Ijobiy bolalar, ijobiy hayotlar

Maktabdan qaytgan o'g'lining kayfiyati yo'qligini ko'rib, Muhayyoning ham kayfiyatini buzildi. Xamir yuqi qo'lini tezda suvda chaydi-da, o'g'liga peshvoz chiqdi. "Tinchlikmi, bolam? Yana birov xafa qildimi?" – deb so'radi Muhayyo. "Yo'q", - deb javob berdi uning o'gli.
Sarvar qo'lidagi sumkasini so'riga uloqtirib, indamay uyga kirib ketdi. Orqasidan kirgan onasi uning karavotiga muk tushib yotganini ko'rdi. Karavot chetiga o'tirib, boshini siladi.
"Maktabingda senga kimdir yomon gapirdimi?", - deb so'radi u mayin ovoz bilan.
"Oyi, bugun hamma sinfdoshlarimdan qon olishdi, menga esa shifokorlar "senga mumkin emas" deyishdi", - deb javob berdi o'gli beg'uborlik bilan. "Jismoniy tarbiya o'qituvchimiz "darsdan ozodsan" dedi. Hamma futbol o'ynadi, meni qo'shishmadi. Nega? Kasalligim uchunmi? U shunaqa yomon kasallikmi? Kecha internetda o'qidim, bunday kasallikka duchor bo'lganlar ko'p yashashmas ekan. Bu to'g'rimi? Nega o'qituvchilarim menga g'alati qarashadi? Ular meni darsga qo'ymaganidan keyin, o'rtoqlarim nima kasalsan deb, holi-jonimga qo'yishmayapti? Oyi, men boshqa maktabga bormayman".
Muhayyo og'ir xo'rsindi. U OIV bo'yicha ijobiy tash'hisga ega bo'lgan insonlar haqida o'gliga nima deyishni bilmay boshi qotdi.
Ijobiy ovozlar jamlanganda
Iyul oyining 13-17 va 21-25 kunlari Toshkent shahrida O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Respublika OITSga qarshi Markazi va BMT Bolalar jamg'armasi UNICEF hamkorligida "OIV bilan yashash: Salomatlik va qo'llab-quvvatlash asoslari" mavzusidagi treninglar tashkil etildi.
Treningda Sarvar kabi turli viloyatlardan kelgan 54 nafar OIV bilan yashayotgan o'g'il-qizlar yig'ildi. Treninglar shuningdek ularning ota-onalariga ularni qiynab kelayotgan ko'plab savollarga javob topishda yordam berdi.

UNICEF konsultanti Kamila Fatixovaning fikricha, tashkil etilgan tadbirdan asosiy maqsad nafaqat bolalar va ularning ota-onalariga OIV virusi hamda OITS haqida batafsil ma'lumot berish, balki qatnashchilarda o'z sog'lig'iga nisbatan mas'uliyatni shakllantirish, ushbu tash'hisiga moslashib yashashnio'rgatish, ayni chog'da ularga ruhiy, ma'naviy yordam berish, "tengdosh-tengdoshga" tamoyili asosida guruh ko'magi bilan ta'minlashdan iboratdir.
"Mazkur trening sizlar boshqa OIV virusi bilan yashovchi yoshlarga qanday yordam berishni o'rganishingiz uchun tashkil etilgan. Bugun sizning bu boradagi rolingiz juda katta ahamiyatga ega," - deydi UNICEFning O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Robert Fuderich. "Men ushbu oliyjanob maqsad sari intilayotganingizdan juda mamnunman. Shuningdek men bu yerga kelgan, sizlarni sevuvchi va uzoq yillar davomida mashaqqatli hayot yo'lingizda sizni qo'llab kelayotgan ota-onalaringizga o'z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman", -deb qo'shimcha qildi u.
Biz yolg'iz emasmiz: ijoboy bolalar – ijobiy hikoyalar
Trening ikki guruhda - bolalar va ularning ota-onalari uchun alohida olib borildi.
Treningning birinchi kuni "Mening ijobiy hayotim" deb nomlanib, unda bolalar ko'proq o'zlari haqida tengdoshlariga so'zlab berdilar. Ular "OIV bilanyashash", "Mening antiretrovirus terapiyasi bilan davolanishim", "Shifokor bilan uchrashuv" kabi mavzulardagi o'yinlar orqali malakali shifokor bilan muloqotda bo'lib, o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Treningning "Mening salomatligim to'g'risida ma'lumot" deb nomlangan ikkinchi kunida qatnashchilar "Sog'lom ovqatlanish", "Ichkilikbozlik, kashandalik va giyohvandlik zarari", "Sog'lom turmush tarzi asoslari" hamda "Sil kasalligi va uning oldini olish" kabi mavzularda foydali ma'lumotlar bilan tanishdilar.
"Bundan ikki yil oldin tish og'rig'i bilan stomotologga murojaat qilgan edim. Tishimni davolatgach, o'zimni noxush seza boshladim. Keyinchalik tekshirtirishlar natijasida menda OIV virusi borligi aniqlandi. Bir oz davolangach, menga yozib berilgan dorilarni icha boshladim. Ammo ularni nega doimiy ravishda qabul qilishim kerakligini tushunmas edim. Treningda OIV va OITS haqida juda ham ko'p bilimlarga ega bo'ldim. O'tgan besh kun davomida juda ko'plab do'stlar orttirdim. Eng asosiysi, yolg'iz emasligimni, OIV bilan ham barcha do'stlarim kabi yashashim mumkinligini, shifokorlarning ko'rsatmalariga rioya etib, sog'lom turmush kechirsam, shifokor bo'lish va barcha kasal bolalarni davolash orzuimga erishishim mumkinligini angladim. O'z majburiyat va huquqlarimni bildim," - deydi treningning 15 yoshli qatnashchisi Sarvarbek.
Trening uchinchi kuni "Mening ko'nikmalarim" deb nomlandi. Unda qatnashchilar "OIVga ega bo'lgan bolalar va o'smirlar uchun Bolalar Kunduzgi markazlarda ko'ngillilik ko'nikmalarini rivojlantirish", "Tengdoshlarni qo'llash va ularga ta'lim berish orqali ko'maklashish" kabi mavzulardagi mashg'ulotlarda qatnashdilar hamda OIV bilan yashydigan o'smirlar tash'hisiga ega bo'lgan tengdoshlarini qo'llab-quvvatlash ko'nikmalaridan boxabar bo'ldilar.
"Maktabda dugonalarim, keyin esa kollejdagi kursdoshlarim davolangani tez-tez kasalxonaga yotganim sababli mendan o'zlarini olib qochardilar. Ular "sen yomon kasal bo'lsang kerak" deya menga shubha bilan qarashar edi," - deydi Nigora ismli yana bir ishtirokchi.
"Kichkinaligimda meni avtomashina urib ketdi va viloyat shifoxonasiga olib kelindim. U erda menga qon quyildi. Oradan ko'p o'tmasdan menda OIV virusi borligi aniqlandi. Maktabda 8- sinfda o'qib yurganimda oyijonim menga kasallik haqida so'zlab berdilar va men muntazam shifokor nazoratida bo'ldim. Hozir kollejning birinchi kursini tugatdim. Yoshligimda noq sportga qiziqqanligim bois sportchi bo'lishni orzu qilar edim. Ammo dadajonim hisobchi bo'lganlari uchun mening ham shu kasbni egallashimni istadilar. Kollejda og'ir va jismoniy yumushlardan ozod etilganim bois do'stlar orttira olmagan edim. Treningda qatnashib, men ham boshqa tengdoshlarim singari oddiy qiz ekanligimni, eng asosiysi, yolg'iz emasligimni tushundim. Bu yerda trenerlarimiz va taklif qilingan shifokorlar sog'lom turmush tarziga rioya etib, belgilangan dorilarni o'z vaqtida va muntazam ichilsa, OIV-infeksiya tash'hisi bilan ham inson uzoq umr kechirishi mumkinligini o'yinlar orqali tushuntirib berishdi. Eng asosiysi, ular bizga tengdoshlarimizga OIV-infeksiya tash'hisi bilan hayot kechirish qoidalarini qanday tushunturishni o'rgatdilar. Men, uyga qaytgach, albatta viloyat OITSga qarshi kurash markazi qoshidagi guruhning faol a'zosi bo'lishga va bu yerda olgan bilimlarimni tengdoshlarim bilan o'rtoqlashishga ahd qildim."
Treningning to'rtinchi va beshinchi kunlari "Men ham yordam izlaganman!" shiori ostida o'tdi. Treningning so'nggi ikki kunida "OIV bilan yashaydigan yoshlarga tengdoshlarni qo'llash va ularga ta'lim berish asosida maslahat berish", "Yoshlar huquqlari harakatda", "Samarali muloqotni rivojlantirish", "OIV-ijobiy tash'hisi ayon bo'lgandan so'ng yoshlarni o'zaro yordam guruhiga olib borish usullari" kabi mashg'ulotlar orqali qatnashchilar OIV va OITS haqidagi bilimlarga ega bo'libgina qolmay, atrofdagilar bilan qanday munosabatda bo'lish, to'g'ri ovqatlanish, gigiyena qoidalariga rioya qilish, inson o'zining o'z salomatligi hamda OIV/OITS to'g'risida ishonchli ma'lumotni qidirish va jismoniy mashqlar qilish kabi mavzular bo'yicha kerakli ma'lumotlarga ega bo'ldilar.
Trening ikkinchi guruhining ishtirokchilari - onalar yoki vasiylar - uchun sessiyalar emotsional va ruhiy ehtiyojlar borasida katta tajribaga ega bo'lgan yetuk mutaxassislar tomonidan olib borildi.

