIV-manfiylar singari kelajak rejalari bilan yashashga to‘la haqli.
6.   O‘ziga bo‘lgan ishonchning yetarli emasligi.
O‘z kuchiga ishonish uzoq vaqtdan buyon OIV bilan yashayotgan odamlarga xos xislatlardan biridir. O‘z sog‘ligi haqida qayg‘urishda faolroq bo‘lishni o‘rganish, madad va stress bilan kurashish yo‘llarini izlash zarur. Shuningdek, o‘zaro ko‘mak guruhi ishiga qo‘shilishni tavsiya etamiz. U yerda siz do‘stona yordam va ruhshunos ko‘magiga ega bo‘lishingiz mumkin. Bunday guruhlarda OIV-musbat odamlarda o‘ziga bo‘lgan ishonch darjasini oshirishga qaratilgan treninglar tez-tez o‘tkazib turiladi. Bunday guruhlarda har bir ishtirokchi uni hurmat qilishlari va tushunishlarini his etadi. Uning dardlarini eshitadiganlar bor va u ham kimgadir hamdard bo‘la oladi. 
7.   Ishonchli ko‘makning yetishmasligi.
Turmush o‘rtoq, sevgan inson, ishonchli do‘stning bo‘lishi OIV-infeksiyasiga chalingan insonning hayotida muhim o‘rin tutadi. Bunday insonlarning ko‘magi bemorga dadillik bag‘ishlaydi, uning ruhiyati va immun tizimiga stresslarning salbiy ta’sirlarini kamaytiradi. Yonida qo‘llab-quvvatlovchi insonlarning yo‘qligi esa bemor ahvolining tez sur’atlar bilan yomonlashishiga turtki beradi. “Yolg‘iz inson tez o‘ladi” degan qadimgi naql aynan shunday toifadagi OIV-musbatlarga yaqinroq.

Xulq-atvor aspektlari
1.   Noto‘g‘ri nafas olish.
Kuchli yoki surunkali stresslar ta’sirida bo‘lgan ko‘plab odamlar o‘zlari anglamagan holda nafaslarini tutib qolishadi yoki yuzaki nafas oladilar. Dastlab bu zaiflik va loqaydlikka olib keladi.
Vaqt o‘tgani sayin esa noto‘g‘ri nafas olish og‘ir oqibatlarni keltirib chiqarishi ham mumkin. Nafas olishda nuqsoni bor bemorlarni har tong va uxlashga yotishdan avval chuqur nafas olib chiqarish bo‘yicha oddiy badantarbiya mashg‘ulotlari o‘tkazishga o‘rgatish kerak. Nafas olib chiqarishga asosiy e’tibor qaratiladigan boshqa mashg‘ulotlar, masalan, yoga, aerobika bilan shug‘ullanish ham foydadan holi emas. Biroq bu nuqtai nazar bo‘yicha olimlar orasida bir biriga qarama-qarshi firkrlar ham mavjud.   
Eslatib o‘tamiz, OIV-infeksiyasini yuqtirgan odam bilan shug‘ullanayotgan shifokorning nazoratisiz xalq yoki noan’anaviy tibbiy muolajalarni tavsiya etish mumkin emas!


