“Oramizdagi
aksariyat odamlarning bu dunyoda yashashining sababi bu hayot- Inson yashashga
majbur! Lekin keling, bu hayotni asosiy bajarish kerak bo’lgan vazifamiz –
porloq kelajak orzusi tushunchasi bilan yashaylik. Biz yoshlar vatanimiz rivoji
uchun hissa qoshmoqdamiz. O’zom bilan faxrlanaman, chunki men bu ishni OIV
musbat bo’lib ham qila olaman. Shunga amin bo’lmoqchimanki, hayotimda berilayotgan barcha imkoniyatlardan unumli
foydalanyapman. Kurashishdan keyin yengillik keladi, keling do’stlar epidemiya
bilan yelka-ma yelka turib kurashaylik. Biz buni uddalaymiz.” Nelao Namibiya 21
yosh.
OIV/OITS
tarqalishida asosiy ro’lni yoshlar o’ynamoqda. Yaqin orada kasallanganlarning
yarmi 15-24 yoshli guruhdan tashkil etmoqda. Lekin yaxshi habarlar ham bor, bu
degani,yoshlar yoshi kattalarga qaraganda o’zini va atrofidagilarini himoya
qilish uchun, hulqini o’zgartirishiga va shaxsiy himoya vositalaridan
foydalanishga moyil.
Bundan
tashqari yoshlar uchun bunday vaziyatda tengdoshlari orasida ma’lut tarqalishi
osonroq kechadi. Chunki yoshlar zomonaviy yoshli nima ekanligini yaxshi
tushunadi.
Ushbu
sahifalarda dunyoda OIV/OITS vaziyatini o’zgartirishga hissa qo’shayotgan lider
yoshlar haqida yozilgan.
(Loren 15
yosh Buyuk Britaniya)
Yoshlar
bilan ishlash boyicha UNICEF da maslahatchi. Qachonlardir u Yamaykada UNISEF qollab–quvvatlayotgan
OIV/OITS profilaktikasi, davollash uchun tegishli tadbirlar olib
borilayotganini kuzatish uchun borgan Buyuk Britaninaning 7 ta yoshlardan
iborat guruh a’zosi edi. Keyingi sahifalarda bu haqda batafsil yozilgan.
Nahotki 21
soatli uyqusizlikdan so’ng Kingston shahridagi mehmonxonaga joylashdim, endi
bemalol hayolimdagini yozib olaman. Uzoq kutilgan Getvigni, undan ham uzoq hu
uchish va uch soat Kingstonda nihohat Yamaykani ko’rdik. Kingsondagi
sayohatimizning o’zi ham juda ajoyib kechgan.
Yamayka juda
jonli, yorug’, rang-barang shahar ekan. Odamlari ham juda mehmondo’st. Tongda
oxirigacha qayerda ekanimni aglamay uyg’ondim, endi biz shu yerdamiz, tezroq
Yamaykalik odamlar bilan tanishib, mashhur bo’lgan proektlarni ko’rgim
kelyapti.
Biz
haqiqatdan ham Yamaykada vaqt qanday o’tayotganini tushunib yetdik: har bir
ishga ma’lum vaqt ketar ekan. Chunki bu yerdagi odamlar ishlarini kelishib,
shoshmasdan bajarar ekan. Bu yerda bir necha soat turib bunga amin bo’ldim.
Sabrsizlik bilan ertangi kunni kutyapman. (Yamaykadagi UNICEF bo’limiga tashrif
buyurmoqchimiz)
Ikkinchi kun
Tongda yana
vqtli uyg’onib Yamaykadagi UNICEF ofisiga bordik. Uyerda bizni Yamaykadagi OIV
qarshi kurash ishlari bilan tanishtirishdi. Bizni instruktorlarimiz Bertan
(Yamaykadagi UNICEF boshlig’i) va Yamayka sog’likni saqlash vazirligidagi
shifokor. Bu yerdagi tashrifimiz qanchalik muhimligini edni tushunyapman,
asosiy vazifamiz Yamayka yoshlarining
muammoriga iloji boricha ko’proq e’tibor qaratish. Lekin mening vazifam Buyuk
Britaniya yoshlari uchun ko;proq ma’lumot to’plashdan iborat. Manimcha ushbu
sayohat vaziyatni yaxshi tomonga o’zgartirish uchun yaxshi imkoniyat. Shu yerda
ekanimga hali zamon ishongim kelmaydi.