"Men treningga taklif qilinganim uchun juda ham minnatdorman," - deydi Salima (44 yosh). "Ikki farzandim bor. Katta o'g'lim qandli diabetdan aziyat chekadi. 2002 yilda tug'ilgan qizalog'im Nafisa 2005 yilda nafas yo'llari shamollagach, kasalxonada davolandi. Shundan so'ng tekshirishlar natijasida unda OIV virusi borligi aniqlandi. Dunyo ko'zimga qorong'i ko'rinib ketdi. Erim bilan birgalikda qo'limizdan kelganicha farzandlarimizni qo'llab-quvvatlashga, ularni davolatishga harakat qildik. Bir necha bor qizim bilan kasalxonalarda yotganimda ham OIV va OITS haqida to'liq ma'lumotga ega emas edim. Qizimni qanday parvarishlash kerakligini, uni tashqi ta'sirlardan qanday asrash lozimligini bilmas edim. Faqatgina shifokorlarimiz yozib bergan dorilarini muntazam ravishda vaqtida ichirishim kerakligini bilardim xolos. Toshkentdagi treningga taklif qilishganimizda avvaliga kelgim kelmagi, chunki atrofdagilarning, ayniqsa qizim tengdoshlarining unga bo'lgan salbiy munosabatidan juda ham charchagan edim. Atigi 5 kun davom etgan trening mening hayotga bo'lgan munosabatimni tubdan o'zgartirdi. Bu yerda men OIV virusi haqida ko'plab ma'lumotga ega bo'lishdan tashqari, taklif qilingan huquqshunos, ruhshunos va shifokorlardan OIV bilan qanday yashash kerakligini, farzandimni qanday parvarish qilish zarurligini, uning ham fuqaro sifatida o'z huquqlari va majburiyatlari borligini bilib oldim. Meni shu kungacha qiynab kelayotgan barcha savollarga to'liq javob oldim. Eng asosiysi, biz yolg'iz emasligimizni, doimo davlatimiz himoyasida ekanligimizni yana bir bor his qildim.
Treningning eng faol a'zolaridan bo'lgan va barcha uni Amira buvi deb chaqirgan 55 yoshli Amira trening taassurotlarini so'zlab berar ekan, tashkilotchilarni uzundan-uzoq duo qilgach, ko'z yoshlarini artib, so'z boshladi:
"Har bir inson bu dunyoga yolg'iz keladi, ammo hayoti davomida yaxshi va yomon odamlar qurshovida yashaydi. Men ikki nafar nevaramni yolg'iz katta qilyapman. Ularning kattasi 14 yoshli Soniya OIVga zararlanganligi bilganimda o'zimni huddi yurak xurujini boshimdan kechiradigandek xis qildim. Ammo qizaloqlarim uchun yashashim kerakligini anglab, oyoqqa turdim. Nevaram bir necha bor kasalxonaga yotqizildi. Kasalxonalarda hech kim bir-biri bilan gaplashmasdi. Odamlar hattoki ovqatini ham bolasiga teskari qaraganicha yedirardi. Shifokorlar esa ushbu kasalning da'vosi yo'qligini aytishganida ruhim juda tushib ketgandi. Nevaram ikki yil ilgari BMT Bolalar jamg'armasi UNICEF tomonidan tashkil etilgan OIV bilan yashaydigan o'smirlarning qullab-quvvatlash guruhiga qatnay boshlagach, ahvol bir muncha o'zgardi. Har doim guruhdan qaytgach, uning kayfiyati yuqori bo'lishini sezdim. U jamoat ishlarida tobora faol ishtirok eta boshladi. Bularning hammasini ko'rib ko'nglim ko'tarildi. Ammo Toshkent viloyatida istiqomat qilganimiz uchun doim ham Soniyani guruhga yubora olmasdim. Treningda qatnashgach, men xato qilganimni bildim . Eng asosiysi, OIV bilan ham uzoq yashash mumkinligini tushunib yetdim. Ijobiy tash'hisga ega bo'lgan bolalarga ruhiy dalda berish juda muhim ahamiyatga ega ekanligni o'rgandim. Mutaxassislar bilan bo'lib o'tgan savol-javoblar meni qiynab kelayotgan shubha va gumonlarga barham berdi. Afsuski, UNICEF bolalar jamg'armasi tomonidan tashkil etilgan OIV bilan yashaydigan o'smirlarning qullab-quvvatlash guruhi hozir faqatgina Toshkent shahrida va Andijonda faoliyat yuritmoqda. Istardimki, har bir viloyat va tumanda bunday guruhlar hamda maslahatxonalar, OITSga qarshi kurash markazlari ochilsa. Ular men kabi ota-onalarga farzandlarini jamiyatning to'laqonli a'zosi sifatida tarbiyalashda to'g'ri yo'l ko'rsatish orqali juda ham katta yordam bergan bo'lar edi.
(Ismlar o'zgartirilgan)

Bolalar Huquqlari xaqida Konvensiyasi va OIV, Yosh OIV-musbat sardorlar hikoyasi

-Mukamal bolgan sog’liqni saqlash tizimdan foydalanish huquqi bu yuqish havfini oldini olish va kasalanganda kerakli muolajalar olish xuquqini beradi.
-Talim olish huquqi(28 modda)Talim olish deganda OIV haqida malumot va konikmalar olish kiradi va shular yordamida infeksiya yuqturmasligini oldini oladi.Tog’ri malumot berish va bu haqida koproq malumotga ega bolish bu OIV musbat bolgan odamlarga dunyo qarashini ozgartirishga komaklashishi mumkin.
Talim olish shu bilan xam muxumki kop bolalar ozingning oyilaviy sharoiti ota-onasi OIV dan vafot etgan,yoki shu kasalikga chalinganida ular maktabga boorish imkoni bolmasligi mumkin chunki ular ishlashlari yoki ota-onasi,opa ukasiga qarashi kerak.
-         Odam og’rilashidan va bolalar savdosidan himoyalanish huquqi(noqonuniy bolalarni sotish yoki sotib olish)zoravonlik va majburiy mexnat (34 19 35 modda Bolalar huquqi Konvensiyasiga qoshimcha  bolalar savdosi,bolalar foxishabozligi va bolalar pornografiyasi tegishli bolgan fakultativ bayonnoma)Zoravonlik va majbburiy mexnatga aloqador bolgan bolalarda OIV infeksiyasini yuqtirib olish xavfi yuqori boladi,oddiy qilib aytganda ular hatto vaziyatni nazorat qila olmaydilar.
-         Kasalik haqida gazeta,radio,televidenie,internet,ota-onasi,oqituvchilari,shifokorlar va boshqa tengdoshlaridan toliq malumot olish va malumot tarqatish xuquqi(13 modda)
-         Shaxsiy xayot daxilsizligi huquqi (16 modda)Shifokorlar va ijtimoiy xodimlar Oiv infeksiyangiz haqida xich kimga aytmasligi va sizga tegishli bolgan boshqa malumotlarni xam sir saqlashlari shart.
-         Siz,yaqinlaringiz yoki ota-onangiz OIV bilan kasalanganda xam ular bilan qolish xuquqi(7 modda)Agar Ota-onangizda birortasi yoki ikkalasi xam vafot etsa,siz aka-opalaringizdan ajralmasligingiz kerak,sizlarni oyila azolaringizdan birortasi yoki yaqin qarindoshlaring oz qaramog’iga (otalig’iga)olishlari mumkin.
-         Kerak vaqtda alohida himoya va yordam olish xuquqi(20 modda)Agar sizning oyila azolaringiz,yaqinlaringiz sizga g’amxorlik qilaolishmasa ,unda siz qoshimcha qarov,yordam olishga haqinggiz bor asrab olgan ota-onangiz yoki mexribonlik uyi tomonidan
-         Tug’ilgan kuningizni rasmiy tarzda royhatdan otqazish xuquqi (7 modda) Bu huquq boshqa huquqlaringiz bajarilishida muxim rol oynaydi ulardan eng assosiylari talim olish va tibbiy yordamdan foydalanish huquqi.Tug’ilganligingiz royxatga olinishi zoravonlik va majburiy mexnatdan himoyalab turadi,kasalik tufayli oyilangizdan ajratilgan bolsangiz xam.