2.   Suyuqlikning yetarli darajada iste’mol qilinmasligi. 
    Ko‘pgina odamlar yetarli darajada suyuqlik iste’mol qilmaydi. Bir oddiya qoida bor: har bir odam bir kunda 8 stakan suyuqlik ichishi kerak. Indinavir qabul qiladigan bemorlarning ayrimlarida suyuqlikning tanqisligi buyrakda toshlar hosil bo‘lishiga olib keladi. Boshqalarda esa bu shlak ajralishining sekinlashuvi, buyraklarning og‘irlashishiga sabab bo‘lib, bemor organizmining fiziologik stresslar ta’siriga tushib qolishiga olib keladi. Agar ichimlik suvi biologik va kimyoviy jihatdan ifloslangan bo‘lsa, 50 hujayra/mkl3 dan kam CD4 aniqlangan bemorlarga qaynatilgan suv ichish, shuningdek, tejamkor va xavfisiz filtrlardan foydalanish tavsiya etiladi. Plastik idishlardagi suv kimyoviy elementlar vositasida qadoqlanishi mumkinligini ham e’tibordan chetda qoldirmaslik lozim. Bu OIV-musbat odamlar uchun juda xavflidir. Ammo bu masala hali to‘liq tadqiq qilinmagan. Suv filtrlaridan foydalanganda shuni yoddan chiqarmaslik kerakki, agar filtrda almashtiriluvchi kartridjlar bo‘lsa ularni o‘z vaqtida almashtirish kerak. Aks holda suv filtrlari xavf omiliga aylanib qolishi ham mumkin.
3.   Ishtahaning yo‘qligi va ovqatlanish usuli.
 Antiretrovirus preparatlar qabul qilayotgan bemorlarda, asosan antiretrovirus terapiyasining dastlabki bosqichlarida ishtahaning buzilishi kuzatilishi mumkin. Aslida, ayrim preparatlar va ularning qo‘shilmalari ovqat hazm qilishning buzilishi va ich ketishiga sabab bo‘ladi.
Ko‘ngil aynishi, dispepsik holatlar va diareyaga qarshi xalq tabobatida qo‘llaniladigan vositalar (chernika, guruch va xok.z) yoki dori vositalaridan foydalansa bo‘ladi. Ishtahani megestrol, oksandrol va boshqa preparatlar vositasida yaxshilash mumkin (shifokor ko‘rsatmasiga asosan!). Xalq tabobatida esa qaynatmalar, shuvoq yoki boshqa taxir ta’mga ega bo‘lgan giyohlar damlamalari ishtahani ochishi ma’lum.
4.   Uyquning buzilishi.
Xatto uyqusiz o‘tkazilgan bir kecha ham immun tizimining ayrim funksiyalarida buzilishlarga olib keladi. Epizodik ammo kuchli uyqu buzilishi kuzatiladigan bemorlaga ko‘mak berish lozim. OIV-infeksiyasi bilan og‘rigan bemorning yaxshi dam olishini ta’minlash uchun unga sedativ preparatlar berish mumkin.
Chunki sedativlar immun tizimi funksiyalariga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Uyqu dori ichmasa uxlay olmaydigan yoki dori qabul qilgandan so‘ng ham uyg‘onib ketishidan shikoyat qiladigan bemorlar uchun uyqusizlikning sabablarini aniqlash va ularni bartaraf etishga qaratilgan maslaxatlashuvlar foydali.
5.   Noto‘g‘ri yoki yetarli darajada bo‘lmagan jismoniy zo‘riqish.
Uzoq vaqtdan buyon OIV-infeksiyasi bilan yashab kelayotgan odamlar uchun yengil yoki o‘rtacha jismoniy zo‘riqish foydadan holi emas. Xatto haftasiga uch marta 20 daqiqadan sayr qilish orqali his qilinadigan jismoniy zo‘riqish ham ruhiy siqilishni kamaytirib immun tizimi faoliyatini yaxshilaydi. 