Kunning
ikkinchi yarmida bi “Ashe” bilan uchrashdik. Yoshlar ansambli, OIV infesiyasi
va boshqa infeksion kasalliklar haqidagi ma’lumotlarni sahna ko’rinishari,
musiqa orqali yetkazib berishga harakat qilishmoqda. Bu guruh yozgi “Ashe”
maktabida konsert beradi “Harakatga uyg’ot, yangi odamlarni jab qil va
majburiyatingni bajar” propaganda qilishadi, shuni aytib o’tish kerakki, ular
xaq.
Boshida
ozimni ishonchsiz his etdim, lekin bir necha soatdan keyin vaziyatga kirishib
ketdim. Biz “Ashe” ni oddiy bir sahna
kornishini ko’rdik, birgina oddiy so’zda ko’p ma’noli harakatni ifoda etilishi
bu Ajoyib. Umid qilamanki Buyuk Britaniya yoshlari uchun bir hilgi
videotasmalarni va qo’llanmalarni o’zimiz bilan olib ketishga muvaffaq
bo’lamiz. Oddiy bir sahna ko’rinishi bunchalik ta’sirli va ilhomlantiruvchi
bo’lishiga ishongim kelmaydi.
Kun davomida
Yamayka milliy “Tin sin” televidiniyasiga yoshlar ko’rsatuviga intervyu berdik.
UNICEF g’oyalarini butun Yamaykaga tadbiq etishimizni bilib o’zimni biroz
yo’qotib qo’ydim.
Hullas, bir
kun mobaynida shuncha yangi axborotni bilishim, bugun ko’rgan proekdan
bunchalik ilhomlanishimga ishongim kelmaydi. Bu kun juda ham ajoyib o’tdi,
bugungi kunni bir qismini Buyuk Britaniyaga olib ketsak qaniydi…
Uchinchi kun
Bugun biz
Ponos Karibien tashkilotining ofisiga tashrif buyurdik, ular OIV/OITS
muammolari haqida yozadigan OIV musbat yosh jurnalistlar bilan hamkorlik qilashadi.
Hammamiz birgalikda Yamayka va Buyuk Britaniya uchun kompaniya tayyorladik,
asosiy mavzu stigma va diskriminatsiya bo’ldi. Shu uchta yosh inson
tufayli Yamaykada OIV musbat bo’lib
yashash nima ekanligini tushundik. Bevosita qatnaschilardan to’liq ma’lumotlani
eshitganimiz tufayli umumiy real holatni ko’rishga muvaffaq bo’ldik. Buyuk
Britaniyada keng tarqalmagan bo’lsada, OIV musbat ta’mg’asi qator muammolarni
keltirib chiqaradi.
Panos
odamlari bizga ko’p narsa o’rgatishdi, ular davlatda ko’p baxslarga duchor
bo’ladigan, OIV musbat odamlar ommaviy tanqitga uchraydigan, mushkul iwlarni
bajarishmoqda. Kun davomida Yamayka va Buyuk Britaniya kompaniyasidagi
tadbirlarni farqini ko’rib shunday hulosaga keldik: kompaniyalarga farqli
yondashish kerak, masalan, internet kompaniyani olib borishda juda kata o’ringa
ega bir paytda, Yamaykada yoshlar xat yozishga urg’u qo’yar ekan. Bugun
ma’daniyatimizdagi o’xshashlik va farqlarga bugun katta e’tibor berildi. Bugun
ajoyib jamoadan umid bag’ishlovchi ko’p yangiliklarni bilib olganimni his
etdim.