Yangi hayot, toza varoqdan
Bu qizning uchratib,samimiy kulgusiga qarab ozining 17 yil Hayoti davomida nimalarni boshidan otqazganini bilmaysan.Xozirda Vika kollej talabasi bosh vaqtlarida u vakal bilan shug’ulanadi va sevib qoshib kuylaydi.Ruxshunos va ijtimoiy xodimlar yordamida uning xayoti brogan sari yaxshilanmoqda.Yaqindagina uni tushunmovchiliklar,og’riqlar,yoqotishlar,yolg’izlik orab olgan edi.Vika OIV musbat bolib tug’ilgan bu kassalik unga onasidan otgan.”ayam turmushga chiqayotganida dadamda bu kasalik borligini  bilmagan,dadamni ozi xam bundan xabari bolmagan shekilli -deydi Vika,Oyim meni kasal bilan tug’ilishimni bilgan lekin baribir dunyoga keltirishni xoxlagan chunki ular juda qiz farzand kutishgan,meni 5 akam bor.Ozgina vaqt otib oyim pul ishlash uchun chetga ketishi kerak edi.Qiyinchiliklarga qaramay oyim ishga joylashti va barcha ishlagan pullarini uyga bizga jonatdi.Chet-eldan qaytib kelmadi osha yerda og’ir kassalik tufayli vafot etdi.”Shunday qilib Vika 6 yoshida etim qoldi.Katta akasidan tashqari barcha bollarni internatga jonatishdi,Vikani esa enasi jonatgisi kelmadi va xamma qonuniy hujjatlarni tog’irlab uni akasini qaramog’iga otkazib olib qoldi.Bir necha yil oyila tinch,osoishta hayot kechirdi,enasi Vikaga bor mexrini bergan edi.Buvasining vafoti qizning hayotini ummuman ozgartirib yubordi.Qaramog’iga olgan akasi oldinlari xam mexri kuchli emasdan edi singlisiga nisbatan endilikda esa u qizni oddiygina hatolari uchun xam kaltaklaydigan boldi,shunday kaltaklar yegan kuni boganki hatto kokargan joylari korinmasligi uchun iloji boricha yopiq kiyim kiyib yurar edi.Keyinchalik qizcha internatga qochib keladigan boldi lekin akasi kelib qizchadan kechirim sorab uni uyiga qaytarib olib ketar edi,lekin bu holat uzoqa chozilmadi qizcha chidolmay internatga qochib kelib osha yerda yashashga qoldi bu vaqtda u 11 yoshda edi.”Ozimning OIV kasaligim xaqida men kelnoyimdan eshitim unda men 8 yoshda edim bilganimdan song sarosimaga tushib qoldim,uydan chiqib ozimning ijtimoiy soxa hodimimga bordim u meni tinchlantirdi , bu dorilarni nimaga qabul qilayotganimni aytdi va OIV infeksiyasi xaqida toliq malumot berdi.”
Vikaning aytishicha uni kasaligi xaqida internatga xamma bilar edi,lekin unga nisbatan boshqacha nigoh bilan qarashmas edi.uning tengdoshlari qollab-quvatlashardi.Kolejga qabul qilinganligi va Kiyevga kelishi qizga oz tasirini korsatmay qolmadi.Katta xayot,shaxar, xursandchilikalar tez orada buni xammasi qizning oqiwiga va oz vaqtida dorilarini qabul qilmaganligi uchun sog’ligiga xam tasir qila boshladi.Lekin vaqt otib xammasi joyiga tushdi oqishlarini yaxshiladi,dorilarini vaqtida qabul qila boshladi.Xozirda u faol xar kuni Sharqiyevropa va OrtaOsiyo bolalari bilan suxbatlashib turadi.Boshaqalarga yordami takganidan u baxtiyor.,chunki u ozini xayotdagi ornini,kerakliligini sezyapti.Kelajakda u xayriya jamg’armasida ishlamoqchi va yoshlarga qande qilib infeksiyadan zararmaslik yollarini orgatadi.

Lizaning hikoyasi,Ukraina.
Lizaning yoshi 15da bolishiga qaramay u ijtimoiy faol bolishga ulgurgan va nafaqat Ukrainada balki uning tashqarisida xam.
                  U ozini tengdoshlari va hatto kattalar xam qila olmagan,jurati etmagan ishni qildi, u ozining OIV kasaligi xaqida tengdoshlari va yoshlar orasida bemalol gapira oldi.Ozing kasaligi xaqida u yoshligidan bilar edi.Uning oyisi giyohvand edi va OITS dan vafot etgan edi qizcha unda 6 yoshda edi.”Men tez-tez kasal bolar edim va oyimning vafotidan song men enam bilan shifoxonaga bordik kiyn esa shifokor xonasidan enam kozida yosh bilan chiqib keldi men nimaga enam yig’layotganini tuwinmadim biroz vaqt otib men oiv musbat ekanligimni aytishdi va endi xar kuni dorilar qabul qilishim kerakligini xam”Uning yoshida tengdoshlari xali kitob xam oqishmas edi lekin qizcha internetda bu kassalik xaqida malumot qidirar edi chunki u oyisi nimaga vafot etganligini va oziga nima bolganini bilmoqchi bolgan.Osha olti yoshidan boshlab Vika ARVT antiretrovirus muolajasini qabul qiladi bu dorilar uning xayotilik faoliyatini taminlab beradi.uning telefonida sevimli musiqasidan tashqari,dorilar qabul qilish vaqti eslatmalari saqlanib turar edi chunki dorilarni oz vaqtida qabul qilish shart edi.
                  Birinchi marta u ozini holati xaqida sinifda ozining yaqin dugosiga aytdi va qorqib sinfdan chiqib ketib nima bolishini kutdi.Lekin u kutgan qorqinchli narsa bolmadi dugonasi un iota-onasi xam, togri tushunib uni qolay boshladi.Endilikda eng qiyini bu oqituvchilar edi ular bilan ozgina kurashishga togri keldi.Sog’lik assoslari darsida oqituvchilar bolalarga notog’ri malumot  berib OIV ga chalingan odamlarni jirkanch xolatda tasvirlar edi.Shulardan biri OIV infeksiyasi xavo yoli orqali yuqadi va bu kassalik bilan kasalangan odamlarga ummuman yaqinlashmagan maqul diyishardi.Bu kassalik xaqidagi munozaralar kop kongilsizliklar bilan tugar edi xatto director xonasiga  chaqirtirilar edi.Xozirda xammasi ozgardi.Lizadan oqituvchilari kasalik xaqida maslahat olishadigan bolishdi va Liza boshqa faollar bilan universitet maktablarda info-ucharashuvlar otkazishadigan bolishdi bu uchrashuvlarda ular yoshlar va tengdoshlari bilan bu kasalik xaqida bemalol suxbat qurishib fikr almashishadi.Ozgarishlarning boshlanishi Lizaning yosh sardorlar maktabiga tushganidan keyin boshlandi bu maktabning asoschilari”Sharqiyevropa va OrtaOsiyoda OIV bilan yashovchi odamlar birlashmasi”UNISEF komagida.
Keyinchalik Liza OIV musbat bolgan bolalar nomidan Ukraina prizidenti bilan bolgan uchrashuvda gapirdi.2012 yil oxirida u “Yuqori Rada” da sozga chqiib davlat OIV,tuberkulyoz gepatit kabi kasaliklarni oldini uchun mablag’ ajratilishini soradi va bu bilan minglab odamlar xayoti saqlanib qolinishini mumkinligini aytdi”bu sozga chiqganini televideniya orqali korsatishdi va Vika birdaniga taniqli bolib ketdi uning kasaligi xaqida butun Ukraina xabar topdi.”Shunda song minglab qong’iroqlar,maktublar,electron maktublarda Vikaga maqtovlar kelib tusha boshladi va xech qaysi birida salbiy javob kelmaganligini aytadi bu xatlarning kopida Liza sen zorsan,sen xech kim qila olmagan ishni qilding sen kuchlisan degan gaplar yozilgan edi”Unga xar kuni butun dunyodan xatlar,qong’iroqlar kelib tushadi unda kimdir Lizani maqtaydi,kimdir dardini aytadi maslahat oladi.”Men odamlarga yordam berganimdan xursandman,Bu juda zor ekan”deydi Liza.Yosh sardorlar maktabida Liza kop narsa organdi U boshqalarga qandey yordam va dalda berishni organdi.Kelajakda u OIV infeksiyasi xaqida bolgan barcha mish-mishlarni yoq qilib tashlab odamlar orasida OIV musbat bolgan odamlarga nisbata tolerantlikni yanada kuchaytirmoqchi uning aytishicha yoshlar ozligini nomoyon qilishidan qorqishi va kasaligini yashirib olib yurishi notog’ri deb xisoblaydi ular omma oldida ozlarining muamolari xaqida qorqmasdan aytishi kerak”deydi Liza