Tibbiy aspektlar.
1.    Xastalik vaqtida o‘zini parvarishlash imkoniyatining cheklanganligi.
OIV-infeksiyasiga chalingan har bir inson xastalik vaqtida o‘zini qanday parvarishlash zarurligini bilishi kerak. Kasallikda o‘zini parvarishlash jarayonida nima mumkinu, nima mumkin emasligini anglash imkonini beradigan o‘z-o‘ziga yordam rejasini tuzib olish lozim. Bunday rejani tuzishda OITS markazi va Odamning immuntanqisligi virusi bilan bog‘liq muammolar bilan shug‘ullanuvchi tashkilot konsultanti yordam berishi mumkin.
2.    Sog‘likdagi OIV bilan bog‘liq muammolarni to‘liq tushunib yetmaslik.
OIV-infeksiyasi bilan zararlangan odamlarga ko‘mak berish bilan shug‘ullanuvchilarning aksariyati o‘z sog‘ligi haqida qayg‘uradigan bemorlar boshqa bemorlarga qaraganda o‘zini yaxshiroq his etishini ta’kidlaydi. Ular vaqtni qabul qilinayotgan preparatlar qanday ta’sir ko‘rsatishi va nima sababdan shifokor ko‘rsatmalariga qat’iy amal qilish lozimligini tushunishga sarflashadi. Ayrim hollarda bunday bemorlar muolajalarning turli muqobillari yoki qo‘shimcha muolajalarni o‘rganishadi. Ular tibbiyotga aloqador bo‘lmagan, ishonchli odamlar bilan sog‘ligidagi muammolarni  muhokama qilishni o‘rganib olishadi.
3.    Birinchi yordam ko‘rsatadigan odamlar bilan o‘zaro sust munosabatda bo‘lish.
Birinchi yordam ko‘rsatadigan odamlar bilan hamkorlik qiladigan, ular bilan yaxshi munosabatda bo‘ladigan bemorlargina o‘zlarini boshqa bemorlarga qaraganda yaxshiroq his etishadi.


OIV ga ko‘nikish va sog'liqni nazorat etish

OIV ga ko‘nikish

 Demak, test sizda Odamning immuntanqisligi virusi borligini ko‘rsatdi. Endi nima bo‘ladi?

Tibbiy parvarish
         
   OIV-infeksiyasi boshlang‘ich bosqichlarida hech qanday alomatlarga ega bo‘lmaydi va siz bir necha yil mobaynida o‘zingizni yaxshi his qilishingiz mumkin. OIV-infeksiyasiga chalingan odamlarga malakali yordam ko‘rsatadigan yagona tibbiyot muassasasi bu, OITS markazidir. Ko‘pgina OIV-musbat insonlar OIV bilan bog‘liq muammolar va xastaliklarni davolash bo‘yicha tajribaga ega shifokor-mutaxassislarga murojaat qilishni ma’qul ko‘rishadi. Ammo qachonki sizning OITS markazidagi davolovchi shifokoringiz maslaxatlashish uchun ana shunday shifokor-mutaxassisga uchrashni taklif etsagina bu yaxshi natija berishiga umid qilsa bo‘ladi. Shifokor-mutaxassisga mustaqil borish va OIV-infeksiyasi bilan bog‘liq muammolarni o‘zboshimchalik bilan hal etishga urinish samarasiz yakun topishi ham mumkin. Boisi, bu juda xavfli, qolaversa bunday qaror OIV-musbat odamlarga yordam ko‘rsatish tizimiga ziddir. Yana bir sababi, OIV-infeksiyasi bu shunday xastalikki, u odamdagi ko‘pgina kasalliklarda o‘z izini qoldiradi. OIV-infeksiyasi ta’sirida oddiy kasalliklar boshqacha formada kechadi va ularga tashxis qo‘yishda katta qiyinchiliklarga yoki xatolarga yo‘l qo‘yiladi. Demak, noto‘g‘ri muolaja og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lishi ham mumkin ekan.
        Xatto siz o‘zingizni yaxshi his qilsangizda organizmingizda OIV bo‘lishi mikroorganizmlar chaqiradigan va immun tizimi sog‘lom odamlar kurasha oladigan boshqa infeksiyalar oldida sizni ojiz qilib qo‘yadi. Shu sababli, o‘z sog‘ligingiz haqida ko‘proq qayg‘uring, yaxshi ovqatlaning, sog‘ligingizga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi odatlar, jumladan, spirtli ichimliklar yoki narkotik moddalar iste’mol qilish, tamaki chekishdan voz kechgan ma’qul. Eng muhimi, kuchli, ayniqsa uzoq davom etadigan ruhiy siqilishlardan saqlanish kerak.