To’rtinchi kun
Bugun biz
Santyago-de-la-Vega shahriga “Bashi bas kru” guruhini ko’rishga bordik bordik,
va osha “Bashi” avtobusini ham. “Bashi” avtobusi (ko’ngil ochar tadbir) u ozida
mobil klinikani tasvirlaydi, turli yorqin ranglarga bo’yalgan avtobus yamayka
bo’ylab sayohat qilib yoshlarga OIVinfeksiyasini tekshirish uchun deyarli bir zumlik analiz
topshirish va maslahat olish mumkun bo’ladi. Bashi guruhi o’z avtobusida
sayohat qilib “Hayotiy drammalar” sahna ko’rinishlarini (erta homiladorlik,
OIV/OITS, zo’ravonlik) yoshlarga taqdim etishadi. Ularning musiqasi ham
shularning bir qismi, biz “Bashi bas kru” videoroligini Buyuk Britaniyaliklarga
havola etmoqchmiz, chunki ularning me’todlari Yamaykada oz natijasini ko’rsatdi.
Bunga “Bashi bas kru” videoroligini sur’atga olish jarayonida amin bo’ldi.
“Bashi bas
kru” a’zolari bizga birxilgi qo’llanmalar haqida aytib berishdi, bularni ular
tengdoshlari bilan ish olib borilayotganda qollashar ekan. Bu narkomaniya va h.k.z. muammolarni ustidan
kulishdan iborat ekan. Oddiy mendek angliyalik qizchaga bu fikr biroz g’aroyib
tuyuldi, lekin oxirrog’iga kelganda o’zimga ishonch his etdim.
Barcha Bashi
a’zolari sahna ko’rinishlari o’zida uch qismni qamrab olishi kerak deb
hisoblashadi: Muammo, muammoning oqibati va muammoning yechimi. Ularning
tegdoshlari uchun qo’llaydigan ta’lim qo’llanmalari biznikidan ancha farqlanar
ekan. Ularda ko’proq raqs, musiqa va sahna ko’rinishlari ishlatilar ekan, bizda
ko’proq intelektual o’yinlar va ommaviy suhbatlar olib boriladi. har xil
auditoriyaga moslashgan bo’lishiga qaramasdan, lekin ikki metod ham o’z
natijasini ko’rsatadi, yamayka qo’llanmalarini Buyuk Britaniya yoshlariga
qo’llasak manimcha juda qiziq bo’ladi. Chunki bu yerda bu metodlar samarali,
Angliyada yangi auditoriyani jalb qiladi deb o’ylayman.
Adrina tarixi
“Men vatanimdagi yoshlar OIV infeksiyasiga analiz topshirishlarini hohlayman” deydi
Adrina “Analiz topshirish bu OIV manfiy yoki musbat ekanini bilishning yagona
yo’li, keying hayot uchun bu katta yordam beradi”
“Men OIV/OITS
haqidagi narsalar haqida o’ylab ham ko’rmaganman” – deydi Blantira, Malavilik
yigirma yoshli yosh ayol. “Radiodan, venerik kasalliklarning a’lomatlari OIV
infeksiyasi bilan kasallanishganliklari
mumkinligini eshitganimda daxshatga tushgandim. Shuning uchun men OIV
infeksiyasiga analiz topshirishga qaror qildim. Men venerik kasalliklarimi
davolayatgan edim. Boshida do’stimga birga analiz topshirishni taklif qildim.
Lekin u rad etdi, unda hech qanday muammo yo’qligini, bu haqda o’ylashni ham
hohlamasligini aytdi. Shuning uchun men yolg’iz bordim.
U yerda
mendan turmushga chiqganmisiz deb so’rashganda, men yolg’on so’zlab, ha deb
javob berdim. Chunki men haqimda yomon fikrga borishlarini hohlamaganman.
Analizdan
oldin menga OIV/OITS haqida gapirishganini eslay olmayman. Mamlakatimizning
poytaxti Lilongvada deyarli OIV/OITS haqida ma’lumot
beradigan dastur yo’q edi. Odamlar kasallik haqida, virus haqida hamma narsani
bilamiz deyishadi-yu, lekin ularda ma’lumot
yo’q.
Men OIV ga chalignanligim haqida
guvohnomani qo’limga olganimda, bu nimani anglatishini tushunmaganman. Menga
o’zimni ehtiyot qilishimni, yaxshi ovqatlanishimni va do’stimni analiz
topshirish uchun olib kelishimni aytishdi.”