Kristina Djeyd:OIV xayotimning bir bolagi,lekin u men emas. OIV bilan tug’ilish kop narsani anglatadi xar kuni dori qabul qilishdan boshlab oozing muamosi xaqida xech kimga aytmasdan yurishgacha.
Bu xar qanday yoshda xam oson emas osmirlik darvi xaqida gapirmasa xam boladi axir bu xali voyaga yetmagan odamlar aynan shu yoshda ularda xayotni organish boshlanadi.Ularni shu davrida minglab savollar qiynaydi men xaqimda nima deb oylashar ekan,men qandey kim kiysam ekan,kim bolish xoxlayman.Endi esa kozingizni yuming va bularga qoshimcha yana bir savol keladi u savol yanada kiynroq va yechimi yoqdey.
28 yoshli Amerikalik Kristina Djeyd bu savolar qandey bolishini ozida xis qilib korgan.OIV bilan tug’ilib,ulg’ayib,ayol bolgunicha bolgan yolni bosib otgan.u ozining OIV musbat ekanligini aytish,diskriminatsiya va eng,eng og’iri sevgan insoni bilan bolgan suxbat nima ekanligin biladi.
Mana bu Kristina Djeyd VETSA da yashovchi osmirlariga yozgan xati.
Mening ismim Kristina Djeyd yoshim 28 da AQSh ning,Kaliforniya shtatida yashayman Kris qaylig’im, eng yaqin dugonam Reychel va mushugim Vurukka bilan yashaymiz.Men xursandchilikni yaxshi koraman,raqsga tushish xam yoqadi xar musiqaga raqsga tushaman-Rihanna,Adele dan to Michael Jackson musiqalarigacha,yaqinda Die Antwoord muxlisasiga aylandim ularning “I fink u Freeky” qoshig’I yoqadi.Biz Kris bilan serf uchishga xam borib turamiz.Amerikada kop uchraydigan xolat menda bolgar,fransuz,chexoslovak va ispan/meksikan qoni bor.Aytish esimdan chiqibdi men OIV bilan tug’ildim 28 yildan beri shu bilan yashab kelmoqdaman va bundan kiyn xam meni uzoq umr kutib turibdi.Men toqiz yoshimda oyim menga kasaligim xaqida aytgan va otam xam shu kasalikdan vafot etgan ekan.Biz OIV holatimizni faqatgina yaqin dostlarimiz va qarindoshlarimizga aytolar edik shu  70-80 yilarda bu kasallik qattiq diskriminatsiya qilinardi hatto biz yashagan Los-Angels da xam.Vaqt otib men shifoxonamiz qoshida ochilgan togarakga bordim u yerda menga oxshagan bolalar kop ekan men ular bilan tezda dostlashdim biz kop oyin kulgular qilar edi va shamolashni xam bir birimizga otkazib yurar edik,biz har bir otgan kunimizdan hursand edik qadirlardik.10 yoshimda men omma oldida ozimning OIV holatim xaqida aytdim va bu bilan yashash qandeyligini aytib berdim.Kiynchalik men shifokorlar va ijtimoiy soxa mutaxasislari oldida nutq sozlaydigan boldim.meni kop yigilishlarga chaqirishadigan bolishdi u yerda kop ruxshunoslar, soxa mutaxasislari va kassalik bilan kurashish uchun mablag’ ajratayotgan homiylar bolar edi men u yerda ozimni bemalol xis qilar edim.bu men uchun faqatgina dostlar ortirib qolish bilan cheklanmadi.Men u yerda sozga chiqib qandeydir ozim uchun shifo topgandey bolar edim.chunki u yerda men muamolarimni aytardim xar kun dori qabul qilish qiynchiliklaridan tortib to shifokor oldidagi tinimsiz suxbatlargacha va ozingning dosting qandey  OITS dan vafot qilganini korish qandey bolishini aytar edim.Men ikkala hayotimni xam bir maromda ushlashga xarakat qilardim bir tarafdan osmir qiz ikkinchi tarafdan OIV bilan bog’liq xayot.Tog’ri OIV musbat ekanligimni kimga qayerda aytishni bilmas edim qiynalardim.Keyinchalik bu oson bolib qoldi yillar davomida yig’ib kelingan jasorat orqasidan.Eng-eng qiyini qaylig’im krisga bu xaqda aytish edi.Biz 19 yowimizda tanishgan edik bir korishda sevishib qolgan edik.vaqt otib munosabatlar chuqurlashdi men unga aytishim kerak edi,lekin men unga aytganimdan song u bu kasalikni yuqtirib olishini xam xoxlamasdim. Men unga ytishga jurat qildim va aytdim men boshqa xolat kutgandim undan lekin unday bolmadi u oddiy qabul qilib meni bag’riga bosib ertaga meni kirib olib ketishini aytdi. OIV bizning munosabatlarimiz yanada koproq ishlashga undadi.Kris OIV infeksiyasi xaqida kop oqiydigan boldi va faqat bir birimizga rost gapirishga kelishib oldik.endilikda OIV hayotimizning bir bolakchasi.mening oyim har doim orzularimni qollab quvatlar edi.Yoshligimda men ozimga soz bergandim bu kassalik meni toxtatib qololmaydi men hayotimni toliqligicha yashayman. men  kolejni tamomlab juranalist bolib ishga kirdim biroz vaqt otib men ishda tanafus oldim kris,oyim va dostlarim bilan sayohatga chiqish uchun dunyo kezish uchun.OIV men ikuchliroq qildi.Va men shuni bildimki men Kristinamann men yashayapman.men ozimni OIV musbat ekanligimni qabul qildimva kuchliroq boldi m OIV hayotimning bir bolagi lekin u men emas.Agar sem OIV bilan yashovchi osmir bolsang esingdan chiqmasin hayotni yorqin tarafida yasha. Barcha shu xatni oqiyotgan osmirlarga aytmoqchiman sizlarning kelajagingiz bor orzualar qiling katta katta orzular qiling.OIV ham oson narsa emas lekin shifokoringiz bilan qanchalik oshkora gaplawsangiz shunchalik oso boladi ozlaringizga
Men baxtliman va men ozimning aqilga sig’mas orzularim orqasidan ketyapman ishonaman sen xam shunday qila olasan!




OIV-musbat yoshlarning tarixlari va faoliyatlari

“Oramizdagi aksariyat odamlarning bu dunyoda yashashining sababi bu hayot- Inson yashashga majbur! Lekin keling, bu hayotni asosiy bajarish kerak bo’lgan vazifamiz – porloq kelajak orzusi tushunchasi bilan yashaylik. Biz yoshlar vatanimiz rivoji uchun hissa qoshmoqdamiz. O’zom bilan faxrlanaman, chunki men bu ishni OIV musbat bo’lib ham qila olaman. Shunga amin bo’lmoqchimanki, hayotimda  berilayotgan barcha imkoniyatlardan unumli foydalanyapman. Kurashishdan keyin yengillik keladi, keling do’stlar epidemiya bilan yelka-ma yelka turib kurashaylik. Biz buni uddalaymiz.” Nelao Namibiya 21 yosh.

OIV/OITS tarqalishida asosiy ro’lni yoshlar o’ynamoqda. Yaqin orada kasallanganlarning yarmi 15-24 yoshli guruhdan tashkil etmoqda. Lekin yaxshi habarlar ham bor, bu degani,yoshlar yoshi kattalarga qaraganda o’zini va atrofidagilarini himoya qilish uchun, hulqini o’zgartirishiga va shaxsiy himoya vositalaridan foydalanishga moyil.
Bundan tashqari yoshlar uchun bunday vaziyatda tengdoshlari orasida ma’lut tarqalishi osonroq kechadi. Chunki yoshlar zomonaviy yoshli nima ekanligini yaxshi tushunadi.
Ushbu sahifalarda dunyoda OIV/OITS vaziyatini o’zgartirishga hissa qo’shayotgan lider yoshlar haqida yozilgan.
(Loren 15 yosh Buyuk Britaniya)

Yoshlar bilan ishlash boyicha UNICEF da maslahatchi. Qachonlardir  u Yamaykada UNISEF qollab–quvvatlayotgan OIV/OITS profilaktikasi, davollash uchun tegishli tadbirlar olib borilayotganini kuzatish uchun borgan Buyuk Britaninaning 7 ta yoshlardan iborat  guruh a’zosi edi. Keyingi  sahifalarda bu haqda batafsil yozilgan.