Sog‘liqni nazorat qilish

         Davolovchi shifokoringizga muntazam ko‘rinib turing. Shifokor sizda OIV-infeksiyasi qanchalik tez rivojlanayotganligini bilib turishi lozim. Bu shifokorga sizga muolaja tayinlash zarurati va muolajalarni qachon boshlash ma’qulligi haqida xulosa chiqarishda asqotadi. Shifokorlar xastalikning rivojlanish bosqichlarini aniqlash uchun sizning immun tizimingiz holatini o‘rganadi.
        OIV-infeksiyasining rivojlanish sur’atiga insonning hayot tarzi (agar xastalik rivojlanishini sekinlashtirmoqchi bo‘lsangiz sog‘lom turmush tarziga amal qiling!), irsiyat va asosan qonga tushgan virus shtammi ta’sir ko‘rsatadi. CD4 hujayralari odatiy sharoitlarda yiliga 50 ta hujayradan kamayishi o‘rtacha ko‘rsatkich sifatida qabul qilingan. Agar “immunologiya” uchun navbatdagi qon topshirishingizdan so‘ng avvalgi tahlildan keskin pasayish qayd etilgan bo‘lsa (50-100 tadan oshiq hujayra), u holda takroriy tahlil o‘tkazish tavsiya etiladi. Gap shundaki CD4 hujayralarining soni nafaqat OIV-infeksiyasi rivojlanishi balki, boshqa ayrim omillar: kunning vaqti, yondosh infeksiyalar, kayfiyat, ruhiy siqilish, hayz kunlari va hokazolarga bog‘liq ravishda o‘zgarib turadi.
        CD4 hujayralari soni ko‘rsatkichining 200 tadan tushib ketishi xasalik rivojlanishining jiddiy ko‘rsatkichi hisoblanadi va Antiretrovirus preparatlar vositasida muolaja boshlash zarurati tug‘ilganligini anglatadi. Aynan shuning uchun ham tahlil aniq bo‘lishi va CD4 hujayralari sonining pasayish ko‘rsatkichi bexato aniqlanishi talab etiladi; hech qachon u yoki bu omil ta’sirida ko‘rsatkichlarning tasodifiy o‘zgarishiga qarab xulosa chiqarish kerak emas. Xulosa chiqarishda shuningdek, T-limfotsitlarning umumiy populatsiyasidagi CD4 hujayralarining foiziga ham e’tibor qilish foydadan holi bo‘lmaydi. Bu ko‘rsatkich “immunologiya”da qonni tahlil qilish uchun foydalaniladigan moslamada aks etadi. Hujayralar foizi 12-15 % ni ko‘rsatsa, bu CD4 hujayralari sonining 200 k/mkl.dan pastligini anglatadi. OIV-manfiy odamlarda bunday foiz qariyb 40 ni tashkil etadi. Bolalarda (ayniqsa chaqaloqlarda) esa CD4 hujayralarining mutloq soni katta odamlardagidan sezilarli darajada yuqori bo‘ladi va shu tufayli shifokorlar CD4 hujayralarining muloq soni emas, balki, “CD4 hujayralari foizi” ko‘rsatkichidan foydalanishni afzal ko‘radi. Bunday yondashuv bolalarda OIV-infeksiyasi rivojini to‘g‘ri baholash imkonini yaratadi.
        Hujayralar soni holatini ko‘p martalik tahlillarda aniqlagan ma’qul. Bir martalik test odatda yetarli emas.
     Kasallikning rivojlanish bosqichlarini shuningdek, klinik simptomlar kuzatuviga asoslangan holda ham aniqlash mumkin. “Opportunistik” infeksiyalari chaqiruvchi qator xastaliklar ham mavjudki, bunday infeksiyalar OIV-infeksiyasi rivojlanishiga xos ko‘rsatkichlar hisoblanadi.

            Yodda tuting! Odamning immunitet tanqisligi virusi bo‘yicha faqat va faqat shifokorlar tavsiyalariga amal qilish kerak. Hech qachon do‘stlaringiz yoki ijtimoiy xizmatchilarning maslahatlariga ko‘ra ish qilmang. Garchi ularga haddan ziyod ishonsangizda. Bordiyu, biror shifokorning tavsiyalari sizda shubha uyg‘otadigan bo‘lsa OIV bo‘yicha tajribaga ega boshqa shifokor bilan maslahatlashing. Zinhor OIVga taaluqli bo‘lmagan boshqa yo‘nalish mutaxassisiga murojaat qilmang.