“Boshida OIV musbat ekanimni hech kim
bilishini hohlamadim. Bu haqda hechkimga, xattoki oilamdagilarga aytmadim.
Chunki har yerda OIV musbat insonlarni diskriminatsiya qilishganini
eshitganman”
“Boshida o’zimni juda yo’g’iz his
etganman”
"Boshida OIV musbat ekanimni hech kim bilishini hohlamadim. Bu haqda
hechkimga, xattoki oilamdagilarga aytmadim. Chunki har yerda OIV musbat
insonlarni diskriminatsiya qilishganini eshitganman. Odamlar menga qo’li bilan
ko’rsatib “U OIV musbat” deyishgan bo’lardi. Men o’zimni shunaqangi yolg’iz his
etganman-ki, huddi bu kasallik butun dunyo bo’yicha faqat menda.
Biroz vaqt o’tganidan so’ng ahvolim
yomonlashishdi boshladi. O’sha paytda bu immunitetimning sustlashgani tufayli
sodir bo’layotganini tushunmagandim. O’zimni ehtiyot qilib, yaxshi ovqatlansam
o’tib ketadi deb o’ylaganman.
Oxir oqibat shifoxonaga bordim, o’shanda
ahvolimning yomonlashgani OIV bilan bog’liq bo’lishi mumkin ekanini aytishdi.
Shifokor OIV mutaxassisiga uchrashimni, u menga immunitetimni qo’llab turadigan
antiretrovirus dorilarini yozib berishini aytgan.
Bir birini qo’llab
quvvatlash
Oxir oqibat bir ayol yonimga OIV musbat
bir ayol kelib o’z hayotini gapirib bergani kelganidan keyin, men kasalligim
haqida biror kimsaga aytishga qaror qildim. U menga qo’llab quvvatlovchi
guruhga qo’shilishni taklif qildi, milliy OIV musbat insonlarga madad guruhiga.
Guruh a’zosi sifatida tengdoshlarimga ma’lumot berish va OIV bilan
kasallanganlarga g’amxo’rlik qilishni o’rgatishdi. Bundan tashqari kasalligim
haqida birinchi bor to’lliq ma’lumot oldim.”
Hozirda
Adrina Maliviya yoshlarini vakili, Afrika va butun dunyo “OIV musbat insonlarni yanada faolroq
ishtiroki” tashkilotida ishlaydi. 2003 yil Butunjahon OIV ga qarshi kurash kini
munosabati bilan u New Yorkga tashrif buyurdi. U yerda OIV musbat insonlarni
hayotni pozitiv qabul qilishlari muammosining yechimi maslahati bo’lib o’tdi.
Violetta Grasia
tarixi
Mening ismim Violetta Grasia, yoshim 28
da. 2000 yilda menda odam immuntaqisligi virusi ya’ni OITS ga olib keladigan
virus aniqlandi. Men virusni ushlab turadigan dorilarni qabul qilishni
boshladim. Buning hech qanday qiyin joyi yo’q.
Men doim o’z hayotim haqida gapirib
kelganman, chunki ko’p odamlarga OIV infeksiyasi bilan qanday zararlanganim
jida qiziq. Javobi oddiy. Men himoyalanmagan jinsiy aloqa orqali virusni
yuqtirib oldim. Ushbu yo’l orqali 90% odamlar virusni yuqtirgan. Ularning
ko’pchiligining yoshi 14-25 yosh.
Virusni
himoyalanmagan jinsiy a’loqa orqali yuqtirib olgamiga qaramay, men
pala-partish hayot kechirmaganman. Giyohvand moddalarni iste’mol qilamganman,
pul evaziga kayf-safo qilamaganman. Men OIV oldida juda zaif edim. Chunki OIV
haqida hech qanday ma’lumotim bo’lmagan. Yanada ko’proq ojizliki paytim bu,
hayotimning og’ir pallarida menga OIV haqida birorta ma’lumot beradigan hechkim
yo’q edi
Violetta
Garsia Ross Boliviyada OIV musbat Inson huquqlari uchun kurashuvchilarning
faollaridan biri
Agar siz yosh
bo’lsangiz, sizga hech kim zarar yetkazmaydi deb o’ylasangiz, qattiq adashasiz.