Nahotki 21 soatli uyqusizlikdan so’ng Kingston shahridagi mehmonxonaga joylashdim, endi bemalol hayolimdagini yozib olaman. Uzoq kutilgan Getvigni, undan ham uzoq hu uchish va uch soat Kingstonda nihohat Yamaykani ko’rdik. Kingsondagi sayohatimizning o’zi ham juda ajoyib kechgan.
Yamayka juda jonli, yorug’, rang-barang shahar ekan. Odamlari ham juda mehmondo’st. Tongda oxirigacha qayerda ekanimni aglamay uyg’ondim, endi biz shu yerdamiz, tezroq Yamaykalik odamlar bilan tanishib, mashhur bo’lgan proektlarni ko’rgim kelyapti.
Biz haqiqatdan ham Yamaykada vaqt qanday o’tayotganini tushunib yetdik: har bir ishga ma’lum vaqt ketar ekan. Chunki bu yerdagi odamlar ishlarini kelishib, shoshmasdan bajarar ekan. Bu yerda bir necha soat turib bunga amin bo’ldim. Sabrsizlik bilan ertangi kunni kutyapman. (Yamaykadagi UNICEF bo’limiga tashrif buyurmoqchimiz)

Ikkinchi kun
Tongda yana vqtli uyg’onib Yamaykadagi UNICEF ofisiga bordik. Uyerda bizni Yamaykadagi OIV qarshi kurash ishlari bilan tanishtirishdi. Bizni instruktorlarimiz Bertan (Yamaykadagi UNICEF boshlig’i) va Yamayka sog’likni saqlash vazirligidagi shifokor. Bu yerdagi tashrifimiz qanchalik muhimligini edni tushunyapman, asosiy vazifamiz  Yamayka yoshlarining muammoriga iloji boricha ko’proq e’tibor qaratish. Lekin mening vazifam Buyuk Britaniya yoshlari uchun ko;proq ma’lumot to’plashdan iborat. Manimcha ushbu sayohat vaziyatni yaxshi tomonga o’zgartirish uchun yaxshi imkoniyat. Shu yerda ekanimga hali zamon ishongim kelmaydi.

Kunning ikkinchi yarmida bi “Ashe” bilan uchrashdik. Yoshlar ansambli, OIV infesiyasi va boshqa infeksion kasalliklar haqidagi ma’lumotlarni sahna ko’rinishari, musiqa orqali yetkazib berishga harakat qilishmoqda. Bu guruh yozgi “Ashe” maktabida konsert beradi “Harakatga uyg’ot, yangi odamlarni jab qil va majburiyatingni bajar” propaganda qilishadi, shuni aytib o’tish kerakki, ular xaq.
Boshida ozimni ishonchsiz his etdim, lekin bir necha soatdan keyin vaziyatga kirishib ketdim.  Biz “Ashe” ni oddiy bir sahna kornishini ko’rdik, birgina oddiy so’zda ko’p ma’noli harakatni ifoda etilishi bu Ajoyib. Umid qilamanki Buyuk Britaniya yoshlari uchun bir hilgi videotasmalarni va qo’llanmalarni o’zimiz bilan olib ketishga muvaffaq bo’lamiz. Oddiy bir sahna ko’rinishi bunchalik ta’sirli va ilhomlantiruvchi bo’lishiga ishongim kelmaydi.
Kun davomida Yamayka milliy “Tin sin” televidiniyasiga yoshlar ko’rsatuviga intervyu berdik. UNICEF g’oyalarini butun Yamaykaga tadbiq etishimizni bilib o’zimni biroz yo’qotib qo’ydim.
Hullas, bir kun mobaynida shuncha yangi axborotni bilishim, bugun ko’rgan proekdan bunchalik ilhomlanishimga ishongim kelmaydi. Bu kun juda ham ajoyib o’tdi, bugungi kunni bir qismini Buyuk Britaniyaga olib ketsak qaniydi…

Uchinchi kun
Bugun biz Ponos Karibien tashkilotining ofisiga tashrif buyurdik, ular OIV/OITS muammolari haqida yozadigan OIV musbat yosh jurnalistlar bilan hamkorlik qilashadi. Hammamiz birgalikda Yamayka va Buyuk Britaniya uchun kompaniya tayyorladik, asosiy mavzu stigma va diskriminatsiya bo’ldi. Shu uchta yosh inson tufayli  Yamaykada OIV musbat bo’lib yashash nima ekanligini tushundik. Bevosita qatnaschilardan to’liq ma’lumotlani eshitganimiz tufayli umumiy real holatni ko’rishga muvaffaq bo’ldik. Buyuk Britaniyada keng tarqalmagan bo’lsada, OIV musbat ta’mg’asi qator muammolarni keltirib chiqaradi.

Panos odamlari bizga ko’p narsa o’rgatishdi, ular davlatda ko’p baxslarga duchor bo’ladigan, OIV musbat odamlar ommaviy tanqitga uchraydigan, mushkul iwlarni bajarishmoqda. Kun davomida Yamayka va Buyuk Britaniya kompaniyasidagi tadbirlarni farqini ko’rib shunday hulosaga keldik: kompaniyalarga farqli yondashish kerak, masalan, internet kompaniyani olib borishda juda kata o’ringa ega bir paytda, Yamaykada yoshlar xat yozishga urg’u qo’yar ekan. Bugun ma’daniyatimizdagi o’xshashlik va farqlarga bugun katta e’tibor berildi. Bugun ajoyib jamoadan umid bag’ishlovchi ko’p yangiliklarni bilib olganimni his etdim.

To’rtinchi kun
Bugun biz Santyago-de-la-Vega shahriga “Bashi bas kru” guruhini ko’rishga bordik bordik, va osha “Bashi” avtobusini ham. “Bashi” avtobusi (ko’ngil ochar tadbir) u ozida mobil klinikani tasvirlaydi, turli yorqin ranglarga bo’yalgan avtobus yamayka bo’ylab sayohat qilib yoshlarga OIVinfeksiyasini  tekshirish uchun deyarli bir zumlik analiz topshirish va maslahat olish mumkun bo’ladi. Bashi guruhi o’z avtobusida sayohat qilib “Hayotiy drammalar” sahna ko’rinishlarini (erta homiladorlik, OIV/OITS, zo’ravonlik) yoshlarga taqdim etishadi. Ularning musiqasi ham shularning bir qismi, biz “Bashi bas kru” videoroligini Buyuk Britaniyaliklarga havola etmoqchmiz, chunki ularning me’todlari Yamaykada oz natijasini ko’rsatdi. Bunga “Bashi bas kru” videoroligini sur’atga olish jarayonida amin bo’ldi.

“Bashi bas kru” a’zolari bizga birxilgi qo’llanmalar haqida aytib berishdi, bularni ular tengdoshlari bilan ish olib borilayotganda qollashar ekan. Bu  narkomaniya va h.k.z. muammolarni ustidan kulishdan iborat ekan. Oddiy mendek angliyalik qizchaga bu fikr biroz g’aroyib tuyuldi, lekin oxirrog’iga kelganda o’zimga ishonch his etdim.

Barcha Bashi a’zolari sahna ko’rinishlari o’zida uch qismni qamrab olishi kerak deb hisoblashadi: Muammo, muammoning oqibati va muammoning yechimi. Ularning tegdoshlari uchun qo’llaydigan ta’lim qo’llanmalari biznikidan ancha farqlanar ekan. Ularda ko’proq raqs, musiqa va sahna ko’rinishlari ishlatilar ekan, bizda ko’proq intelektual o’yinlar va ommaviy suhbatlar olib boriladi. har xil auditoriyaga moslashgan bo’lishiga qaramasdan, lekin ikki metod ham o’z natijasini ko’rsatadi, yamayka qo’llanmalarini Buyuk Britaniya yoshlariga qo’llasak manimcha juda qiziq bo’ladi. Chunki bu yerda bu metodlar samarali, Angliyada yangi auditoriyani jalb qiladi deb o’ylayman.


Adrina tarixi
“Men vatanimdagi yoshlar OIV infeksiyasiga  analiz topshirishlarini hohlayman” deydi Adrina “Analiz topshirish bu OIV manfiy yoki musbat ekanini bilishning yagona yo’li, keying hayot uchun bu katta yordam beradi”
“Men OIV/OITS haqidagi narsalar haqida o’ylab ham ko’rmaganman” – deydi Blantira, Malavilik yigirma yoshli yosh ayol. “Radiodan, venerik kasalliklarning a’lomatlari OIV infeksiyasi bilan kasallanishganliklari  mumkinligini eshitganimda daxshatga tushgandim. Shuning uchun men OIV infeksiyasiga analiz topshirishga qaror qildim. Men venerik kasalliklarimi davolayatgan edim. Boshida do’stimga birga analiz topshirishni taklif qildim. Lekin u rad etdi, unda hech qanday muammo yo’qligini, bu haqda o’ylashni ham hohlamasligini aytdi. Shuning uchun men yolg’iz bordim.
U yerda mendan turmushga chiqganmisiz deb so’rashganda, men yolg’on so’zlab, ha deb javob berdim. Chunki men haqimda yomon fikrga borishlarini hohlamaganman.
Analizdan oldin menga OIV/OITS haqida gapirishganini eslay olmayman. Mamlakatimizning poytaxti  Lilongvada deyarli OIV/OITS haqida ma’lumot beradigan dastur yo’q edi. Odamlar kasallik haqida, virus haqida hamma narsani bilamiz deyishadi-yu,  lekin ularda ma’lumot yo’q.