Jinsiy aloqalar, oila va bolalar.

         Agar siz Odamning immuntanqisligi virusi bilan og‘rish normal jinsiy aloqaga kirishishni va oilaviy hayotni yo‘qqa chiqaradi deb o‘ylasangiz xato qilasiz. To‘g‘ri, ayrim muammolar va murakkabliklar yuzaga kelishi mumkin. Ammo siz xavfsiz jinsiy aloqa qoidalariga rioya qilsangiz sherigingiz OIV-infeksiyasiga chalingan yoki chalinmaganidan qat’iy nazar sog‘lom va faol jinsiy hayotni olib borishingiz mumkin. Agar har ikkalangiz ham OIV-infeksiyasi bilan og‘rigan bo‘lsangiz ham jinsiy aloqa vaqtida himoya vositalaridan foydalangan ma’qul. Sababi, OIVning turlari ko‘p va OIV-musbat odam boshqa xavfli, Antiretrovirus preparatlariga chidamli infeksiyani yuqtirib olishi ehtimoldan yiroq emas. OIV-musbat ayollar agar ularga to‘g‘ri tibbiy yordam ko‘rsatilsa, sog‘lom bolani dunyoga keltirishi mumkin.

ARV (Antiretrovirus) terapiyasiga hayrixohlik dasturini shakllantirish


Antiretrovirus terapiyasini olayotgan odamlarda preparatlarni qabul qilish tartibi bilan bog‘liq muamolar paydo bo‘lishi mumkin. Preparatlarni o‘z vaqtida, qoldirmasdan qabul qilish, shuningdek, ovqat bilan (ovqatsiz) parhez tavsiyalarini bajarish bemorning muoalajaga qanday munosabatda bo‘lishiga bog‘liq. Bunday munosabat terapiyaga hayrixohlik deb ataladi. ARV terapiyasi olish bilan bog‘liq ko‘pgina tartiblarda 3 ta preparatni birdaniga, aniq belgilangan vaqtda va ba’zida muayyan parhezga rioya etgan holda qabul qilish ko‘zda tutiladi. Davolanishga hayrixohlik, tarafdorlik juda muhim. Binobarin, agar preparatlar pala-partish va vaqtga rioya etmagan holda qabul qilinsa virusning preparatlarga chidamlilik xususiyati kuchayishi ham mumkin. Shu boisdan, ayrim tashkilotlar bemorlarni qo‘llab-quvvatlaydi va muolajaga hayrixohlikni shakllantirishga katta e’tibor qaratadi (preparatlarning ta’sirini tushuntiradi, qabul qilish qoidalari haqida ma’lumot beradi, shuningdek, bemorning hayot tarziga muolaja tartibini moslashtirish strategiyasini ishlab chiqadi).


OIV-musbat, endi nima qilish kerak?

OIV-musbat, endi nima qilish kerak?

         Hayot davom etadi. Sog‘lom va baxtli umr kechirish o‘z qo‘lingizda. Shuni yodda tutish kerakki, Odamning immunitet tanqisligi virusi bilan yashash sog‘lom turmush tarzini olib borishda ma’lum o‘zgarishlar va cheklovlarga rioya qilish, shuningdek, intiluvchanlikni talab etadi. Endi odatiy yashash tarzini sekin-asta o‘zgartirib borish lozim bo‘ladi.

         Odam immuntanqisligi virusini yuqtirganligini bilgan odamda uning hayotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatuvchi ikkilanish va qo‘rquv paydo bo‘la boshlaydi. Doim xavfni his etib yashash OIV bilan og‘rigan odamning eng katta muammosiga aylanadi. Tabiiyki, bunday holatda odamda infeksiyaning hayotida, sog‘lig‘ida, jinsiy hayoti, ijtimoiy aloqalarida tutgan o‘rni bilan bog‘liq ko‘plab savvollar ham tug‘iladi. Ana shunday ayrim murakkab va asosiy savollarga quyidagi qo‘llanmadan javob topishingiz mumkin.