Agar siz sevgi-muhabbat sizni OIV dan qutqaradi deb o’ylasangiz, yana noxaqsiz.
Yuqorida aytib o’tilganlarning birortasi sizni OIV dan himoya qila olmaydi.
Hayot qidiruvida
Mana 8 yil
davomida men OIV blan yashab kelyapman. Hayotim umuman o’zgargan. O’lim
hayotimni barbob qilayotganini his qildim, men hayotmni qattiq ushlab oldim,
yaqin vaqt mobaynida yangitdan hayot boshladim.
Kasallik
tufayli anchagina qayg’urishlardan so’ng, olilam menga qancha mehr berishini
tushunib yetdim. Oilam meni tanqit etmadi, mendan uzoqlashmadi, ular meni
shundayligimcha yaxshi ko’rishargi.
Men turmush
–tarzimni o’zgartira boshladim. Sog’ligimga zarar keltiradigan hamma narsadan
voz kechdim. Sog’ligimni yaxshilash yo’llarini qidirdim. Men OIV musbat bo’la
turib shuncha baxtli yillarni kechiraman deb o’ylamaganman.
Ko’p yoshlar
o’zlarni himoya qiladigan, ishonadigan insonni topishni hohlashadi, biroq
sog’liqlariga sa’lbiy ta’sir
ko’rsatadigan omillarni unutib qo’yishadi.
Aksariyat
ayol va erkaklar OIV dan azoblanishmoqda, lekin OIV tarqalishiga qarshi kurashuvchi
kuchlarimiz ham bor. Men bunga o’zimni tajribamdan kelib chiqib amin bo’ldim.
23 yoshimda menga OIV tashhisini qo’yishgan. Lekin men ko’nlimni tushurmadim,
o’qishimni davom ettirdim, antropologiyada magistrlikni qo’lga kiritdim. Men
Boliviyada OIV musbat insonlarni hayoti bir kun kelib o’zgarishiga umid
qilganman va bu narsa ucun harakat qilganman. Boshqa OIV musbat yoshlar bilan
biz “Redbol” tashkilotini tashkil qildik. OIV musbat insonlar uchun tashkilot.
Bugungi kunda
“Redbol” Boliviyada OIV muammolari bilan shug’ullanadigan eng muhim katta tashkilotlardan biri. Hamkorlarimiz bilan birgalikda hukumat
tekshiruviga qonun ishlab chiqardik. Bundan tashqari biz kasallikni oldini olish ishlari olib boramiz, chunki har
bir inson kasllikni yuqtirish xavfi borligini tushunish kerak. Bu ishlar bilan bir vaqtda OIV
musbat insonlarni diskriminatdsiya, odamlar orasida noto’g’ri fikrlar tarqalishiga
qarshi ishlar olib boramiz. Qilaytgan ishlarimizning asosiy qismi bu, OIV
musbat insonlar hayotlarini bir maromda ushlab turishlari uchun antiretrovirus
preparatlarini muammosiz olishlariga shaoit yaratib berishdan iborat. Tog’ri
bunday o’zgarishlarbir zumda sodir bo’lmaydi, lekin OIV/OITS bilan kasallangan
insonlarning hayoti yaxshi tomonga o’zgargani yaqqol ko’rinib turibdi.
Agar siz yosh
bo’lsangiz, OIV infeksiyani yutirmagan bo’lsangiz, o’zingizga hech qachon
bunday bo’lmaydi deb va’da bering. Agar siz yosh bo’lsangiz, OIV musbat
bo’lsangiz, shuni bilingki, siz kabi insonlarda hali umid bor. Yoshlarda OIV
infeksiyasi zanjirini uzib tugatishga
imkonlari bor!
Mr. Caddie: What is the Casino? | DrmCD
ОтветитьУдалитьHow 강원도 출장안마 the Casino works: 화성 출장마사지 The 울산광역 출장안마 casino is divided into two tiers 부천 출장샵 of casino entertainment with a “house,” with “the casino” and “the sportsbook.” A standard 광명 출장마사지 casino floor is