Men OIV ga chalignanligim haqida guvohnomani qo’limga olganimda, bu nimani anglatishini tushunmaganman. Menga o’zimni ehtiyot qilishimni, yaxshi ovqatlanishimni va do’stimni analiz topshirish uchun olib kelishimni aytishdi.”

“Boshida OIV musbat ekanimni hech kim bilishini hohlamadim. Bu haqda hechkimga, xattoki oilamdagilarga aytmadim. Chunki har yerda OIV musbat insonlarni diskriminatsiya qilishganini eshitganman”

“Boshida o’zimni juda yo’g’iz his etganman”

"Boshida OIV musbat ekanimni hech kim bilishini hohlamadim. Bu haqda hechkimga, xattoki oilamdagilarga aytmadim. Chunki har yerda OIV musbat insonlarni diskriminatsiya qilishganini eshitganman. Odamlar menga qo’li bilan ko’rsatib “U OIV musbat” deyishgan bo’lardi. Men o’zimni shunaqangi yolg’iz his etganman-ki, huddi bu kasallik butun dunyo bo’yicha faqat menda.

Biroz vaqt o’tganidan so’ng ahvolim yomonlashishdi boshladi. O’sha paytda bu immunitetimning sustlashgani tufayli sodir bo’layotganini tushunmagandim. O’zimni ehtiyot qilib, yaxshi ovqatlansam o’tib ketadi deb o’ylaganman.
Oxir oqibat shifoxonaga bordim, o’shanda ahvolimning yomonlashgani OIV bilan bog’liq bo’lishi mumkin ekanini aytishdi. Shifokor OIV mutaxassisiga uchrashimni, u menga immunitetimni qo’llab turadigan antiretrovirus dorilarini yozib berishini aytgan.

Bir birini qo’llab quvvatlash
      Oxir oqibat bir ayol yonimga OIV musbat bir ayol kelib o’z hayotini gapirib bergani kelganidan keyin, men kasalligim haqida biror kimsaga aytishga qaror qildim. U menga qo’llab quvvatlovchi guruhga qo’shilishni taklif qildi, milliy OIV musbat insonlarga madad guruhiga. Guruh a’zosi sifatida tengdoshlarimga ma’lumot berish va OIV bilan kasallanganlarga g’amxo’rlik qilishni o’rgatishdi. Bundan tashqari kasalligim haqida birinchi bor to’lliq ma’lumot oldim.”
Hozirda Adrina Maliviya yoshlarini vakili, Afrika va butun dunyo “OIV musbat insonlarni yanada faolroq ishtiroki” tashkilotida ishlaydi. 2003 yil Butunjahon OIV ga qarshi kurash kini munosabati bilan u New Yorkga tashrif buyurdi. U yerda OIV musbat insonlarni hayotni pozitiv qabul qilishlari muammosining yechimi maslahati bo’lib o’tdi.

Violetta Grasia tarixi
Mening ismim Violetta Grasia, yoshim 28 da. 2000 yilda menda odam immuntaqisligi virusi ya’ni OITS ga olib keladigan virus aniqlandi. Men virusni ushlab turadigan dorilarni qabul qilishni boshladim. Buning hech qanday qiyin joyi yo’q.
Men doim o’z hayotim haqida gapirib kelganman, chunki ko’p odamlarga OIV infeksiyasi bilan qanday zararlanganim jida qiziq. Javobi oddiy. Men himoyalanmagan jinsiy aloqa orqali virusni yuqtirib oldim. Ushbu yo’l orqali 90% odamlar virusni yuqtirgan. Ularning ko’pchiligining  yoshi 14-25 yosh.
Virusni  himoyalanmagan jinsiy a’loqa orqali yuqtirib olgamiga qaramay, men pala-partish hayot kechirmaganman. Giyohvand moddalarni iste’mol qilamganman, pul evaziga kayf-safo qilamaganman. Men OIV oldida juda zaif edim. Chunki OIV haqida hech qanday ma’lumotim bo’lmagan. Yanada ko’proq ojizliki paytim bu, hayotimning og’ir pallarida menga OIV haqida birorta ma’lumot beradigan hechkim yo’q edi


Violetta Garsia Ross Boliviyada OIV musbat Inson huquqlari uchun kurashuvchilarning faollaridan biri

Men doim o’zimni yomon his qilganman. Ayniqsa mening qo’limda analiz javoblari bo’lganda o’zimni juda ham yomon his qilganman. O’sha paytda o’lim eshigimni taqqillayotgandek tuyulgan.
Agar siz yosh bo’lsangiz, sizga hech kim zarar yetkazmaydi deb o’ylasangiz, qattiq adashasiz. Agar siz sevgi-muhabbat sizni OIV dan qutqaradi deb o’ylasangiz, yana noxaqsiz. Yuqorida aytib o’tilganlarning birortasi sizni OIV dan himoya qila olmaydi.

Hayot qidiruvida
Mana 8 yil davomida men OIV blan yashab kelyapman. Hayotim umuman o’zgargan. O’lim hayotimni barbob qilayotganini his qildim, men hayotmni qattiq ushlab oldim, yaqin vaqt mobaynida yangitdan hayot boshladim.
Kasallik tufayli anchagina qayg’urishlardan so’ng, olilam menga qancha mehr berishini tushunib yetdim. Oilam meni tanqit etmadi, mendan uzoqlashmadi, ular meni shundayligimcha yaxshi ko’rishargi.
Men turmush –tarzimni o’zgartira boshladim. Sog’ligimga zarar keltiradigan hamma narsadan voz kechdim. Sog’ligimni yaxshilash yo’llarini qidirdim. Men OIV musbat bo’la turib shuncha baxtli yillarni kechiraman deb o’ylamaganman.
Ko’p yoshlar o’zlarni himoya qiladigan, ishonadigan insonni topishni hohlashadi, biroq sog’liqlariga  sa’lbiy ta’sir ko’rsatadigan omillarni unutib qo’yishadi.
Aksariyat ayol va erkaklar OIV dan azoblanishmoqda, lekin OIV tarqalishiga qarshi kurashuvchi kuchlarimiz ham bor. Men bunga o’zimni tajribamdan kelib chiqib amin bo’ldim. 23 yoshimda menga OIV tashhisini qo’yishgan. Lekin men ko’nlimni tushurmadim, o’qishimni davom ettirdim, antropologiyada magistrlikni qo’lga kiritdim. Men Boliviyada OIV musbat insonlarni hayoti bir kun kelib o’zgarishiga umid qilganman va bu narsa ucun harakat qilganman. Boshqa OIV musbat yoshlar bilan biz “Redbol” tashkilotini tashkil qildik. OIV musbat insonlar uchun tashkilot.
Bugungi kunda “Redbol” Boliviyada OIV muammolari bilan shug’ullanadigan eng  muhim katta tashkilotlardan biri.  Hamkorlarimiz bilan birgalikda hukumat tekshiruviga qonun ishlab chiqardik. Bundan tashqari biz kasallikni  oldini olish ishlari olib boramiz, chunki har bir inson kasllikni yuqtirish xavfi borligini  tushunish kerak. Bu ishlar bilan bir vaqtda OIV musbat insonlarni diskriminatdsiya, odamlar orasida noto’g’ri fikrlar tarqalishiga qarshi ishlar olib boramiz. Qilaytgan ishlarimizning asosiy qismi bu, OIV musbat insonlar hayotlarini bir maromda ushlab turishlari uchun antiretrovirus preparatlarini muammosiz olishlariga shaoit yaratib berishdan iborat. Tog’ri bunday o’zgarishlarbir zumda sodir bo’lmaydi, lekin OIV/OITS bilan kasallangan insonlarning hayoti yaxshi tomonga o’zgargani yaqqol ko’rinib turibdi. 
Agar siz yosh bo’lsangiz, OIV infeksiyani yutirmagan bo’lsangiz, o’zingizga hech qachon bunday bo’lmaydi deb va’da bering. Agar siz yosh bo’lsangiz, OIV musbat bo’lsangiz, shuni bilingki, siz kabi insonlarda hali umid bor. Yoshlarda OIV infeksiyasi  zanjirini uzib tugatishga imkonlari bor!



Янги конун! ОИВ--мусбат инсонлар кайси касб буйича ишлаолади?!