Odamning immunitet tanqisligi virusi aniqlangan odamlarda paydo bo‘ladigan eng asosiy savollar:

§  OIV bilan yana qancha yashashim mumkin?
§  Kelib chiqishi mumkin bo‘lgan kasalliklar (OITS) ni kechiktirish yoki ularning oldini olish uchun nima qila olaman?
§  Qanday tibbiy profilaktik tadbirlar mavjud va ularni qachon qo‘llagan ma’qul?
§  Mening holatimda kerak bo‘ladigan barcha dori vositalarini olish imkoniyatiga egamanmi yoki zaruriy preparatlar faqat klinik tadqiqotlar doirasidagina bormi yohud ular faqat xorijdagina sotiladimi?
§  Infeksiya yuqtirishning boshqa odamlar bilan ijtimoiy aloqada bo‘lish jarayonidagi oqibatlari qanday?
§  Menda infeksiya borligini boshqalarga aytishim shartmi, boshqalarni xavf ostida qoldirishim mumkinmi va men o‘zimni tutishmni qanday o‘zgartira olaman?
§  Ishim nima bo‘ladi?
§  Oila qura olamanmi va tug‘iladigan farzandlarim sog‘lom bo‘ladimi?
§  OIV uchun test natijalarini rafiqam/erimga aytsammkin yo aytmasammi?
§  Abort (homilani oldirib tashlash) qildirsammikin yoki farzandimni dunyoga keltiraymi? (agar test natijalar ayol homiladorligida chiqqan bo‘lsa)
OIV uchun test natijalarini boshqalarga oshkor qilish muammosi

         Siz tashxis haqida boshqalarni boxabar qilishga majbur emassiz. Aksariyat hollarda OIV yuqtirganlik haqida boshqalarga ma’lum qilish ko‘pgina ko‘ngilsizliklarga sabab bo‘ladi. 

Binobarin, OIV haqida yetarli tushunchaga ega bo‘lmagan odamlarning OIV-musbatlarga nisbatan havotirli yoki keskin munosabatda bo‘lish hollari tez-tez kuzatladi. Shunday bo‘lsada, sizga oilangiz va do‘stlaringiz yordami kerak bo‘lib qolishi ham mumkin. Bunday holatda siz aytadigan yangilikka odamlarning qanday munosabat bildirishini hisobga olish kerak:

§  Ular sizning muammoingizni tushunib sizni yetarli darajada qo‘llab-quvvatlay olarmikin?
§  Ular OIV/OITS (Orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi) haqida yetarli bilimga egami?
§  OIV-infeksiyasiga chalinganingizni boshqalardan sir tuta olasizmi?
§  Bu boshqa odamning sog‘ligiga ta’sir ko‘rsatishi mumkinmi (agar sizlar inyeksion narkotiklar qabul qilishda umumiy vositalardan foydalangan  yoki himoyalanmagan jinsiy aloqa qilgan bo‘lsangiz) ?

Agar farzandlaringiz bo‘lsa ularga OIV infeksiyasini yuqtirganingizni aytish yoki aytmaslik muammosi paydo bo‘ladi. Bordiyu aytmoqchi bo‘lsangiz buni qay tarzda amalga oshirasiz? Bunday holatda siz ruhshunos yoki bunday muammolarni boshidan o‘tkazgan odam bilan masalahatlashib olishingiz lozim. Eng muhimi maslahatdoshingiz bu muammo haqida yetarli bilimga ega bo‘lishi kerak. Ana shunda uning yo‘l-yo‘riqlari sizga va yaqinlaringizga zarar yetkazmaydi. Shu ham yoddan chiqarmangki, ko‘pgina hududlarda siz kabi OIV-infeksiyasiga chalingan odamlar tomonidan tashkil etilgan tashkilotlar va markazlar faoliyat yuritadi. Siz ana shu muassasalarda ham kerakli maslahatlarga ega bo‘lishingiz mumkin. Har qanday holatda ham shoshma-shosharlik bilan qaror qabul qilmang. Qachonki, Odamning immuntanqisligi virusiga chalinganingizni boshqalarga aytagningizda hech qanday zarar ko‘rmasligingiz va yetarli yordam olishingizga ishonch hosil qilsangizgina yakuniy qarorga keling.