ОДАМНИНГ ИММУНИТЕТ ТАНҚИСЛИГИ ВИРУСИНИ ЮҚТИРИБ ОЛГАН 
ШАХСЛАР ИШЛАШИ МАН ЭТИЛГАН КАСБИЙ ФАОЛИЯТ ТУРЛАРИ РЎЙХАТИНИ 
ТАСДИҚЛАШ ТЎҒРИСИДА

ОДАМНИНГ ИММУНИТЕТ ТАНҚИСЛИГИ ВИРУСИНИ ЮҚТИРИБ ОЛГАН 
ШАХСЛАР ИШЛАШИ МАН ЭТИЛГАН КАСБИЙ ФАОЛИЯТ ТУРЛАРИ
РЎЙХАТИ
1. ҚОН ВА УНИНГ ТАРКИБИЙ ҚИСМЛАРИНИ ТАЙЁРЛАШ ВА УЛАРГА 
ҚАЙТА ИШЛОВ БЕРИШ БИЛАН БОҒЛИҚ КАСБЛАР.
2. ҚОН ВА УНИНГ ТАРКИБИЙ ҚИСМЛАРИ, СПЕРМА ВА КЎКРАК СУТИНИ ҚАБУЛ 
ҚИЛИШ БИЛАН БОҒЛИҚ КАСБЛАР.
3. ГЕМОТРАНСФУЗИЯ БИЛАН БОҒЛИҚ КАСБЛАР.
4. ҚУЙИДАГИ ТИББИЙ МУОЛАЖАЛАР БИЛАН БОҒЛИҚ КАСБЛАР:
ИНЪЕКЦИЯЛАР;
ДИАЛИЗ;
ВЕНЕСЕКЦИЯ;
КАТЕТЕРИЗАЦИЯ.
5. КОСМЕТИК ВА ПЛАСТИК ОПЕРАЦИЯЛАР БИЛАН БОҒЛИҚ КАСБЛАР.
6. СТОМОТОЛОГИК МУОЛАЖАЛАР БИЛАН БОҒЛИҚ КАСБЛАР.
7. ТУҒРУҚ БИЛАН БОҒЛИҚ КАСБЛАР.
8. АБОРТ ВА БОШҚА ГИНЕКОЛОГИК ОПЕРАЦИЯЛАР БИЛАН БОҒЛИҚ КАСБЛАР.
9. СОЧ ВА СОҚОЛ ОЛИШ, ПИРСИНГ, МАНИКЮР, ПЕДИКЮР ҲАМДА ТАТУАЖ
 БИЛАН БОҒЛИҚ КАСБЛАР.
10. МАЗКУР РЎЙХАТ ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ МЕҲНАТ ВА АҲОЛИНИ 
ИЖТИМОИЙ МУҲОФАЗА ҚИЛИШ ВАЗИРЛИГИ ҲАМДА ЎЗБЕКИСТОН КАСАБА 
УЮШМАЛАРИ ФЕДЕРАЦИЯСИ КЕНГАШИ БИЛАН КЕЛИШИЛГАН.

Источник: http://www.lex.uz/pages/GetAct.aspx?lact_id=2384572


Янги конундан куйдаги касблар олиб ташланди:
  1. спортсменлар
  2. богча ишчилари
  3. ошпазлар

OIV va OITS haqida eng ko'p beriluvchi savollar.

OIV, OIV-infeksiya, OITS bu nima?  Qanday  farq qiladi?   
OIV nima?
     
Odam
Immuntanqisligi
Virusi
Odam – bu virus faqat odamdan odamga yuqishini bildiradi.
Immuntanqisligi – bu shuni bildiradiki virus immunitet tizimini buzadi va kasaliklarga qarshi kurashish kuchini “yetishmovchiligi” ni keltirib chiqaradi.
Virus – bu kichik zarralar  bo’lib, organizmni zararlaydi va kasallikni qo’zg’atadi.

OIV  –  odam immuntanqisligi virusi, inson kozi bilan korib bolmaydi. Elektron mikroskopda korilganda u yuqoridagi korinishda boladi (yuqoridagi rasmga qaralsin). OIV odam virusi hisoblanib, hasharotlarni organizmiga emas, balki faqat odam organizmiga zarar yetkazadi. U odamning har bir hujayrasida yashaydi. Organizmida OIV  aniqlangan shaxslarni OIV-ijobiy,  OIV-musbat yoki OIV bilan yashovchi odamlar deb atashadi.  Yana siz “OBYSh” (ЛЖВ) terminini eshitishingiz yoki ko’rishingiz mumkin. Buni yoyiq shakli “OIV bilan yashovchi shaxslar” (люди, живущие с ВИЧ)

Virus nima?
Viruslar – bu protein va genetik materiallarning mayda zarralari. Ularni faqat elektron mikroskop orqali ko’rish mumkin. Viruslar ko’payishi uchun boshqa biologik organizmni zararlashi kerak. Virus o’zi hujayradan tashqarida yashay olmaydi, shuning uchun ular “parazit hayot” kechirishadi ya’ni tirik organizming hujayra manbaasi kerak. Viruslar juda jiddiy infeksion kasalliklar chaqiradi: OIV-infeksiyasi, gripp, tropic istma , poliomielit va gepatit.
Odam viruslari turli xil yo’llar bilan yuqadi. Masalan,  gripp virusi havo orqali yuqadi, yo’talganimizda yoki aksirganimizda. Boshqa turdagi viruslar esa oziq-ovqat orqali yuqadi va oshqozon-ichaklar kasalliklarini keltirib chiqaradi. Gepatit va poliomielit viruslari suv orqali yuqishi mumkin. Gerpes virusi tanadagi ochiq yaralar bilan kontakta yuqadi.

Biroq, OIV faqat organizmning ma’lum bir suyuqligi orqali yuqadi, ya’ni qon, sperma, qin ajratmasi va ko’krak suti.  U havo, suv yoki oziq-ovqatda yasholmaydi va odam organizmidan boshqa ya’ni chivin, kalamush, it kabi organizmlarga yuqmaydi.  OIV oddiy genetik strukturaga ega bo’lgan, “retrovirus” nomli virus turi hisoblanadi.

Bugun olimlar oldida ushbu virusdan davolanish usullari va yo’llarini topishdek katta masala turibdi. Keyinchalik, nega 25 yil davomida ya’ni virus kashf etilgan  beri bu virusga qarshi vaksina topilgani yo’q degan savolga to’xtalib o’tamiz. 

OITS nima?
OIV sekin asta immunitet tizimini ishdan chiqaradi va OIV bilan yashovchi shaxs organizmida OIV-infeksiya degan hastalik rivojlanishni boshlaydi. Bir necha shunday spetsifik xastaliklarning borligi OIV – infeksiya “Simptomatik”(belgilari bo’ladi) o’lganini bildiradi. Bu belgilar odamda paydo bo’ladi va uning immun tizimi izdan chiqadi. Bu holat OITS sifatida ma’lum. Shunday qilib, OIV -  bu OIV-infeksiyasi keltirib chiqaruvchi virus bo’lib, OIV-infeksiyasi esa kasallikning  OITS deb ataluvchi bosqichiga olib keladi. OITS OIV-infeksiyasining eng o’gir bosqichi bo’lib, unda odamning immun tizimi qattiq izdan chiqadi yoki “yetishmovchiligi” kelib chiqadi. Bu bosqichda qon tarkibidagi CD4 hujayralar miqdori kamayib ketadi.
Orttirilgan
Immunitet
Tanqisligi
Sindiromi
Orttirilgan – bu shuni bildiradiki, bu irsiy kasallik emas, balki tashqi muhitning ta’siri.
Immunitet – Tanqisligi immunitet tizimining kasaliklarga qarshi kurashish kuchini yo’qotishi.
Sindirom bir vaqtni o’zida ma’lum bir kasallikni bildiruvchi sabab va belgilar guruhini bildiradi.

Hozirga kelib JSST boshqaruvidagi va boshqa mintaqaviy hujjatlarda OIV/OITS atamasida “OITS” atamasi ishlatilgani yo’q, uning o’rniga “OIV-infeksiyasining og’ir bosqichi” atamasi ishlatilmoqda. Shuni anglash lozimki, OIV va OITS bir xil tushuncha emas.

Inson immun tizimi – bu nima, u nimaga kerak va u qanday ishlaydi?   

Immun tizim – bu organizmizning kasalliklar bilan kurashish usulidir. Bu tizim juda murakkab va ko’p miqdordagi tarkibiy qismlardan iborat. Ammo, immun tizim to’g’risidagi ba’zi asosiy dalillarni tushunib olish bizlarga kasalikning oldini olish va kasallik yuqqanda uning rivojlanishini sekinlashtirish mumkinligini bilib olishga yordam beradi. 

Bizning qon hujayralari qanday ikki xil rangga bo’yalgan?

Javob: Qizil va oq

Qizil qon hujayralarining asosiy vazifasi?

Javob: Eritrosit deb ataluvchi qizil qon hujayralari, bizning tizim orqali kislorodni tarqatadi va CO2 ni olib ketadi.

 Oq qon hujayralarining asosiy vazifalari?

Javob: Leykosit deb ataluvchi oq qon hujayralari bizning immun hujayralarimiz hisoblanadi. Bizning immun tizimimiz kasalliklardan himoya qiluvchi oq qon hujarlarimizdan tashkil topgan. Immune tizimdagi ba’zi asosiy hujayralar quyidagi:

*   Makrofag: makro – katta, fag – oziqlanuvchi, ya’ni katta oziqlanuvchi. Bu hujayra mikrob yoki bosqinchilarni (antigen deb ataluvchi) yeydi va sizning immun tizimi kapitaniga bosqinchi paydo bolganligi va immun tizimi armiyasini safarbar qilish kerakligi togrisida xabar jonatadi.
*   T4-yordamchi hujayralar (CD4): immun tizimingiz kapitani. U makrofagdan bosqinchi (antigen) borligi to’g’risidagi xabarni oladi va ikkita boshqa hujayralarga (hujayra va T8 qotil hujayra) bosqinchini topish va uni bartaraf qilish to’g’risida buyruq beradi. T4 yordamchi hujayra – bu  OIVga qilib, uni bartaraf qiluvchi hujayraning o’zidir. T hujayralar “thymus” deb ataluvchi bez tomonidan ishlab chiqarilgani uchun “T” deb ataladi.

*   V hujayra: Fabrikaga o’xshaydi. U bosqinchining (antigen) shaklini aniqlaydi va antigenlarga to’g’ri keladigan “antitanachalar”ni (kalitlarga o’xshash) yaratadi. Bu antitanachalar kelgusida shu turdagi antigenlarni zudlik bilan tanishi va keyinchalik siz kasal bo’lmasligingiz uchun ularni to’xtadi.

*   T-qotil hujayra (CD8) yoki sitotoksin yoki qotil hujayra. U ham CD4 hujayra tomonidan bosqinchiga hujum qilish va uni o’ldirish uchun yordamga chaqiriladi.

Antigen – bu nima?

Javob: Antigen – bu bizning organizmizga gendan kirgan bosqinchi yoki mikrob. Bu virus, bakteriya, achitqilar, bir hujayrali oddiy organizm va boshqalar bo’lishi mumkin. Ularning umumiy nomi – antigen, lekin u OIV ga tegishli emas.

Antitanacha – bu nima?

Javob: antitanacha bu tajovuz qilgan antigenga javobdir. Antitanachalar V-hujayralar tomonidan ishlab chiqariladi. Ular antigen qulfiga to’g’ri keladigan shaklni tanlaydi kalit sifatida ishlaydi. Agar antigenlar yana organizmga tushudigan bo’lsa, ularni darhol taniydi va antitanachalar bila hujum qiladi.


Inson organizmida OIV qanday rivojlanadi?  
OIV insonni zararlar ekan, uning immun tizimiga hujum qiladi. Agar organizm kasallik bilan kurashar ekan, bu “immun jaovb” deb aytiladi, u insonning immun tizimi bilan boshqariladi. Bu qon hujayralarini o’z ichiga oluvchi juda murakkab tizimdir.

Qaysi oq qon hujayralari OIV hujayralariga duchor bo’ladi?
OIV faqat bir turdagi CD4 deb ataluvchi oq qon tanachlarini mo’ljalga oladi (buni quyidagi rasmda ko’rishingiz mumkin). Bu T-yordamchi hujayralar organizmning kasalliklardan himoya qilishda asosiy rolni o’ynaydi. Ularning asosiy roli “qotil hujayralar” armiyasini yo’na;tirishga qaratilgan. CD4 hujayralar bu “qotil hujayralar” ga nimaga qilish kerakligi to’g’risida yo’riqnoma berishadi. CD4 hujayralarsiz “qotil hujayralar” kurasha olmaydilar va organimzning immun javobning samarasi borgan sari kamayib boradi.

OIV qanday kopayadi?
OIV CD4 hujayralarga hujum qilish bilan birga bir qatorda, ulardan oziga oxshash yaratishfabrikasi sifatida ham ishlatishi mumkin. Shu yol bilan OIV organizmda milliardlab yangi oziga oxshash nuxsalarni yaratar, va yanada koproq CD4 hujayralarga hujum qiladi. Bu javoban organizm kurashadi va koproq CD4 hujayralarni, “qotil hujayralarni va antitanachlarni koproq ishlab chiqaradi.

OIV immun tizimini ishdan chiqaradi.
OIV infeksiyasini maxsus davolashni boshlamasa, ko’p yillar mobaynida OIV asta sekin CD4 hujayralarini shuncha ko’p miqdorda parchalab tashlaydiki, organimzning ularni qayta tiklash imkoniyati bo’lmaydi. Bu bosqichda CD4 hujayralarni qondagi miqdori 200 hujayra/mm3 bo’ladi. Bu tahlil “CD4ni sanash” deb ataladi va immun javobning  muhim o’lchovi hisoblanadi. OIV bilan kasallanmagan katta insondagi CD4 normal miqdori odatda 800-1200 hujayra/mm3  tashkil qiladi. Shuning uchun CD4 miqdori 200 hujayralar/mm3 gacha tushib ketganda, immun tizim xaqiqatda izdan chiqishni boshlaydi. Shundan so’ng inson kasallik keltirib chiquvchi boshqa infeksiyalar bilan kurashish qobilyatini buzadi va OITS kasalligi rivojlanadi.


Insonning tashqi ko’rinishidan OIV bor yoki yo’qligini aniqlash mumkinmi? OIV bilan yashovchi odamlarda uzoq muddat hech qanday belgilari bo’lmaydi. Unga qarab OIV bor, yo’qligini bilmaysiz. OIV bilan zararlangan odamlar sog’lom ko’rinishlari va o’zlarini sog’ hisoblashlari mumkin. Ular o’qishni, ishlashni va har kunnigi faoliaytlarini davom ettirishlari mumkin. Ularda uzoq vaqt hech qanday belgilar kuzatilmaydi. Bu davr “asimptomatik” davr,  ya’ni hech qanday belgilarsiz davr deb aytiladi. Shu bilan bir qatorda o’zi bilmagan holda boshqa odamlarga yuqtirishi mumkin. Shu sababli testdan o’tish va OIV ni yuqishini oldini olish usullaridan foydalanish muhimdir.

“OIV infeksiyaning rivojlanuvchi bosqichi” qanday nomoyon bo’ladi?
OITS – bu sindirom, shuning uchun har xil odamlarda turli belgilar to’plami sifatida ko’rinishi mumkin. Bir xil belgilari bo’lgan boshqa kasalliklardan farqli o’laroq, OIV infeksiyaning rivojlangan bosqichida (OITS bosqichi) insonlar eng xar xil muammolar bilan duch keladi. Bu odatdagi hayotda kelgan infeksiyalarga bog’liq.
Bu infeksiyalar “opportunistik infeksiya”  deb ataladi (OI). Opportunistik infeksiyalarga quyidagilar kiradi: 
* Respirator  infeksiyalar, masalan: sil, pnevmoniya
* Oshqozon – ichak infeksiyalari, masalan:  ichketar (diareya) va uning oqibati sifatida vazn yo’qotish
* Teri infeksiyalari, masalangerpes
* Og’iz bo’shlig’I infeksiyalari, masalan: aftoz stomatit.

OITSni belgilovchi boshqa kasalliklar
OIV infeksiyaning rivojlangan bosqichi (OITS bosqichi)da inson turli saraton kasalliklariga chalinishi mumkin. Bu kasalliklarning bi qator jihat va belgilari shuni bildiradiki, OITSni tashxislash oson emas. Shu sababli faqat shifokor OITS bosqichini odamda borligini tasdiqlshi mumkin. Eng songgi bosqichda OIV immun tizimidan tashqari boshqa hujayralarga hujum qilishi mumkin. Bu holatda insonlarda aqlizaiflik rivojlanishi va togri yurish muvozanat saqlashda muammolar yuzaga kelishi mumkin. Bu bosqichda inson juda ham zaiflashadi va oxir oqibat olim yuzaga keladi.

OIV infeksiyasi qaysi bosqichda OITSga otadi?

Umuman OIv inson organizmida asta-sekin rivojlanadi va belgilari uzoq muddatdan keyin namoyon boladi. Bazi odamlarda u tez rivojlanadi, lekin kopchilik katta odamlarda OITS bosqichi taxminan 10 yil davomida rivojlanadi. OIV bilan yashovchi insonlarda bir qator omillarning, xususan, ovqatlanish sifati, sogligining umumiy holati, jismoniy va ruhiy zoriqish narkotiklarni istemol qilish OITS bosqichining rivojlanish muddatlariga tasir qiladi. OIV infeksiyasining rivojlanishiga antiretrovirus dori vositalari bilan davolanish ham ta’sir qilishi mumkin. OITS bosqichida bolgan shaxslar, davolanmasa 1,5-2 yil ichida vafot etadi. Ammo, shifokorlar nazoratida bolgan va kerakli antiretrovirus dori vositalari bilan davolanayotgan OIV-infeksiya bilan yashovchi shaxslar uzoq yillar davomida toliq hayot  kechirishlari mumkin