Tashxis aytiladigan kunda

        Odamning immunitet tanqisligi virusi uchun testdan o‘tish va oxir oqibatda OIV-musbat degan tashxis olish siz uchun og‘ir sinovga aylanishi mumkin. OIV uchun analizdan o‘tishda har qanday tibbiyot muassasasida testgacha va testdan keyin bepul maslaxatlar beriladi. Suxbat jarayonida sizni OIV/OITS

haqidagi ma’lumotlardan boxabar etishadi va sizni qiziqtirgan savollarga javob berishadi. Ammo barcha savollaringizga javoblar olishingizda shifokor tomonidan beriladigan ma’lumotlar yetarli bo‘lmasligi ham mumkin.
Odamning immuntanqisligi virusi bo‘yiha maslaxatlar berish birinchi navbatda testdan o‘tgan insonni ruhiy tomondan qo‘llab-quvvatlash, uni tushkunlikni yengib o‘tishida ko‘maklashishga qaratilgan. Sizga “OIV-infeksiyasi” bu, o‘lim hukmi emasligi, hayot bu bilan to‘xtab qolmasligi va uzoq yashashning eng muhim omili – jismoniy va ruhiy ahvolingiz haqida qayg‘urishingiz ekanini anglashingizda ko‘maklashishadi. Maslaxatlashuv jarayonlari tajribasidan ma’lumki, aksariyat hollarda virusni sevimli insoniga yuqtirish bilan bog‘liq havotirlar OIV-musbatlarni qattiq tashvishga soladi. Konsultant sizga sevgan insoningiz/sherigingizga bu muammo haqida qay tarzda aytish bo‘yicha kerakli maslaxatlar beradi.
haqidagi ma’lumotlardan boxabar etishadi va sizni qiziqtirgan savollarga javob berishadi. Ammo barcha savollaringizga javoblar olishingizda shifokor tomonidan beriladigan ma’lumotlar yetarli bo‘lmasligi ham mumkin.Odamning immuntanqisligi virusi bo‘yiha maslaxatlar berish birinchi navbatda testdan o‘tgan insonni ruhiy tomondan qo‘llab-quvvatlash, uni tushkunlikni yengib o‘tishida ko‘maklashishga qaratilgan. Sizga “OIV-infeksiyasi” bu, o‘lim hukmi emasligi, hayot bu bilan to‘xtab qolmasligi va uzoq yashashning eng muhim omili – jismoniy va ruhiy ahvolingiz haqida qayg‘urishingiz ekanini anglashingizda ko‘maklashishadi. Maslaxatlashuv jarayonlari tajribasidan ma’lumki, aksariyat hollarda virusni sevimli insoniga yuqtirish bilan bog‘liq havotirlar OIV-musbatlarni qattiq tashvishga soladi. Konsultant sizga sevgan insoningiz/sherigingizga bu muammo haqida qay tarzda aytish bo‘yicha kerakli maslaxatlar beradi.


         Ma’lumot va maslaxatlar olish uchun shuningdek, boshqa tashkilotlarga murojaat qilishingiz yoki ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin. Tushkunlikka tushmang, siz yolg‘iz emassiz. Ko‘plab odamlar siz duch kelgan muammoni boshdan kechirishgan va shunga qaramay hammaga o‘xshab yashashmoqda, oila qurib (Er yoki xotinda OIV-infeksiyasi bor bo‘lsada) sog‘lom farzandlarni dunyoga keltirishmoqda. Ko‘plab tashkilotlarda Odamning immunitet tanqisligi virusi bilan yashayotgan odamlar uchun o‘z o‘ziga yordam guruhlari faoliyat ko‘rsatadi. Siz ana shu guruhlarga ham murojaat qilishingiz mumkin.